Temirov Ortiq Suyunovichning
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi
 himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim tizimi boshqaruvida zamonaviy rahbar xodimlarni tayyorlashni takomillashtirish” 13.00.07 – “Ta’limda menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.3.PhD/Ped5283.
Ilmiy rahbari: Xakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori, professor Ximmataliev Do‘snazar Omonovich va pedagogika fanlari doktori, professor Zaripov Lochin Rustamovich.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim tizimi boshqaruvida zamonaviy rahbar xodimlarni tayyorlashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim tizimida zamonaviy rahbar boshqaruv kadrlarni tayyorlash modeli muammoga protsessual-texnologik va analitik-samarali bloklarning pedagogik-tashkiliy birligi hamda pedagogik-boshqaruv faoliyatida ijtimoiy yo‘nalishning uchta pozisiyadan ko‘rib chiqilishi zarurati (ijtimoiy ehtiyojlarning umumiy yo‘nalishi; ta’lim tizimi talablari; ta’lim muassasasining talablari) kabilarga ko‘ra prognostik qarash asosida takomilashtirilgan;
tajriba-sinov ishlari natijalaiga ko‘ra tanlangan pedagogik sharoitlar etarli ekanligini isbotlangan holda tadqiqotning maqsadli auditoriyasi uchun raqamli transformatsiya, menejment, HR, moliya boshqaruvi kabilar bo‘yicha qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini hamda liderlik salohiyatini rivojlantirishda motivatsiyalash, jamoa bilan ishlash va ijtimoiy mas’uliyat yuzasidan tizimli seminarlarni tashkil qilishnin maqsadga muvofiqligi asoslangan.
boshqaruv kompetentligining kommunikativ-ijodiy muhitini tashkil qilish mazmuni iqtisodiyot sohasidagi o‘zgarishlar va ehtiyojiy maqsadlarga sinxron tarzda ta’lim jarayonini moslashtirib borish hamda faoliyatning o‘ziga xos ijtimoiy xususiyatini e’tiborga olgan holda ta’lim mazmunida boshqaruv qarorini qabul qilishdagi ijtimoiy mas’uliyatga alohida urg‘u berish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tizimida boshqaruv xodimlarini tayyorlashning asosiy mezonlari ijtimoiy-kasbiy bilimlar, bashoratlash qobiliyati, kasbiy va boshqaruv qobiliyat, innovatsiyalarga tayyorlik, tashkiliy mahorat, kasbiy va shaxsiy fazilatlardan iboratligining maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim tizimida zamonaviy rahbar boshqaruv xodimlarini tayyorlashni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
oliy ta’lim tizimida zamonaviy rahbar boshqaruv kadrlarini tayyorlash modeli muammoga protsessual-texnologik va analitik-samarali bloklarning pedagogik-tashkiliy birligi hamda pedagogik-boshqaruv faoliyatida ijtimoiy yo‘nalishning uchta pozisiyadan ko‘rib chiqilishi zarurati (ijtimoiy ehtiyojlarning umumiy yo‘nalishi; ta’lim tizimi talablari; ta’lim muassasasining talablari) kabilarga ko‘ra prognostik qarash asosida takomilashtirishga oid taklif Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2023-yil 26-iyundagi 211-sonli buyrug‘i bo‘yicha ruxsatnoma bo‘yicha chop etilgan “Inson resurslarini rivojlantirish va liderlik” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 12-dekabrdagi 02/01-01-180-sonli ma’lumotnomasi). Taklif pedagogik-uslubiy jihatdan pedagogik jarayonlarni modellashtirishning aniqlik, tizimni tashkil etuvchi omil va jarayonlarning yaxlitlilik va faoliyatning ijtimoiy yo‘naltirilganlik darajalarini oshirishga hamda o‘quv dasturini boshqaruv faoliyantining o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra shakllantirilishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
tajriba-sinov ishlari natijalaiga ko‘ra tanlangan pedagogik sharoitlar zarur va etarli ekanligini isbotlangan holda tadqiqotning maqsadli auditoriyasi uchun raqamli transformatsiya, menejment, HR, moliya boshqaruvi kabilar bo‘yicha qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini hamda liderlik salohiyatini rivojlantirishda motivatsiyalash, jamoa bilan ishlash va ijtimoiy mas’uliyat yuzasidan tizimli seminarlarni tashkil qilishning maqsadga muvofiqligiga oid taklif tadqiqot obektlari amaliy faoliyatiga joriy qilingan hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2023-yil 26-iyundagi 211-sonli buyrug‘i bo‘yicha ruxsatnoma asosida chop etilgan “Inson resurslarini rivojlantirish va liderlik” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023 yil 12 dekabrdagi 02/01-01-180-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif zamonaviy intellektual yondashuvlarga ko‘ra innovatsion-ijodiy muhitni samarali shakllantirish va pedagogik tadbirlar sifatini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan.
Boshqaruv kompetentligining kommunikativ-ijodiy muhitini tashkil qilish mazmuni iqtisodiyot sohasidagi o‘zgarishlar va ehtiyojiy maqsadlarga sinxron tarzda ta’lim jarayonini moslashtirib borish hamda faoliyatning o‘ziga xos ijtimoiy xususiyatini e’tiborga olgan holda ta’lim mazmunida boshqaruv qarorini qabul qilishdagi ijtimoiy mas’uliyatga alohida urg‘u berish asosida takomillashtirishga oid taklif Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2023-yil 26-iyundagi 211-sonli buyrug‘i bo‘yicha ruxsatnoma asosida chop etilgan “Inson resurslarini rivojlantirish va liderlik” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 12-dekabrdagi 02/01-01-180-sonli ma’lumotnomasi). Taklif iqtisodiyot sohasidagi o‘zgarishlar va ehtiyojiy maqsadlarga sinxron tarzda ta’lim jarayonini moslashtirib borishi hisobiga ta’lim sifatini oshirishga hamda boqaruv xodimlarining qaror qabul qilishida ijtimoiy mas’uliyatni pedagogik jihatdan ta’minlash samaradorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
oliy ta’lim tizimida boshqaruv xodimlarini tayyorlashning asosiy mezonlari ijtimoiy-kasbiy bilimlar, bashoratlash qobiliyati, kasbiy va boshqaruv qobiliyat, innovatsiyalarga tayyorlik, tashkiliy mahorat, kasbiy va shaxsiy fazilatlardan iboratligining maqsadga muvofiqli bo‘yicha taklif Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2023-yil 26-iyundagi 211-sonli buyrug‘i bo‘yicha ruxsatnoma asosida chop etilgan “Inson resurslarini rivojlantirish va liderlik” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 12-dekabrdagi 02/01-01-180-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif oliy ta’lim tizimida zamonaviy rahbar xodimlarni tayyorlash sifatini oshirish hamda faoliyat natijalarining samaradorlik va ijtimoiy naflilik darajasini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish