Ibrohimov Davronbek Muhamadi o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Tijorat banklari aktivlarining samaradorligini oshirish yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 
Ilmiy rahbar: Alimardonov Ilxom Muzrabshoxovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Xaydarov Nizomiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rajabov Sherzod Umurzoqovich, iqtisodiyot fanlari doktori professor
Yetakchi tashkilot: Alfraganus universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklari aktivlarining samaradorligini oshirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bank aktivlari tarkibini optimallashtirish orqali ularning likvidligini saqlagan holda barqaror daromad keltiruvchi ipoteka kreditlari, avtokreditlar va fond birjasi listingiga kiritilgan likvidli qimmatli qog‘ozlar kabi aktivlar ulushini oshirish taklif etilgan;
investisiya loyihalarini tanlash va ekspertiza qilishni takomillashtirish, ushbu jarayonga kredit liniyasi jalb qilingan xorijiy yoki xalqaro banklarning ekspertlarini jalb qilish orqali tijorat banklari kreditlarini inqirozga chidamli investisiya loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltirish taklif etilgan;
tijorat banklari faoliyatining samaradorligini oshirish, bank resurslaridan samarali foydalanish, aktivilar rentabelligini oshirish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda ularning balansidagi imorat va uskunalardan iborat harakatsiz aktivlar ulushini qisqartirish taklif etilgan;
kreditlash jarayonlarini amalga oshirishda bank mahsulotlari tannarxi va daromadliligini baholash amaliyotida Big Data, Blockchain kabi ilg‘or moliyaviy texnologiyalarni faol qo‘llash orqali tijorat banki aktivlari samaradorligini boshqarish taklifi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. tijorat banklari aktivlarining samaradorligini oshirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bank aktivlari tarkibini optimallashtirish orqali ularning likvidligini saqlagan holda barqaror daromad keltiruvchi ipoteka kreditlari, avtokreditlar va fond birjasi listingiga kiritilgan likvidli qimmatli qog‘ozlar kabi aktivlar ulushini oshirish taklifi “Ipotekabank” OTP faoliyatiga joriy etilgan (“Ipotekabank” OTPning 2025 yil 20 fevraldagi 2-3.3/5927-sonli ma'lumotnoma). Natijada, “Ipotekabank” OTP aktivlari tarkibidagi barqaror daromad keltiradigan aktivlarning rentabellik ko‘rsatkichi qo‘shimcha 0,25 koeffisientga oshib, umumiy bank aktivlari daromadidagi ulushining qo‘shimcha 15 foizga, shuningdek, jami aktivlar daromadliligining qo‘shimcha 8 foizga oshishi ta’minlangan;
investisiya loyihalarini tanlash va ekspertiza qilishni takomillashtirish, ushbu jarayonga kredit liniyasi jalb qilingan xorijiy yoki xalqaro banklarning ekspertlarini jalb qilish orqali tijorat banklari kreditlarini inqirozga chidamli investisiya loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltirish taklifi “Ipotekabank” OTP faoliyatiga joriy etilgan (“Ipotekabank” OTPning 2025 yil 20 fevraldagi 2-3.3/5927-sonli ma'lumotnoma). Natijada, “Ipotekabank” OTP aktivlaridan foydalanish samaradorligi yanada oshib, mazkur turdagi investisiya loyihalariga ajratilgan kreditlarning risklilik darajasi 30 foizga kamayishiga hamda ulardan ko‘zlangan daromadlar o‘z vaqtida olinish darajasi 20 foizga oshishiga erishilgan;
tijorat banklari faoliyatining samaradorligini oshirish, bank resurslaridan samarali foydalanish, aktivilar rentabelligini oshirish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda ularning balansidagi imorat va uskunalardan iborat harakatsiz aktivlar ulushini qisqartirish taklifi “Ipotekabank” OTP faoliyatiga joriy etilgan (“Ipotekabank” OTPning 2025 yil 20 fevraldagi 2-3.3/5927-sonli ma'lumotnoma). Natijada, “Ipotekabank” OTP aktivlari tarkibidagi harakatsiz aktivlar ulushi 15 foizga qisqaritilishi hamda ulardan samarali foydalanish hisobiga jami bank aktivlari daromadliligi qo‘shimcha 5 foizga oshirilishi imkoniyati yaratilgan.
kreditlash jarayonlarini amalga oshirishda bank mahsulotlari tannarxi va daromadliligini baholash amaliyotida Big Data, Blockchain kabi ilg‘or moliyaviy texnologiyalarni faol qo‘llash orqali tijorat banki aktivlari samaradorligini boshqarish taklifi “Ipotekabank” OTP faoliyatiga joriy etilgan (“Ipotekabank” OTPning 2025 yil 20 fevraldagi 2-3.3/5927-sonli ma'lumotnoma). Natijada, ilg‘or moliyaviy texnologiyalarni qo‘llash yordamida “Ipotekabank” OTPda xarajatlarni tejash va risklarni kamaytirish, mijozlar uchun tez va sifatli moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish hamda “Ipotekabank” OTP aktivlaridan foydalanishda turli mahsulotlar bo‘yicha xizmatlar tannarxi hamda daromadliligini baholash asosida bank aktivlari samaradorligini boshqarish bo‘yicha o‘z vaqtida to‘g‘ri va aniq qarorlarni qabul qilish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish