Ubaydullaev Dilshod Zuvaytovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Tijorat banklarining fond bozoridagi investision faolligini oshirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4135
Ilmiy rahbar: Beknazarov Zafarjon Ergashevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Rajabov Sherzod Umurzoqovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor,; Toshpulatov Davron Akromovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklarining fond bozoridagi investision faolligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklari tomonidan chiqarilgan evrobondlarni xalqaro fond birjalariga joylashtirishdan tushgan mablag‘larni rejalashtirilgan loyihalar samaradorligi past bo‘lganda, yuqori daromadlilikka ega boshqa banklarning depozitlariga joylashtirish orqali ularning rentabelligini oshirish imkoniyati taklif etilgan;
tijorat banklarining fond bozorlaridan jalb etilgan mablag‘larini yashil loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirishda “Green banking” konsepsiyasiga asoslangan kompleks moliyaviy vositalar tizimini shakllantirish asoslangan;
tijorat banklari qimmatli qog‘ozlarini xususiy investorlarga sotishda investisiya jarayonining shaffofligi va samaradorligini oshirish maqsadida fond indekslari bilan bir qatorda investisiya portfellarining tarkibini tavsiflovchi risk darajasi, rentabellik, likvidlik kabi ko‘rsatkichlardan kompleks tarzda foydalanish zaruriyati asoslangan;
xususiy investorlarning qimmatli qog‘ozlar bozorida emitent sifatida ishtirokini rag‘batlantirish maqsadida ularga bank xizmatlarini imtiyozli shartlarda ko‘rsatish asosida ularning aksiya va obligatsiyalar orqali mablag‘ jalb qilish imkoniyatlari kengaytirilishi va tijorat banklarining korporativ mijozlar bazasi oshishi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarining fond bozoridagi investision faolligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
tijorat banklari tomonidan chiqarilgan evrobondlarni xalqaro fond birjalariga joylashtirishdan tushgan mablag‘larni rejalashtirilgan loyihalar samaradorligi past bo‘lganda, yuqori daromadlilikka ega boshqa banklarning depozitlariga joylashtirish orqali ularning rentabelligini oshirish imkoniyatiga doir taklifi «O‘zMilliy bank» aksiyadorlik jamiyati amaliyotiga joriy qilingan. («O‘zMilliy bank» aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 24-dekabrdagi №02/2-8051/07-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, «O‘zMilliy bank» AJ tomonidan 300 mln. AQSh dollari miqdoridagi evrobondlar muvaffaqiyatli emissiya qilingan va ulardan tushgan pul mablag‘larining bir qismi (20-30%) boshqa tijorat banklarining depozitlariga joylashtirilishiga erishilgan va bankning xalqaro fond birjalarida kelgusida faoliyatini barqaror bo‘lishi ta’minlangan;
tijorat banklarining fond bozorlaridan jalb etilgan mablag‘larini yashil loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirishda “Green banking” konsepsiyasiga asoslangan kompleks moliyaviy vositalar tizimini shakllantirishga doir taklifi «O‘zMilliy bank» aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy qilingan. («O‘zMilliy bank» aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 24-dekabrdagi №02/2-8051/07-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bank uch soha sub’ektlari (jismoniy shaxslar, kichik biznesni va korporativ mijozlar)ni yashil moliyalashtirish va “Green banking” yo‘nalishi orqali ularning ijtimoiy hamda ekologik rivojlantirishga yo‘naltirilgan loyihalarini qo‘llab-quvvatlash tizimi kengayishi, yashil moliyalashtirish loyihalariga 173 mlrd. so‘m mablag‘lar yo‘naltirilishiga erishilgan;
tijorat banklari qimmatli qog‘ozlarini xususiy investorlarga sotishda investisiya jarayonining shaffofligi va samaradorligini oshirish maqsadida fond indekslari bilan bir qatorda investisiya portfellarining tarkibini tavsiflovchi risk darajasi, rentabellik, likvidlik kabi ko‘rsatkichlardan kompleks tarzda foydalanish zaruriyati to‘g‘risidagi taklifi «O‘zMilliy bank» aksiyadorlik jamiyatining “Investision siyosati”ni ishlab chiqishda inobatga olingan. («O‘zMilliy bank» aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 24-dekabrdagi №02/2-8051/07-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tijorat banklari tomonidan chiqaralidigan qimmatli qog‘ozlar ishonchli va moliyaviy barqaroro bo‘lgan xususiy investorlarga sotilishini rag‘batlantirgan;
xususiy investorlarning qimmatli qog‘ozlar bozorida emitent sifatida ishtirokini rag‘batlantirish maqsadida ularga bank xizmatlarini imtiyozli shartlarda ko‘rsatish asosida ularning aksiya va obligatsiyalar orqali mablag‘ jalb qilish imkoniyatlari kengaytirilishi va tijorat banklarining korporativ mijozlar bazasi oshishiga doir taklifi «O‘zMilliy bank» aksiyadorlik jamiyatida “Hisob siyosati” va “Bank rivojlanish strategiya”larini ishlab chiqishda inobatga olingan. («O‘zMilliy bank» aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 24-dekabrdagi №02/2-8051/07-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, xususiy investorlarning qimmatli qog‘ozlar bozoriga o‘z aksiya va obligatsiyalarini chiqarish orqali mablag‘ jalb qilish imkoniyati kengaytirib, bank korporativ mijozlari soni ortishiga olib kelgan..