Zulfikarov Farhod Yuldashxodjaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon matni

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli iqtisodiyot sharoitida yirik korxonalarda g‘aznachilik tizimini tashkil etish istiqbollari”, 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” bo‘yicha ixtisoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3148.
Ilmiy rahbar: Bobakulov To‘lqin Ibodullaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, DSc.19/04.07.2023.1.88.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Teshaboev To‘lqin Zakirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Iminova Nargiza Akramovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Raqamli iqtisodiyot sharoitida yirik korxonalarda g‘aznachilik tizimini tashkil etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
yirik korxonalarda g‘aznachilik tizimini va moliyaviy mablag‘lari oqimlarini samarali boshqarish maqsadida korxona tegishli xodimlarni “Moliyaviy boshqaruv”, “Raqamlashtirish” sohasida o‘qitish hamda rivojlantirish orqali mehnat unumdorligini oshirish mumkinligi taklif etilgan;
g‘aznachilik tizimini raqamlashtirish asosida tashkil etish hisobiga davlat xaridlarini amalga oshirishda korrupsiyaviy xavf-xatarlar darajasini minimallashtirish taklifi asoslangan;
yirik korxonalarda samarali pul oqimi rejalarini tuzish, tashkilot bo‘yicha to‘lov grafiklarini shakllantirish, pul oqimlarini onlayn tahlil qilish, debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarini samarali boshqarish maqsadida “1S-Buxgalteriya” raqamli dasturiy platformasining o‘zaro integratsiyalashgan modulli echimlari yordamida g‘aznachilikni tashkil etish orqali xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
korxonalarning turli faoliyatiga doir barcha kerakli hisobotlar, to‘lov topshiriqnomalari, shartnomalar va boshqa hujjatlarni qisqa vaqt ichida elektron shaklda yaratish, hisob-kitoblarni onlayn amalga oshirish maqsadida g‘aznachilik tizimini raqamli platformalar yordamida tashkil etish orqali korxona xisobotlari sifati hamda xavfsizligi oshishi asoslangan
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Raqamli iqtisodiyot sharoitida yirik korxonalarda g‘aznachilik tizimini tashkil etish ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yirik korxonalarda g‘aznachilik tizimini moliyaviy va pul mablag‘lari oqimlarini boshqarish maqsadida tadqiqot davomida ishlab chiqilgan algoritm asosida “1S-Buxgalteriya” dasturiy platformasining modulli echimlari yordamida raqamlashtirish orqali tashkil etish bo‘yicha taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Temiryo‘linfratuzilma” AJ amaliyotiga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Temiryo‘linfratuzilma” AJning 2025-yil 15 apreldagi 01/39-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif amaliyotga tatbiq etilishi natijasida Jamiyat faoliyati rentabelligi va mehnat unumdorligi 7-8 foizga oshgan va shu bilan hujjatlar aylanmasi tezligi 10-15 foizga ko‘tarilgan;
korrupsiyaga doir huquqbuzarliklarning oldini olish, mablag‘larning maqsadli sarflanishini ta’minlash, davlat xaridlarini amalga oshirilishida ularning shaffofligini ta’minlash va bunda inson omilini kamaytirish, byudjet mablag‘lari ustidan samarali nazorat o‘rnatish maqsadida barcha turdagi xarid jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Temiryo‘linfratuzilma” AJ amaliyotiga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Temiryo‘linfratuzilma” AJning 2025-yil 15 apreldagi 01/39-sonli ma’lumotnomasi).     Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida bir nechta xarid jarayonlari avtomatlashtirilib, jamiyatda xaridlarni amalga oshirishdagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar sezilarli darajada kamaytirildi, xarid jarayonlarining shaffofligi oshirildi, inson omili darajasi kamaytirilgani holda sodir etilayotgan korrupsiyaga doir huquqbuzarliklar qariyb 30 foizga kamaytirilgan; 
samarali pul oqimi rejalarini tuzish, tashkilot bo‘yicha to‘lov grafiklarini shakllantirish va ularning ijro javobgarligini oshirish, pul oqimlarini onlayn tahlil qilish, debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarini samarali boshqarish maqsadida “1S-Buxgalteriya” dasturiy platformasining o‘zaro integratsiyalashgan modulli echimlari yordamida yirik korxonalarda g‘aznachilik tizimini tashkil etish bo‘yicha bergan taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Temiryo‘linfratuzilma” AJ amaliyotiga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Temiryo‘linfratuzilma” AJning 2025-yil 15 apreldagi 01/39-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida to‘lovlar bilan bog‘liq bo‘lgan biznes jarayonlar takomillashtirildi, joriy etilgan tizim natijasida shartnomalar tuzilishi, bajarilishi va tugatilishi avtomatlashtirildi. Kontragentlar orasida o‘zaro hisob-kitob, debitor va kreditor qarzdorliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar tizimlashtirilishi, ularga javobgar shaxslar bilan ishlash hamda operatsion davrda ularning o‘zgarishini kuzatish imkoni yaratilishi natijasida korxona moliyaviy barqarorligi 10-15 foizga oshgan, 2 shtat birligi qisqartirilib, yiliga qariyb 230 mln. so‘m iqtisod qilishga imkon yaratilgan;
yirik korxonalarning turli faoliyatiga doir barcha kerakli hisobotlar, to‘lov topshiriqnomalari, shartnomalar va boshqa hujjatlarni qisqa vaqt ichida elektron shaklda yaratish hamda G‘aznachilik va boshqa tegishli tashkilotlarga taqdim etish, katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash, ko‘p sonli foydalanuvchilarning axborot resurslari bilan o‘zaro aloqasini tashkil etish, moliyaviy ma’lumotlardan ruxsatsiz foydalanilishiga chek qo‘yish, hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni onlayn amalga oshirish maqsadida g‘aznachilik tizimini raqamli platformalar yordamida tashkil etish bo‘yicha bergan taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Temiryo‘linfratuzilma” AJ amaliyotiga joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Temiryo‘linfratuzilma” AJning 2025-yil 15 apreldagi 01/39-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga tatbiq etish natijasida jamiyatda hisobotlarni shakllantirishning avtomatlashtirilgan tizimi yaratildi, foydalanuvchilar orasida axborot almashish bo‘yicha tizim zanjirlari qisqartirildi, korxonaning hisobotliligi sifati va darajasi oshdi, hisobdor shaxslar bilan hisb-kitoblarni amalga oshirish raqamlashtirildi, tegishli axborot manbaalari xavfizligini ta’minlashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish