Karimov Ravshanbek Allayarovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida fan doktori (DSc)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Respublikaning shimoliy hududlari sho‘rlangan tuproq sharoitiga mos, ertapishar g‘o‘za navlarini yaratish va birlamchi urug‘chiligini tashkil etish”, 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Qx342.
Ilmiy maslahatchi: Mamaraximov Bunyod Ikramovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/08.05.2024.Qx.42.02.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: G‘o‘zaning “Parvoz” navi (NAP 00095), “Xorazm-127” navi (NAP 00046) va “Qaratau” navi (NAP 499).
II. Tadqiqotning maqsadi Respublikaning shimoliy ekstremal hududlarida etishtirishga mos  tezpishar, hosildor, tola chiqimi va sifati jahon andozalari talablariga javob beradigan, suv tanqisligi hamda sho‘rlanishga bardoshli g‘o‘za navini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor g‘o‘zaning turichi navlarini duragaylashdan olingan populyasiyalariga xos bo‘lgan bir necha avlod o‘simliklari ustida olib borilgan maqsadli qayta tanlash uslublarini qo‘llash natijasida tezpishar, hosildor, tolasining sifati va chiqimi belgilari bir genotipda jamlangan namunalar ajratib olish mumkinligi aniqlangan;
g‘o‘zaning G.hirsutum L. turining tizmalararo va navlararo turli duragaylash usullari orqali, hosildor, tola sifati yuqori, sho‘rlanish va stres omillarga bardoshli, serhosil va suv tanqisligiga chidamli o‘rta tolali Xorazm-127, Parvoz va Qaratau g‘o‘za navlari yaratilgan;
tadqiqotlarda Xorazm 77 x (163-F x S-9061) duragayidan ko‘p martali yakka tanlash asosida yaratilgan Xorazm-127 g‘o‘za navining nisbatan ertapisharligi (110-115 kun), hosildorligi (38,0-42,0 s/ga), tolasining uzunligi (34.6-36,4 mm), mayinligi (4,5-4,6), tola chiqimi yuqori (37,0-38,%), tolasi IV tipga mansubligi hamda sho‘r tuproqlar sharoitida etishtirishga mosligi aniqlangan; 
g‘o‘zaning G.hirsutum L. turiga mansub L-41 tizmasining bir necha avlod populyasiyalari ustida olib borilgan uzoq yillik tanlov ishlari asosida yaratilgan “Qaratau” g‘o‘za navining hosildorligi (35,0-40, s/ga), tezpisharligi (116,0-118,0 kun), yirik ko‘sakli (6,0-6,1 g) ekanligi, tola chiqimi yuqoriligi (38,0-39,0 %), o‘ta mayin tolali (4,1-4,4) bo‘lishi hamda Respublikamizning turli tuproq-iqlim sharoitlarida o‘stirilganida andoza navlariga nisbatan qimmatli xo‘jalik ko‘rsatkichlarini ijobiy holatini saqlab qolishi isbotlangan;
G.hirsutum L. turiga mansub cheklangan shoxlanishga ega Xitoyning namunasini S-360 seriyasidagi tezpishar tizmalarning chang aralashmasi bilan duragaylash, keyinchalik yakka tanlash asosida olingan geografik jihatdan uzoq S-362 tizmasi asosida hosildor, kasallik va zararkunandalarga bardoshli, shuningdek suvsizlikga va sho‘rga chidamli tola sifati IV tipga mansub “Parvoz” g‘o‘za navi yaratilgan;
tadqiqotlar davomida yaratilgan g‘o‘za navlarining xos xo‘jalik ahamiyatiga ega belgilarning ko‘rsatkichlarini saqlagan holda navdorligi yuqori bo‘lgan super elita va elita urug‘lik chigitlari etishtirishda hamda qimmatli morfoxo‘jalik belgilari bo‘yicha populyasiyaning barqarorligini saqlab turishda doimiy yakka t anlovlarning samarali ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Respublikaning shimoliy hududlari sho‘rlangan tuproq sharoitiga mos, ertapishar g‘o‘za navlarini yaratish va birlamchi urug‘chiligini tashkil etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
oddiy duragaylash va ko‘p martali yakka tanlovlar asosida yaratilgan o‘rta tolali g‘o‘zaning “Xorazm-127” navi yaratilgan va 2005 yilda Xorazm viloyati uchun istiqbolli bo‘lgan g‘o‘za navlari qatoriga kiritilib, 2024 yilda “Xiva Cluster” MChJ”, “Gurlan baraka teks” MChJ, “Urgench Cluster” va boshqa agroklasterlarning 46498 gektar maydonida joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar Milliy markazining 30 maydagi  05/01-05/02-05/04-03-228-son ma’lumotnomasi). Natijada, tezpishar, hosildor, abiotik va biotik omillarga bardoshli Xorazm-127 navidan o‘rtacha 40,7 s/ga hosil olinib, ushbu nav ekilgan maydonlarda rentabellik darajasi 42,6% ni tashkil etgan;
analitik seleksiya uslubi orqali yaratilgan tezpishar, hosildor, respublikaning shimoliy xududlariga ekishga moslashgan, suvsizlik va sho‘rlanishga chidamli bo‘lgan Xorazm-127 g‘o‘za navini birlamchi urug‘chiligini tashkil etish maqsadida Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasiga 2024 yilda 72,5 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar Milliy markazining 30 maydagi 05/01-05/02-05/04-03-228-son ma’lumotnomasi). Natijada, 3000 ta yakka tanlov, 500 ta oilaviy terimlar hamda 36,7 t. R1 urug‘lik ashyosi tayyorlanib, navga xos bo‘lgan orginal super elita urug‘lari etishtirilib zaxira chigitlari tayyorlash imkonini bergan; 
G.hirsutum L. turiga mansub cheklangan shoxlanishga ega Xitoyning namunasini S-360 seriyasidagi tezpishar tizmalarning chang aralashmasi bilan duragaylash, keyinchalik yakka tanlash asosida olingan geografik jihatdan uzoq S-362 tizmasi asosida hosildor, kasallik va zararkunandalarga bardoshli, shuningdek suvsizlikga va sho‘rga chidamli tola sifati IV tipga mansub “Parvoz” g‘o‘za navi yaratilgan va Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasida 2,5 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar Milliy markazining 2025 yil 30 maydagi 05/01-05/02-05/04-03-228-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘za kolleksiyasi noyob manba bilan boyitilgan hamda navning tezpisharligi (118-120 kun), bir chanoqdagi paxta 6,5-7 g, 1000 dona chigiti 122 gramm, chigitining moydorligi 20%, tola chiqimi 37,5-39%, tolasinnng uzunligi 34-36 mm, mikroneyri 4,0-4,4. hosildorligi 45-48 s/ga ni tashkil etgan;
g‘o‘zaning “Qaratau” navi 2024 yilda PSUEAITI ning Xorazm filialiga qarashli ilmiy tajriba bazasida tashkil etilgan yangi navlarning urug‘larini dastlabki ko‘paytirish elita urug‘chilik xo‘jaligida dastlabki urug‘lik chigitini ko‘paytirish uchun 1,0 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar Milliy markazining 30 maydagi  05/01-05/02-05/04-03-228-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur yangi g‘o‘za navining Xorazm viloyati iqlim sharoitlariga moslashuvchanlikni namoyon etgan o‘simliklari asosida sara urug‘lik chigitlari etishtirilgan; Natijada, mazkur g‘o‘za navining Toshkent viloyati iqlim sharoitiga moslashuvchanlikni namoyon etgan o‘simliklari asosida 530 dona yakka va 70 dona oilaviy tanlov namunalari terib olingan hamda 600 kg sara urug‘lik etishtirilgan;
g‘o‘zaning yangi “Qaratau” navi 2024 yilda Xorazm viloyatining Xiva tumanida sinov uchun 5 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar Milliy markazining 30 maydagi  05/01-05/02-05/04-03-228-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur g‘o‘za navidan 40,0 s/ga hosildorlikka erishilib, andoza Xorazm-150 naviga nisbatan 5,2 s/ga yuqori hosil etishtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish