Amaniyazov Rinat Bayniyazovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq aholisi daromadlarini ko‘paytirishning innovatsion yo‘nalishlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” va 08.00.10 – “Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti” ixtisosliklari (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3697.
Ilmiy rahbar: Sauxanov Janibek Kazievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Najimov Iskander Perdebaevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Amirqulov Shuxrat Olimovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq aholisi daromadlarini ko‘paytirishning innovatsion yo‘nalishlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi sohasida ta’lim va malaka oshirishda masofaviy o‘qitish imkoniyatlarini kengaytirish, mahalliy innovatsion markazlar tizimini kengaytirish, kichik va oilaviy tadbirkorligini yanada rivojlantirish, mahsulotlar eksportini jadallashtirish, samarali ishlab chiqarish va kooperativlar tizimini kengaytirish, zamonaviy agrotexnika, yuqori hosildorlik va mehnat unumdorligi ustuvorligi kabi qishloq aholisi daromadlarini oshirishning innovatsion yo‘nalishlari asoslab berilgan;
mintaqada qishloq xo‘jaligi aholisining daromadlarini oshirishning istiqbolli innovatsion imkoniyatlardan biri sifatida turizm sohasi, ayniqsa agroturizmni rivojlantirish, bunda fermer xo‘jaliklari bazasida sayyohlik xizmatlarini ko‘rsatish, mahsulotlar ko‘rgazmasi va sotuvini tashkil etish, mahalliy qishloq xo‘jaligi festivallarini tashkil etish hamda Muynoq aholisi daromadlarini oshirishda innovatsion yondashuvga ko‘ra ekoturizm va mahalliy turizmni rivojlantirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
mintaqada iqtisodiy faoliyat turi qishloq xo‘jaligi bo‘lgan yuridik shaxslarda ishlovchi xodimlarning (For 95% confidence intervals, t(8, 0.025) = 2.306) o‘rtacha oylik ish haqining 2024-2028-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida iqtisodiy faoliyat turi qishloq xo‘jaligi bo‘lgan yuridik shaxslarda ishlovchi xodimlarning hududlar kesimidagi maksimal va minimal oylik ish haqining 2024-2028-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq aholisi daromadlarini ko‘paytirishning innovatsion yo‘nalishlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi sohasida ta’lim va malaka oshirishda masofaviy o‘qitish imkoniyatlarini kengaytirish, mahalliy innovatsion markazlar tizimini kengaytirish, kichik va oilaviy tadbirkorligini yanada rivojlantirish, mahsulotlar eksportini jadallashtirish, samarali ishlab chiqarish va kooperativlar tizimini kengaytirish, zamonaviy agrotexnika, yuqori hosildorlik va mehnat unumdorligi ustuvorligi kabi qishloq aholisi daromadlarini oshirishning innovatsion yo‘nalishlari taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 10 apreldagi 02/017-1066-son ma’lumotnomasi). Taklif mintaqada aholi turmush darajasini oshirishda ta’lim va drayver yo‘nalishlarni rivojlantirish va unumdorlikka kura yuqori ta’sirga ega bo‘lgan omillarni aniqlash, qishloq aholisi turmush farovonligini oshirish imkoniyatlaridan maqsadli foydalanishga muayyan darajada xizmat qilgan;
mintaqada qishloq xo‘jaligi aholisining daromadlarini oshirishning istiqbolli innovatsion imkoniyatlardan biri sifatida turizm sohasi, ayniqsa agroturizmni rivojlantirish, bunda fermer xo‘jaliklari bazasida sayyohlik xizmatlarini ko‘rsatish, mahsulotlar ko‘rgazmasi va sotuvini tashkil etish, mahalliy qishloq xo‘jaligi festivallarini tashkil etish hamda Muynoq aholisi daromadlarini oshirishda innovatsion yondashuvga ko‘ra ekoturizm va mahalliy turizmni rivojlantirishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 10 apreldagi 02/017-1066-son ma’lumotnomasi). Taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi turmush darajasini ta’minlashda yuqori ta’sirga ega bo‘lgan omillarni aniqlash, qishloq aholisi turmush farovonligini oshirishning istiqbolli yo‘nalishlarni ishlab chiqishga muayyan darajada xizmat qilgan;
mintaqada iqtisodiy faoliyat turi qishloq xo‘jaligi bo‘lgan yuridik shaxslarda ishlovchi xodimlarning (For 95% confidence intervals, t(8, 0.025) = 2.306) o‘rtacha oylik ish haqining 2024-2028-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari bo‘yicha taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 10 apreldagi 02/017-1066-son ma’lumotnomasi). Taklif agrar tarmoqda xo‘jalik yuritish shakl-larining o‘ziga xos xususiyatlari va ustunliklaridan foydalangan holda va kamchiliklarni bartaraf etgan holda qishloq aholi daromadlarini oshirish yo‘nalishlarini belgilab olishga muayyan darajada xizmat qilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida iqtisodiy faoliyat turi qishloq xo‘jaligi bo‘lgan yuridik shaxslarda ishlovchi xodimlarning hududlar kesimidagi maksimal va minimal oylik ish haqining 2024-2028-yillarga prognoz qiymatlari bo‘yicha taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 10 apreldagi 02/017-1066-son ma’lumotnomasi). Prognoz natijalari hududlar kesimida mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanishga ko‘ra qishloq aholisi daromadlarini oshirish hamda hududiy farqlarni baholashning istiqboldagi prognoz qiymatlarini shakllantirishga muayyan darajada xizmat qilgan.