Bekmetova Shoxida Qodirberdievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ko‘chat qalinligiga bog‘liq holda yaganalash va chilpish muddatlarining O‘zPITI-103 hamda Ravnaq-1 g‘o‘za navlari hosildorligiga ta’siri”, 06.01.08–O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Qx1022.
Ilmiy rahbar: Teshaev Shuhrat Jo‘raqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Renat Saidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Atabaeva Ma’mura Sadriddin qizi, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyatining sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida o‘rta tolali yangi O‘zPITI-103 va Ravnaq-1 g‘o‘za navlaridan yuqori va sifatli hosil olish maqsadida ko‘chat qalinligiga bog‘liq holda yaganalash va chilpishning maqbul muddatlari ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyatining sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning O‘zPITI-103 va Ravnaq-1 navlaridan yuqori paxta hosili etishtirishda yaganalash muddatlari va ko‘chat qalinligiga bog‘liq ravishda chilpishning maqbul muddat hamda usullari aniqlangan;
Ravnaq-1 g‘o‘za navida 1-2 chinbarg chiqargan fazada yaganalash o‘tkazilib, tup sonini gektariga 80-90 ming qalinlikda qoldirilgan holda g‘o‘zada 12-13 hosil shox paydo bo‘lganda kimyoviy usulda Sojean retardantini 90 g/ga me’yorda qo‘llash yoki 13-14 hosil shox paydo bo‘lganda qo‘lda chilpish, yagana shu muddatda o‘tkazilib, ko‘chat qalinligi 110-120 ming tup/ga qoldirilganda esa g‘o‘zada 11-12 hosil shox paydo bo‘lganda chilpishni qo‘lda yoki kimyoviy usulda (Sojean 90 g/ga) o‘tkazish, agar yaganalash u yoki bu sabab bilan kechiktirilsa (3-4 chinbargda o‘tkazilsa), chilpishni g‘o‘zada 12-13 hosil shox paydo bo‘lganda faqat kimyoviy usulda Sojeanning 105 g/ga me’yori bilan ishlov berib chilpish o‘tkazish maqbul ekanligi aniqlangan;
O‘zPITI-103 g‘o‘za navida yaganalash muddati va ko‘chat qalinligidan qat’iy nazar, g‘o‘zada 12-13 hosil shox paydo bo‘lganda kimyoviy usulda Sojean retardanti bilan 90 g/ga me’yorda ishlov berib chilpish o‘tkazish samarali ekanligi aniqlangan;
O‘zPITI-103 va Ravnaq-1 g‘o‘za navlarida yaganalash muddatlari va ko‘chat qalinligiga bog‘liq ravishda Sojean retardanti bilan 90,0-105 g/ga me’yorlarda kimyoviy usulda chilpish o‘tkazilganda 1000 dona chigit vazni mutanosib ravishda 117,9-147,7 g ga, chigit tarkibidagi moy miqdori 19,9-18,5% ga, oqsil miqdori 20,5-20,2% ga, yadro chiqimi 47,6-51,5% ga, tolaning mikroneyr ko‘rsatkichi 4,2-4,4 ga, tola chiqimi 38,6-37,8% ga, solishtirma uzilish kuchi (Str) 31,9-32,3 ga, uzunlik bo‘yicha bir xillilik indeksi (UNF) 84,0-85,8 ga, nur qaytarish koeffisienti (Rd) 73,8-71,8 ga, tolaning yuqori o‘rtacha uzunligi 28,9-31,0 mm ga teng bo‘lib, boshqa variantlarga nisbatan birmuncha yaxshilanganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Toshkent viloyati sharoitida g‘o‘zaning O‘zPITI-103 va Ravnaq-1 navlarida ko‘chat qalinligi, yaganalash va chilpish muddatlarini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
“O‘zPITI-103 va Ravnaq-1 g‘o‘za navlarini yaganalash va chilpish muddatlari hamda maqbul ko‘chat qalinligi bo‘yicha tavsiyalar” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan. Ushbu tavsiyanoma paxta etishtiruvchi klaster va fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
Ravnaq-1 g‘o‘za navida 1-2 chinbargda yaganalash o‘tkazilib, 80-90 ming ko‘chat qalinligida parvarishlash, 12-13 hosil shoxida kimyoviy usulda va 13-14 hosil shoxida qo‘lda chilpish texnologiyasi Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanidagi “TST Agro klaster” MChJ “Ulug‘bek” hududida 129,7 gektar maydonda joriy etildi. Natijada paxta hosili 41,8-39,7 s/ga ni tashkil qilgan va gektaridan 14765300-12987160 so‘m foyda olinib, rentabellik 82,8-72,2% tashkil etgan;
O‘zPITI-103 g‘o‘za navida 1-2 chinbargda yaganalash o‘tkazilib, 80-90 yoki 110-120 ming tup/ga ko‘chat qalinligida parvarishlab, 12-13 hosil shoxida Sojean 90 g/ga qo‘llab, kimyoviy chilpish o‘tkazish Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanidagi “TST Agro klaster” MChJ “O‘zbekiston-1” hududida 178,9 ga, “Otajonov” hududida 53,13 ga, jami 232,03 ga maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 8-yanvardagi 05/01-05/02-05/04-03-9 sonli ma’lumotnomasi). Bunda 38,5-37,1 s/ga hosil olingan va nazoratga nisbatan 2,3-1,9 s/ga yuqori hosil etishtirilgan holda, qo‘shimcha 12285840-11580240 so‘m/ga daromad olinib, 69,2-66,7% rentabellikka erishilgan.