Zakirova Gulnoza Qudratovnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Korxonalar faoliyatini rivojlantirishda B2B bozoridan samarali foydalanish yo‘llari (Xorazm viloyati misolida)”, 08.00.11 - Marketing (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5153.
Ilmiy rahbar: Xudayberganov Dilshod Tuxtabaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Ergashxodjaeva Shaxnoza Djasurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Bekjanov Dilmurad Yo‘ldashovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa korxonalar faoliyatini rivojlantirishda B2B bozoridan samarali foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korxonalar faoliyatini rivojlantirishda B2B bozoridan samarali foydalanishga ta’sir qiluvchi omillar bozor sig‘imini aniqlash va bozorda mijozlarni tezkor jalb qilish  bo‘yicha mualliflik yondashuvi taklif etilgan;
B2B bozorida o‘zaro munosabatlar marketingidan foydalanish orqali yuqori (71-100 %), o‘rta (41-70 %) va quyi (0-40 %) darajalardagi korxonalarning xarid jarayonlarini optimallashtirish asosida o‘zaro munosabatlar marketingini rivojlantirish imkoniyatlari taklif etilgan;
Xorazm viloyatida korxonalar B2B bozori samaradorligini aniqlashning BCG matritsasi modeli asosida mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish yondoshuvi taklif etilgan;
innovatsion faollik asosida mintaqa korxonalar faoliyatini rivojlantirishda B2B bozorining samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘rta muddatli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqada korxonalar faoliyatini rivojlantirishda B2B bozoridan samarali foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
korxonalar faoliyatini rivojlantirishda B2B bozoridan samarali foydalanishga ta’sir qiluvchi omillar bozor sig‘imini aniqlash va bozorda mijozlarni tezkor jalb qilish  bo‘yicha mualliflik yondashuvi bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 12-martdagi 10-946-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilinishi mintaqada korxonalar faoliyatini B2B bozoridan samarali amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish imkonini bergan; 
B2B bozorida o‘zaro munosabatlar marketingidan foydalanish orqali yuqori (71-100 %), o‘rta (41-70 %) va quyi (0-40 %) darajalardagi korxonalarning xarid jarayonlarini optimallashtirish asosida o‘zaro munosabatlar marketingini rivojlantirish imkoniyatlari bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 12-martdagi 10-946-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilinishi mintaqada B2B tizimi asosida faoliyat ko‘rsatadigan korxonalar iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichlarini o‘rtacha 2-5 foizga oshirish imkonini bergan; 
Xorazm viloyatida korxonalar B2B bozori samaradorligini aniqlashning BCG matritsasi modeli asosida mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish yondoshuvi bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 12-martdagi 10-946-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilish Xorazm viloyatidagi korxonalar faoliyatining yangi veb-saytlar yaratish asosida B2B bozorini samarali rivojlantirish imkonini bergan; 
innovatsion faollik asosida mintaqa korxonalar faoliyatini rivojlantirishda B2B bozorining samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlab chiqilgan o‘rta muddatli prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 12-martdagi 10-946-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif asosida mintaqada B2B shaklidagi korxonalar faoliyatini o‘rtacha 1,2-1,3 foizga oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish