Botirov Abror Nu’monovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Quyosh elektr stansiyasi bilan jihozlangan elektr traktorning energetik parametrlarini asoslash”, 05.05.07 – “Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar” ixtisosligi (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4908
Ilmiy rahbar: Boqiev Abdujolol Abdulxamitovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.10.01
Rasmiy opponentlar: Muxammadiev Ashiraf texnika fanlari doktori, professor; Boltaev Otabek Toshmuxammatovich texnika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Qishloq xo‘jaligini  mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Quyosh elektr stansiyasi bilan johozlangan elektr traktorning energetik parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
quyosh elektr stansiyasi bilan johozlangan elektr traktorning bir zaryadda bosib o‘tadigan masofasini hisobga olgan holda energetik parametrlari asoslangan;
quyosh elektr stansiyasi bilan johozlangan elektr traktorning bir zaryadda bosib o‘tadigan masofasini xisoblash algoritmi ishlab chiqildi;
elektr traktorga dastlabki talablar va uning konstruksiyasini loyihalash uchun texnik topshiriqlar ishlab chiqilib, uning tajriba-sanoat namunasi tayyorlangan;
elektr traktorning massasi, ilgakdagi tortish kuchi va elektr yuritma quvvatini hisobga olgan holda bir zaryadda bosib o‘tadigan masofasi matematik modellashtirilgan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Quyosh elektr stansiyasi bilan johozlangan elektr traktorning parametrlari va ish rejimlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida.
Quyosh elektr stansiyasi bilan johozlangan elektr traktorning tajriba namunasi Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi “Xoldor Ochilovich Boboqulov” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasining (2024-yil 28-avgustdagi 01-017/3247-sonli ma’lumotnomasi xamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi. Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 23-oktyabrdagi                 05/04-04-537-sonli ma’lumotnomasi). Natijada fermer xo‘jaligi bo‘yicha 1 dona quyosh elektr stansiyasi bilan johozlangan elektr traktordan foydalangan xolda g‘alla maydoni bo‘yicha mobil texnika vositalari uchun yonilg‘i sotib olish uni etkazib berish xarajatlarni 40-45% gacha kamaytirish imkoniyati yaratilgan. 
Quyosh elektr stansiyasi bilan johozlangan elektr traktorning sanoat namunasi ishlab chiqish va tayyorlash uchun loyiha konstruktorlik xujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq) “BMKB-Agromash” AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi. Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 23-oktyabrdagi 05/04-04-537-sonli ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan parametrlarga ega quyosh elektr stansiyasi bilan johozlangan elektr traktorning sanoat namunasini ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish