Qazaqov Tolibjon Sharifjon o‘glining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.  Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlar iqtisodiyotini tartibga solish tamoyillarini takomillashtirish (Namangan viloyati misolida)”, 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5183.
Ilmiy rahbar: Bayxonov Baxodirjon Tursunbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayxon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Otajanov Umid Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Matyaqubova Dulfuza Olimboevna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xududlar iqtisodiyotini tartibga solish tamoyillarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
hududlar rivojlanishini markazlashtirilgan boshqarishda tartibga soluvchi supertizim va tartibga solinadigan quyi tizim o‘rtasidagi munosabat modelidan foydalangan holda, Davlat hokimiyatini hududiy tashkil etishning markazlashmagan tashkiliy-funksional tuzilmasining konseptual modeli taklif etilgan;
Namangan viloyati hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatining integral qiymatlari (IQ) asosida Namangan viloyati hududlarning 3 ta (“yaxshi” – 0,117≤IQ<0,144; “o‘rta” – 0.09≤IQ<0,117; “yomon” – 0,06≤IQ<0,09) guruhi bo‘yicha ekonometrik modellari ishlab chiqilgan;
mintaqaviy jarayonlarning tegishli elementlarining o‘zaro ta’siri va dinamikasini ta’minlaydigan alohida mintaqaning ekologik-iqtisodiy tizimini barqaror rivojlantirish va markazlashmagan tashkiliy-funksional tuzilmasining tartibga solish mexanizmlari taklif etilgan;
xududlar iqtisodiyotini tartibga solish tamoyillarini takomillashtirish doirasida Namangan viloyati tumanlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining 3 guruhga ajratilgan holda 2025-2030-yillar uchun ssenariyli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xududlar iqtisodiyotini tartibga solish tamoyillarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
hududlar rivojlanishini markazlashtirilgan boshqarishda tartibga soluvchi supertizim va tartibga solinadigan quyi tizim o‘rtasidagi munosabat modelidan foydalangan holda, Davlat hokimiyatini hududiy tashkil etishning markazlashmagan tashkiliy-funsional tuzilmasining konseptual modeli bo‘yicha taklif Namangan viloyati hokimligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 18-martdagi 02/10-1126-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida hududlarni tarkibiy muvozanat mavjudligidan kelib chiqib, guruhlash mexanizmlari, hududlararo tenglashtirish mexanizmlari va rivojlanishni prognozlash mexanizmlari asosida har bir hududning alohida maqsadli rivojlantirish rejalarini tuzish imkoniyati yaratilgan;
Namangan viloyati hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatining integral qiymatlari (IQ) asosida Namangan viloyati hududlarining 3 ta (“yaxshi” – 0,117≤IQ<0,144; “o‘rta” – 0.09≤IQ<0,117; “yomon” – 0,06≤IQ<0,09) guruhi bo‘yicha ekonometrik modellari Namangan viloyati hokimligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 18-martdagi 02/10-1126-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif natijasida Namangan viloyati hududlarning 3 ta (“yaxshi” – Namangan shahar, To‘raqo‘rg‘on va Uychi tumanlari; “o‘rta” – Namangan, Pop, Uchqo‘rg‘on, Chust va Yangiqo‘rg‘on tumanlari; “yomon” – Mingbuloq, Kosonsoy va Chortoq tumani) guruh bo‘yicha ajratilgan hududlarning har birini alohida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ishlab chiqilgan;
mintaqaviy jarayonlarning tegishli elementlarining o‘zaro ta’siri va dinamikasini ta’minlaydigan alohida mintaqaning ekologik-iqtisodiy tizimini barqaror rivojlantirish va markazlashmagan tashkiliy-funsional tuzilmasining tartibga solish mexanizmlari bo‘yicha taklifi Namangan viloyati hokimligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 18-martdagi 02/10-1126-son ma’lumotnomasi). Keltirilgan ilmiy taklifdan foydalanish asosida mintaqaning ekologik-iqtisodiy tizimida uning barqaror rivojlanishi davomida yuzaga keladigan vazifalar orasida ishonchli va o‘z vaqtida axborot oqimiga asoslangan hududiy iqtisodiyotning ekologik-iqtisodiy omillari majmuasi, mintaqa jarayonlarining tarkibiy modelining ulanishlar majmuasi sifatida ishlashini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning parametrlarining o‘zgarishini kuzatish, shuningdek, mavjud hududiy institutsional sohaga integratsiyalashuvi ta’minlangan;
hududlar iqtisodiyotini tartibga solish tamoyillarini takomillashtirish doirasida Namangan viloyati tumanlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining 3 guruhga ajratilgan holda 2025-2030-yillar uchun ssenariyli prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar Namangan viloyati hokimligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 18-martdagi 02/10-1126-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Namangan viloyatida hududiy iqtisodiyotning yaxlitligini saqlash zarurligini hisobga olgan holda nomarkazlashtirish, yangi ma’muriy-hududiy tizimni joriy etish va ushbu darajadagi hokimiyatning hududiy tashkil etilishini isloh qilish jarayonida barcha aloqalar hamda o‘zaro munosabatlar tizimini faollashtiruvchi chora-tadbirlarni belgilash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish