Raimberdiev Asqarjon Asrorovichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Modifikatsiyalangan topshiriqlar orqali ona tili darslarida iqtidorlilikni aniqlash va rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9371
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Ilmiy rahbar: Tojieva Gulbahor Namozovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: Yozieva Umida Lutfullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent. Shabbazova Dilfuza Ruzikulovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilar iqtidorini aniqlash va rivojlantirishda modifikatsiyalangan topshiriqlandan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
modifikatsiyalangan topshiriqlar orqali ona tili darslarida iqtidorlilikni aniqlash va rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari shaxs iqtidorliligining pedagogik aspektlarini retrospektiv tahlil qilishga qaratilgan lingvistik intellektning shakllanganligi, idrokning kengligi, psixologik sezuvchanlik, egotsentrik rivojlanishga intilish, konformlilik, kognitiv, lingvistik, emotsional, bilish, motivatsion, psixofizologik, jismoniy va irodaviy sifatlarning spesifik xususiyatlari asosida aniqlashtirilgan; 
modifikatsiyalangan topshiriqlar orqali ona tili darslarida iqtidorlilikni aniqlash va rivojlantirish modeli strategik modul mazmuniga modifikatsiyalangan topshiriqlarni reprezentatsiyalash, operatsionalizatsiyalash, verifikatsiyalash hamda lingvistik qobiliyatlarni rivojlantirishga proporsional ta’sir etuvchi didaktik komponentlarni qiyosiy aniqlash asosida takomillashtirilgan; 
modifikatsiyalangan topshiriqlar orqali ona tili darslarida iqtidorlilikni aniqlash va rivojlantirish metodikasi differensiatsiya, motivatsiya va realizatsiya bosqichlarida modifikatsiyalangan diagnostik yondashuvlarning integrativ elementlarini ta’limiy maqsadlar mazmuniga mos yoʻnaltirish hamda modifikatsiyalangan rivojlantiruvchi metodikaning tashkiliy-motivatsion tuzilmasiga mantiqiy-fikrlashga unlovchi mashqlarni bosqichma-bosqich kiritish asosida takomillashtirilgan; 
modifikatsiyalangan topshiriqlar orqali o‘quvchchilarning lingvistik iqtidorini aniqlash va rivojlantirish metodikasining samaradorligi lingvoiqtidorlilikning xotira mustahkamligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qilishini hisobga olish hamda tinglab tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish, diqqat konsentratsiyasini oshirish va fonetik tushunchalarni shakllantirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida modifikatsiyalangan topshiriqlar orqali o‘quvchilar iqtidorini aniqlash va rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
modifikatsiyalangan topshiriqlar orqali ona tili darslarida iqtidorlilikni aniqlash va rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari shaxs iqtidorliligining pedagogik aspektlarini retrospektiv tahlil qilishga qaratilgan lingvistik intellektning shakllanganligi, idrokning kengligi, psixologik sezuvchanlik, egotsentrik rivojlanishga intilish, konformlilik, kognitiv, lingvistik, emotsional, bilish, motivatsion, psixofizologik, jismoniy va irodaviy sifatlarning spesifik xususiyatlari asosida aniqlashtirilganligiga doir xulosalardan “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 391201-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi o‘quvchilar iqtidorini aniqlash va rivojlantirishga doir tajribalar bilan boyitilishiga erishilgan;
modifikatsiyalangan topshiriqlar orqali ona tili darslarida iqtidorlilikni aniqlash va rivojlantirish modeli strategik modul mazmuniga modifikatsiyalangan topshiriqlarni reprezentatsiyalash, operatsionalizatsiyalash, verifikatsiyalash hamda lingvistik qobiliyatlarni rivojlantirishga proporsional ta’sir etuvchi didaktik komponentlarni qiyosiy aniqlash asosida takomillashtirilganligiga doir xulosalardan AIF-2/17 “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayonini tashkil etishda yangi texnologiyalar” mavzusidagi loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Qarshi davlat universiteti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektorning 2023-yil 5-dekabrdagi 03/4656-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash jarayoni iqtidorlilikni aniqlash va rivojlantirishga doir innovatsion metodikalar bilan boyitilgan;
modifikatsiyalangan topshiriqlar orqali ona tili darslarida iqtidorlilikni aniqlash va rivojlantirish metodikasi differensiatsiya, motivatsiya va realizatsiya bosqichlarida modifikatsiyalangan diagnostik yondashuvlarning integrativ elementlarini ta’limiy maqsadlar mazmuniga mos yoʻnaltirish hamda modifikatsiyalangan rivojlantiruvchi metodikaning tashkiliy-motivatsion tuzilmasiga mantiqiy-fikrlashga unlovchi mashqlarni bosqichma-bosqich kiritish asosida takomillashtirilganligiga doir tajribalardan “Boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish savodxonligini o‘qitishda innovatsion texnologiyalar” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda fodalanilgan (Qarshi davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorining 2024-yil 22-noyabrdagi 04/947-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf ona tili ta’limi jarayoni o‘quvchilar iqtidorini rivojlantirish va diagnostika qilishga doir metodika asosida takomillashtirilishiga muvaffaq bo‘lingan;
modifikatsiyalangan topshiriqlar orqali o‘quvchchilarning lingvistik iqtidorini aniqlash va rivojlantirish metodikasining samaradorligi lingvoiqtidorlilikning xotira mustahkamligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qilishini hisobga olish hamda tinglab tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish, diqqat konsentratsiyasini oshirish va fonetik tushunchalarni shakllantirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilganligiga doir xulosalardan “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 391201-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilar lingvistik iqtidorini aniqlash va rivojlantirish jarayoni samarali modifikatsiyalangan diagnostik metodikalar orqali rivojlantirilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish