Mambetkarimov Saparniyaz Meyrmanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqtisodiy rivojlanishga yashirin iqtisodiyot sektori ta’sirini ekonometrik baholash va uni kamaytirish yo‘llari  (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 08.00.06 - “Ekonometrika va statistika” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2546.
Ilmiy rahbar: Otajonov Umid Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Muxtidinov Xudayar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raximov Zoxid Tayirovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Termiz  davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiy rivojlanishga yashirin iqtisodiyot sektori ta’sirini ekonometrik baholash va uni kamaytirish yo‘llari bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
respublika hududlari bo‘yicha yashirin iqtisodiyot shakllarining tabiiy (5-10%), o‘rtacha (10-30%) va inqirozli (30%dan ko‘p) holatlarning kritik mezonlari bo‘yicha uning darajasini baholash yondoshuvi taklif qilingan;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy xavfsizlik darajasi bo‘yicha tasnifi va iqtisodiy xavfsizlikni oshirishga qaratilgan hududiy siyosatning ustuvor vazifalari asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasining yashirin iqtisodiyoti genezisi sxemasining besh bosqichli modeli taklif etilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun moslashtirilgan “aholi xarajatlari - chakana savdo” modeli (YaI=(Sh-ChSh)/Sh*100) yordamida ro‘yxatga olinmagan xo‘jalik faoliyatlari hajmi aniqlangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining iqtisodiy rivojlanishiga yashirin iqtisodiyot sektorini 2028-yilga qadar ta’sirini prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashirin iqtisodiyotni baholash va uni kamaytirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagi yo‘nalishlarda joriy etildi:
respublika hududlari bo‘yicha yashirin iqtisodiyot shakllarining tabiiy (5-10%), o‘rtacha (10-30%) va inqirozli (30% dan ko‘p) holatlarning kritik mezonlari bo‘yicha uning darajasini baholash yondoshuvi bo‘yicha taklifi Qoraqalpog‘iston Iqtisodiyot va moliya vazirligi tarkibidagi hududiy bo‘linmalari faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2023-yil 3-noyabrdagi 02-06/9-11/1018-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarida faoliyat yuritayotgan 28 ta soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash maqsadida real ishlab chiqarish hajmini yashirish va 18 ta asosiy vositalar va aylanma mablag‘larni maqsadsiz sotib olish yoki ta’mirlash holatlari aniqlandi buning natijasida respublikada yashirin iqtisodiyot hajmi 0,8 foizga kamaytirishga erishilgan;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy xavfsizlik darajasi bo‘yicha tasnifi va iqtisodiy xavfsizlikni oshirishga qaratilgan hududiy siyosatning ustuvor vazifalari asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasining yashirin iqtisodiyoti genezisi sxemasining besh bosqichli modeli bo‘yicha taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tarkibidagi hududiy bo‘linmalari faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2023-yil 3-noyabrdagi 02-06/9-11/1018-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy qilinishi natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining iqtisodiyotda bandlar soni 12,3%ga va respublikadagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar sonini 8,7%ga oshirib, respublika yalpi hududiy mahsulot hajmini qo‘shimcha 0,25%ga oshirishga erishilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun moslashtirilgan “aholi xarajatlari - chakana savdo” modeli (YaI=(Sh- ChSh)/Sh*100) yordamida ro‘yxatga olinmagan xo‘jalik faoliyatlari hajmi bo‘yicha berilgan ilmiy takliflari Qoraqalpog‘iston Iqtisodiyot va moliya vazirligi tarkibidagi hududiy bo‘linmalari faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2023-yil 3-noyabrdagi 02-06/9-11/1018-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklif natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan kichik biznes sub’ektlari sonini qo‘shimcha 23 ta korxonaga oshishiga imkoniyat yaratilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining iqtisodiy rivojlanishiga 2028-yilga qadar yashirin iqtisodiyot sektori ta’sirini prognoz natijalari bo‘yicha taklif va tavsiyalari Qoraqalpog‘iston Iqtisodiyot va moliya vazirligi tarkibidagi hududiy bo‘linmalari faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2023-yil 3-noyabrdagi 02-06/9-11/1018-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklif natijalaridan Qoraqalpog‘iston Respublkasida “2026 yilgacha Qoraqalpog‘iston Respublkasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish” bo‘yicha maqsadli dasturini ayrim bandlarini tayyorlashda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish