Mahmadiyorov Farrux Shomurot o‘g‘lining
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pekin karami (BRASSICA RAPA SUBSP. PEKINENSIS.L)ning abiotik omillarga bardoshli, qimmatli xo‘jalik belgilariga ega navlarini yaratish hamda ishlab chiqarishga joriy qilish”, 06.01.05 - Seleksiya  va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Qx1604.
Ilmiy rahbar: Normurodov Davlat Soyibnazarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, PhD.03/28.08.2024.Qx.181.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: pekin karamining “Yog‘du” navi (NAP 544).
II. Tadqiqotning maqsadi Pekin karamining qimmatli xo‘jalik belgilariga ega bo‘lgan, tashqi muhit omillariga bardoshli pekin karamining nav namunalarini tanlash va yangi navini yaratish hamda ishlab chiqarishga joriy etishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor respublikamizning markaziy mintaqa (Samarqand viloyati) iqlim sharoitida pekin karamining chetdan introduksiya qilingan k-54 “Xibinskaya, St”, k-72 “Nomsiz”, k-73 “Nomsiz”, k-149 “Bokal”, k-120 “BP 05”, k-121 “BP 31”, k-122 “BP 07”, k-123 “BSS 23”, k-124 “BP 02”, k-125 “BP 01”, k-126 “PARA”, k-127 “ROTO NA DA NI”, k-128 “FRE SCO”, k-129 “BRO NCO E1”, k-130 “ARTAMIR AE”, k-131 “FLAME NCO”, k-153 “FN 0231” nav namunalarining morfobiologik va qimmatli xo‘jalik belgilari baholangan;
pekin karamining kolleksiya nav namunalarining kompleks belgilari bo‘yicha ertapishar bo‘lgan 5 ta k-149 “Bokal”, k-121 “BP 31”, k-126 “PARA”, k-130 “ARTAMIR AE” va k-153 “FN 0231” namunalarda birinchi terimgacha bo‘lgan davr 67-79 kun bo‘lgan bo‘lsa, andoza Xibinskaya navida esa 94 kun bo‘lganligi ko‘zatildi, bu esa andoza Xibinskaya navga nisbatan 15-27 kun erta hosil yetilganligi aniqlangan;
pekin karamining kolleksiya nav namunalarining kompleks belgilari bo‘yicha yuqori hosildor bo‘lgan 6 ta jumladan, k-149 “Bokal”,  k-123 “BSS 23”, k-125 “BP 01”, k-122 “BP 07”, k-153 “FN 0231”,  k-130 “ARTAMIR AE” nav namunalari ajratib olindi hamda umumiy hosildorligi 38-107 t/ga bo‘lib andoza “Xibinskaya” (36,4 t/ga) naviga nisbatan 1,6-70,6 t/ga yoki 4,4-194 foizgacha yuqori ekanligi aniqlangan;
pekin karamining kolleksiya nav namunalarining kompleks belgilari bo‘yicha tovarbopligi yuqori bo‘lgan 153 “FN 0231” (93%), k-149 “Bokal” (90%), k-121 “BP 31” (90%), k-126 “PARA” (86%)  va k-130 “ARTAMIR AE”  (87%) nav namunalari tanlab olingan bo‘lib, ushbu nav va namunalarda tovarbop karamboshlar miqdori “Xibinskaya” (85%) naviga nisbatan 1-8% gacha yuqori ekanligi aniqlangan;  
pekin karamining ertapishar, hosildorligi va hosil sifati yuqori yangi “Yog‘du” navi yaratilgan hamda Intelektual mulk agentligidan seleksiya yutug‘iga NAP 544 raqamli patenti olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pekin karami (BRASSICA RAPA SUBSP. PEKINENSIS.L) ning abiotik omillarga bardoshli, qimmatli xo‘jalik belgilariga ega navlarini yaratish hamda ishlab chiqarishga joriy qilish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
Pekin karamining ertapishar, hosildor va eksportbop yangi “Yog‘du” navi yaratilgan va O‘zbekiston Respublikasi Intelektual Mulk agentligi tomonidan seleksiya yutug‘i sifatida patent (NAP 544) olingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 2-iyundagi № 05/06-04-314-son ma’lumotnomasi). Natijada dehqon va fermer xo‘jaliklari baqlajonning yangi navlari bilan ta’minlangan;
Pekin karamining “Yog‘du” navi Samarqand viloyati Urgut tumanida 3,8 gektar, Jomboy tumanida 3,5 gektar, Tayloq tumanida 3,6 gektar, viloyat bo‘yicha jami 10,9 gektar maydonga amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 2-iyundagi № 05/06-04-314-son ma’lumotnomasi). Natijada Samarqand viloyati sharoitida gektaridan o‘rtacha 95,3-99,1 tonna hosil olinib, 104,8 mln so‘m sof daromad olishga erishilgan. Buning natijasida fermer xo‘jaliklarida yetishtirilayotgan davlat reestriga kiritilgan Xibinskaya naviga nisbatan hosildorlik 38,4% ga yuqori bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish