Tleuov Kuatbay Orazbaevichning 
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Psevdoparabolik tenglamalar uchun yuqori aniqlikdagi ayirmali sxemalar», 01.01.03–Hisoblash matematikasi va diskret matematika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/FM1233
Ilmiy rahbar: Utebaev Dauletbay, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.FM.01.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Normurodov Chori Begalievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Xudoyberganov Mirzoali O‘razalievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi silliq va nosilliq echimlar sinflarida Aller va Aller-Lykov psevdoparabolik tenglamalari uchun oshkor va oshkormas ayirmali sxemalarni qurish, shuningdek ularning turg‘unlik shartlarini, yaqinlashish va aniqlik baholarini olishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
issiqlik va namlik ko‘chish tenglamasi uchun silliq echimlar sinfida yuqori aniqlikdagi ayirmali sxemalar qurilgan, approksimatsiya xatoligi, turg‘unlik shartlari va aniqlik baholari olingan;
silliq va nosilliq echimlar sinflarida Aller tenglamasi uchun chekli ayirmalar va chekli elamentlar usullarining yuqori aniqlikdagi ko‘p parametrli ayirmali sxemalari ishlab chiqilgan; 
zaif metrikada bir va ko‘p o‘lchovli Aller-Lykov tenglamasi uchun ko‘p parametrli ayirmali sxemalar qurilgan hamda turg‘unlik shartlari olingan va yaqinlashish tezligi baholangan; 
Aller va Aller-Lykov tenglamalari uchun qo‘yilgan boshlang‘ich-chegaraviy masalalarning analitik echimi va silliqligiga minimal talablarda ayirmali sxemalar orqali olingan sonli echim o‘rtasidagi aniqlik baholari keltirilgan.
IV.    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bir o‘lchovli va ko‘p o‘lchovli psevdoparabolik tenglamalar uchun yuqori aniqlikdagi ayirmali sxemalarni qurish bo‘yicha olingan natijalar quyidagi sohalarda qo‘llanilgan:
Aller va Aller-Lykov psevdoparabolik tenglamalar uchun qurilgan chekli ayirmalar usulining yuqori aniqlikdagi oshkor va oshkormas ayirmali sxemalari asosida filtratsiya masalalarini taqribiy echish uchun yaratilgan optimal ayirmalar usuli va bu usulning approksimatsiya xatoligi, turg‘unligi va aniqligi bo‘yicha olingan natijalardan FZ-201905171 «G‘ovak muhitlarda suyuqlik va gazlarni anomal filtrlash jarayonini tadqiq etish uchun gidrodinamik modellar va samarali algoritmlar» mavzusidagi amaliy loyihada ixtiyoriy filtratsiya sohasida g‘ovak muhitdagi neft va gaz filtratsiya masalasini hal qilishning parallel hisoblash algoritmini yaratishda foydalanilgan (O‘zR FA V.I. Romanovskiy nomidagi matematika institutining 2025-yil 17-fevraldagi 2/95-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning tadqiq etilishi gaz va neft konlarini o‘zlashtirishning ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha hisoblash natijalarini vizuallashtirish uchun dasturiy modular ishlab chiqish imkonini bergan.
psevdoparabolik tenglamalar uchun qurilgan chekli ayirmalar usulining yuqori aniqlikdagi oshkor va oshkormas ayirmali sxemalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi ilmiy laboratoriyada Orol dengizi mintaqasining tabiiy muhiti uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarni bashorat qilish, baholash to‘g‘risida ma’lumot olish va Orol mintaqasida atrof-muhit va suv resurslarining sifatini yaxshilash bo‘yicha hulosalar qabul qilishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 6-fevraldagi 02/18-436-sonli ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning qo‘llanilishi Orol mintaqasining ekotizimlarini baholash va dasturiy ta’minot tizimini yaratish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish