Saidova Gavhar Ergashovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Integrativ yondashuv asosida boshlang‘ich ta’limda tarbiya fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3802.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
Ilmiy rahbar: Saidova Mohinur Jonpo‘latovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01. 2020. Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xaydarova Mahliyo Xabibullaevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi integrativ yondashuv asosida boshlang‘ich ta’limda tarbiya fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
integrativ yondashuv asosida boshlang‘ich ta’limda tarbiya fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari kommunikativ munosabatlar samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan axborotlar bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish, zamonaviy modifikatsion texnologiya va metodlarining integratsiyasini ta’minlashga erishish hamda pedagogik jarayonining didaktik tuzilmasini intensivlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
integrativ yondashuv asosida boshlang‘ich ta’limda tarbiya fanini o‘qitish modeli fanning konseptual asoslarini kengaytirishga qaratilgan metodologik yondashuvlar va tamoyillar integrativligini ta’minlash, pedagogik faoliyatda moslashuvchanlik va professional kompetensiyalarini rivojlantirish hamda o‘qituvchilarning davriy va uzlyuksiz metodik tayyorgarligini rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
integrativ yondashuv asosida boshlang‘ich ta’limda tarbiya fanini o‘qitish metodikasi o‘qituvchining tayanch, xususiy va metodik tayyorgarligini faollashtirishga qaratilgan amaliy va metodik loyihalashtirish hamda pedagogik amaliyotdagi tadqiqotchilik faoliyatida treninglar o‘tkazish, muammoli bayon etish, “Keys stadi”, ishchan va rolli o‘yinlar kabi interfaol metodlardan ratsional foydalanish asosida takomillashtirilgan;
integrativ yondashuv asosida boshlang‘ich ta’limda tarbiya fanini o‘qitish samaradorligi motivatsion-qadriyatli, kreativ-jarayonli, izlanishli-integrativ baholash mezonlarini aniqlashtirish, baholash ko‘rsatkichlarini reproduktiv, produktiv va kreativ darajalarga moslashtirish hamda ijtimoiy faoliyat jarayonining to‘g‘ri yo‘naltirilganlik sifati dinamik o‘sishini izchil ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Integrativ yondashuv asosida boshlang‘ich ta’limda tarbiya fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish asosida olingan natijalar
integrativ yondashuv asosida boshlang‘ich ta’limda tarbiya fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari kommunikativ munosabatlar samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan axborotlar bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish, zamonaviy modifikatsion texnologiya va metodlarining integratsiyasini ta’minlashga erishish hamda pedagogik jarayonining didaktik tuzilmasini intensivlashtirish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-son buyrug‘i asosida berilgan 232-209 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada boshlang‘ich ta’limda tarbiya fanini o‘qitishning pedagogik-psixologik xususiyatlari ochib berilgan.
integrativ yondashuv asosida boshlang‘ich ta’limda tarbiya fanini o‘qitish modeli fanning konseptual asoslarini kengaytirishga qaratilgan metodologik yondashuvlar va tamoyillar integrativligini ta’minlash, pedagogik faoliyatda moslashuvchanlik va professional kompetensiyalarini rivojlantirish hamda o‘qituvchilarning davriy va uzlyuksiz metodik tayyorgarligini rivojlantirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-son buyrug‘i asosida berilgan 232-209 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada boshlang‘ich ta’limda tarbiya fanini o‘qitishning metodik tizimi mazmuni kengaytirilgan.
integrativ yondashuv asosida boshlang‘ich ta’limda tarbiya fanini o‘qitish metodikasi o‘qituvchining tayanch, xususiy va metodik tayyorgarligini faollashtirishga qaratilgan amaliy va metodik loyihalashtirish hamda pedagogik amaliyotdagi tadqiqotchilik faoliyatida treninglar o‘tkazish, muammoli bayon etish, “Keys stadi”, ishchan va rolli o‘yinlar kabi interfaol metodlardan ratsional foydalanish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-son buyrug‘i asosida berilgan 232-209 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada integrativ yondashuv asosida boshlang‘ich ta’limda tarbiya fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish samaradorligi oshgan;
integrativ yondashuv asosida boshlang‘ich ta’limda tarbiya fanini o‘qitish samaradorligi motivatsion-qadriyatli, kreativ-jarayonli, izlanishli-integrativ baholash mezonlarini aniqlashtirish, baholash ko‘rsatkichlarini reproduktiv, produktiv va kreativ darajalarga moslashtirish hamda ijtimoiy faoliyat jarayonining to‘g‘ri yo‘naltirilganlik sifati dinamik o‘sishini izchil ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-son buyrug‘i asosida berilgan 232-209 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada Integrativ yondashuv asosida boshlang‘ich ta’limda tarbiya fanini o‘qitishning samaradorligini ta’minlovchi baholash mezonlari va ko‘rsatkishlarini takomillashtirishga erishilgan.