Xudoyberganova Maqsuda Jumaniyazovnaning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Turli yoshdagi zaif ko‘ruvchilarda emotsional intellekt shakllanganligining psixologik xususiyatlari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/P1054.
Ilmiy rahbar: Baykunusova Gulmira Yuldibaevna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Nodira G‘ayratovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Samarova Shohista Rabidjanovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent  davlat  sharqshunoslik universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: turli yoshdagi zaif ko‘ruvchilarda emotsional intellekt  shakllanganligining   psixologik xususiyatlarini aniqlash va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli yoshdagi shaxslarda emosional intellektning shakllanganlik darajasini tashhis qilish uchun sog‘lom va zaif ko‘ruvchi ilk o‘spirin, yoshlik, ilk etuklik davridagi shaxslarning natijalari psixometrik mezonlariga hamda konstruktiv validlikni ta’minlash qoidalariga muvofiq o‘zbek milliy muhitiga mos kelganligi tufayli, D.V.Lyusinning EmIn emotsional intellekt so‘rovnomasini modifikasion varianti taklif etilgan; 
shaxsiy nazorat usullariga ko‘ra turli yoshdagi zaif ko‘ruvchilarda  «his-tuyg‘ularini boshqarish», «o‘z-o‘zini motivlashtirish», «empatiyani yuqori darajasi», «me’yoriy namunaga nisbatan ifoda», «emotsional bilimdonlik», «o‘z his-tuyg‘ularini boshqarish» isbotlash orqali namoyon bo‘lish dinamikasi va yosh farqlarini aniqlangan;
shaxsiy etuklik turlariga ko‘ra turli yoshdagi zaif ko‘ruvchilarda «shaxsiy farovonlik», «o‘z-o‘ziga baho», «hayotdan qoniqqanlik darajasi» ko‘rsatkichlari asosida emotsional intellektni rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar aniqlangan;
zaif ko‘ruvchilarda emotsional intellektning rivojlanish modeli sensor adaptatsiya, o‘z-o‘zini anglash, empatiya, emotsiyalarni boshqarish, ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish muhimligiga asoslanib, “asosiy”, “individual”, “o‘zaro munosabat”, “regulyativ”, “ijtimoiy” darajadagi komponentlarni kiritish orqali takomillashtirilgan yangilik aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli yoshdagi zaif ko‘ruvchilarda emotsional intellekt shakllanganligining psixologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot ishlari  natijalari asosida:
turli yoshdagi shaxslarda emosional intellektning shakllanganlik darajasini tashhis qilish uchun sog‘lom va zaif ko‘ruvchi ilk o‘spirin, yoshlik, ilk etuklik davridagi shaxslarning natijalari psixometrik mezonlariga hamda konstruktiv validlikni ta’minlash qoidalariga muvofiq o‘zbek milliy muhitiga mos kelganligi tufayli, D.V.Lyusinning EmIn emotsional intellekt so‘rovnomasini modifikasion varianti taklif etilgan ma’lumotlar  Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining  2024-yil 7-dekabrdagi PM-№ 299-son buyrug‘iga asosan «Psixodiagnostika» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yili 7-dekabrdagi 299-a-son ma’lumotnomasi). Natijada D.V.Lyusinning «Emotsional intelleklni aniqlash» Emln so‘rovnomasi O‘zbekiston sharoitiga moslashtirildi va modifikatsiya qilingan variantidan foydalanish imkoniyati yaratilgan;
shaxsiy nazorat usullariga ko‘ra turli yoshdagi zaif ko‘ruvchilarda  «his-tuyg‘ularini boshqarish», «o‘z-o‘zini motivlashtirish», «empatiyani yuqori darajasi», «me’yoriy namunaga nisbatan ifoda», «hissiy ong darajasi», «o‘z his-tuyg‘ularini boshqarish» isbotlash orqali namoyon bo‘lish dinamikasi va yosh farqlari aniqlanganligiga oid ma’lumolar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining  2024-yil 7-dekabrdagi PM-№ 299  sonli buyrug‘iga asosan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yili 7-dekabrdagi 299-a-son ma’lumotnomasi). Natijada turli yoshdagi zaif ko‘ruvchilarning emotsional intellekti shakllanganligi yosh bo‘yicha farqlari aniqlangan; 
shaxsiy etuklik turlariga ko‘ra turli yoshdagi zaif ko‘ruvchilarda «shaxsiy farovonlik», «o‘z-o‘ziga baho», «hayotdan qoniqqanlik darajasi» ko‘rsatkichlari asosida emotsional intellektni rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillari aniqlanganligiga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi 299-son buyrug‘iga asosan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi 299-a-son ma’lumotnomasi). Natijada turli yoshdagi zaif ko‘ruvchilarda «shaxsiy farovonlik», «o‘z-o‘ziga baho», «hayotdan qoniqqanlik darajasi» ko‘rsatkichlari asosida emotsional intellektni rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar aniqlangan;
zaif ko‘ruvchilarda emotsional intellektning rivojlanish modeli sensor adaptatsiya, o‘z-o‘zini anglash, empatiya, emosiyalarni boshqarish, ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish muhimligiga asoslanib, “asosiy”, “individual”, “o‘zaro munosabat”, “regulyativ”, “ijtimoiy” darajadagi komponentlarni kiritish orqali takomillashtirilganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi 299-son buyrug‘iga asosan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi 299-a-son ma’lumotnomasi). Natijada zaif ko‘ruvchilarda emotsional intellektning rivojlantirishga  qaratilgan «Qalb nuri» psixologik trening dasturi samaradorligi aniqlangan

Yangiliklarga obuna bo‘lish