Masharipova Fazilat Axmedovnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning ekonometrik modellari” (Xorazm viloyati misolida), 08.00.06–“Ekonometrika va statistika”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt4950.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Bayxonov Baxodir Tursunbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ataev Jasur Erkinovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqada oziq-ovqat xavfsizligini ekonometrik modellashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqadagi oziq-ovqat narxlarining inflyasiya, ishlab chiqarish va import hajmi bilan bog‘liqligini avtoregressiv integratsiyalashgan harakatlanish o‘rtachasi (ARIMA) modeli asosida mahalliy ishlab chiqarishning 10 % ga oshishi oziq-ovqat narxlarini o‘rtacha 4-5 % ga pasaytirishi mumkinligi asoslangan;
oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda davlat va boshqaruv organlarining islohotlarini amalga oshirish asosida strategik bosqichlari taklif etilgan;
Xorazm viloyatida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi ekinlari ekin maydoni, aholi soni o‘sishi hamda iqlim o‘zgarishlari omillarni inobatga olgan holda 2030-yilgacha prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan;
oziq-ovqat xavfsizligiga ta’sir etuvchi iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni hamda aholi daromadlari va oziq-ovqat narxlari o‘rtasidagi teskari bog‘liqlik mavjudligini asoslovchi panel regressiya va VAR (Vektor Avtoregressiya) modellarini birlashtirgan kompleks ekonometrik modeli taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqada oziq-ovqat xavfsizligini ekonometrik modellashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
mintaqadagi oziq-ovqat narxlarining inflyasiya, ishlab chiqarish va import hajmi bilan bog‘liqligini avtoregressiv integratsiyalashgan harakatlanish o‘rtachasi (ARIMA) modeli asosida mahalliy ishlab chiqarishning 10 % ga oshishi oziq-ovqat narxlarini o‘rtacha 4-5 % ga pasaytirishi bo‘yicha taklif Xorazm viloyat hokimining 2024-yil 16-fevraldagi “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-36-son qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha 508-12-173-Q/24-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati xokimligining 2025-yil 3-apreldagi 21-698-son ma’lumotnomasi). Natijada, oziq-ovqat narxlarining o‘zgarishlarini oldindan aniqlashga va shu orqali qishloq xo‘jaligi bozorida aholining talabini hisobga olgan holda ularning iste’moliga mos keladigan maqbul narx belgilashga erishilgan;
oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda davlat va boshqaruv organlarining islohotlarini amalga oshirish asosida strategik bosqichlari bo‘yicha taklifi Xorazm viloyat hokimining 2024-yil 16-fevraldagi “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-36-son qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha 508-12-173-Q/24-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati xokimligining 2025-yil 3-apreldagi 21-698-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatda oziq-ovqat xavsizligini ta’minlashga qaratilgan davlat organlari vazifalarini aniq belgilash, shu orqali ularda samarali oziq-ovqat siyosatini amalga oshirish va mavjud imkoniyatlarni o‘zaro samarali muvofiqlashtirish imkonini bergan;
Xorazm viloyatida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi ekinlari ekin maydoni, aholi soni o‘sishi hamda iqlim o‘zgarishlari omillarni inobatga olgan holda 2030-yilgacha prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan. Bu prognoz qiymatlar Xorazm viloyat hokimining 2024-yil 16-fevraldagi “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-36-son qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha 508-12-173-Q/24-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati xokimligining 2025-yil 3-apreldagi 21-698-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash ko‘rsatkichlarining 2024-yilga nisbatan 1,4 baravarga oshirish imkoni aniqlanib, kelajakda aholining yashashi uchun oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan hududiy dasturlari ishlab chiqilgan;
oziq-ovqat xavfsizligiga ta’sir etuvchi iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni hamda aholi daromadlari va oziq-ovqat narxlari o‘rtasidagi teskari bog‘liqlik mavjudligini asoslovchi panel regressiya va VAR (Vektor Avtoregressiya) modellarini birlashtirgan kompleks ekonometrik modeli taklif Xorazm viloyat hokimining 2024-yil 16-fevraldagi “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-36-son qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha 508-12-173-Q/24-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati xokimligining 2025-yil 3-apreldagi 21-698-son ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘p qirrali yondashuvlar ishlab chiqilgan va ushbu yondashuvlarga asoslangan holda oziq-ovqat mahsuloti resurslaridan samarali foydalanish imkoniyati oshgan.