Xuramova Farangiz Uchqun qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Talabalarning tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishda mobil texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish (“Muhandislik dasturlari” fani misolida)”, 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika) ixtisosligi bo‘yicha, (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8364.
Ilmiy rahbar: Eshonqulov Sherzod Ummatovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax Politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.26/27.02.2020.T.109.01.
Rasmiy opponentlar: Tuxtaeva Zebo Sharafovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Aliqulov Salohiddin Turdimurodovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi  tashkilot:  Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Talabalarning tadqiqotchilik ko‘nikmasini mobil texnologiyalar asosida rivojlantirish metodikasi ishlab chiqish, nazariy jihatdan asoslash va amaliyotga joriy etishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mobil texnologiyalarning zamonaviy imkoniyatlari asosida talabalarning tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari LMS, JavaScript, HTML, CCS3 interaktiv platformalar vositasida, talabalarning tadqiqotchilik ko‘nikmasini faollashtirishning didaktik shart-sharoitlari mazmuni tanqidiy tafakkur elementlarini yaxlit uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
mobil texnologiyalarning asosida talabalarning tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik modeli maqsaddan natijaga yo‘naltirilgan bashoratlash funksiyasini ta’limni boshqarishning omillar, kasbiy rivojlanishda tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish bosqichlarihamda ta’limning aloqadorlik va uzviylik, kasbga yo‘naltirganlik tamoyillari asosida rivojlanishini algoritmik tizimlashtirish natijasida ishlab chiqilgan;
mobil texnologiyalarning zamonaviy imkoniyatlari asosida talabalarning tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasining mazmuni M-learning texnologiyasi imkoniyatlarini axborot manbalarini tahlil qilish, “Web Quest” texnologiyasi, “Assesment”, “Tushunchalar tahlili”, mobil viktorina kabi zamonaviy metodlarining integrativ elementlarini manzilli uyg‘unlashtirish hamda alternativ ta’lim texnologiyalaridan foydalanishga ustuvorlik berish orqali takomillashtirildi;
kompleks pedagogik tajribalar va tadqiqotchilik topshiriqlarni mobil modellashtirish asosida talabalardatadqiqotchilik ko‘nikmasini rivojlanganlik darajalarini baholash mezonlari (reproduktiv, variativ, kreativ) hodisalar, tushunchalar, dalillar orasidagi ichki aloqalar, nazariy qoidalar bilan mantiqiy topshiriqlarni bajarish o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqliklarni o‘rnatish orqali optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning tadqiqotchilik ko‘nikmasini mobil texnologiyalar asosida rivojlantirish metodikasi ishlab chiqish, nazariy jihatdan asoslash va amaliyotga joriy etish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
mobil texnologiyalarning zamonaviy imkoniyatlari asosida talabalarning tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari LMS, JavaScript, HTML, CCS3 interaktiv platformalar vositasida, talabalarning tadqiqotchilik ko‘nikmasini faollashtirishning didaktik shart-sharoitlariga oid takliflardan texnika yo‘nalishi talabalari uchun “Muhandislik dasturlari” nomli darslik ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 7 maydagi149-son buyrug‘i, №149137 raqamli guvohnoma). Mazkur darslik oliy ta’lim muassasalari texnika yo‘nalishlarida o‘quv jarayonini yagona yondashuv asosida tashkil etish, oliy ta’lim myassasalarida ixtisoslik fanlarni o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
mobil texnologiyalarning asosida talabalarning tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik modeli maqsaddan natijaga yo‘naltirilgan bashoratlash funksiyasini ta’limni boshqarishning omillar, kasbiy rivojlanishda tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish bosqichlarihamda ta’limning aloqadorlik va uzviylik, kasbga yo‘naltirganlik tamoyillari asosida rivojlanishini algoritmik tizimlashtirishga oid takliflardan texnika yo‘nalishi talabalari uchun “Informatsionnie texnologii v stroitel`stve” nomli darslik ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 27 martdagi 68-son buyrug‘i, № 68-694 raqamli guvohnoma). Mazkur darslik oliy ta’lim muassasalari texnika yo‘nalishlarida o‘quv jarayonini yagona yondashuv asosida tashkil etish, oliy ta’lim myassasalarida ixtisoslik fanlarni o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
mobil texnologiyalarning zamonaviy imkoniyatlari asosida talabalarning tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasining mazmuni M-learning texnologiyasi imkoniyatlarini axborot manbalarini tahlil qilish, “Web Quest” texnologiyasi, “Assesment”, “Tushunchalar tahlili”, mobil viktorina kabi zamonaviy metodlarining integrativ elementlarini manzilli uyg‘unlashtirish hamda alternativ ta’lim texnologiyalaridan foydalanishga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan “Talabalarning tadqiqotchilik ko‘nikmasini mobil texnologiyalar asosida rivojlantirish metodikasi” nomli metodik qo‘llanma va mazmuniga singdirilgan. (Oliy ta’lim, fan innovatsiyalar vazirligi huzuridagi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazining 2024-yil 8-fevraldagi 02/01-01-15-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv-metodik ta’minot talabalarini tadqiqotchilik topshiriqlarni mobil texnologiyalar asosida mustaqil hal qilishi uchun uning didaktik imkoniyatlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.
kompleks pedagogik tajribalar va tadqiqotchilik topshiriqlarni mobil modellashtirish asosida talabalardatadqiqotchilik ko‘nikmasini rivojlanganlik darajalarini baholash mezonlari (reproduktiv, variativ, kreativ) hodisalar, tushunchalar, dalillar orasidagi ichki aloqalar, nazariy qoidalar bilan mantiqiy topshiriqlarni bajarish o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqliklarni o‘rnatish orqali optimallashtirish natijasida ishlab chiqishga doir takliflardan Jizzax politexnika instituti ilmiy tadqiqotlar rejasining “AIF 1/4-Kasb-hunarga yo’naltirilgan markaz va elektronika bo’yicha qo’shma o’quv laboratoriya yaratish” (2019-2021 yy.)” mavzusidagi xalqaro loyihasida foydalanilgan. Natijada ishlab chiqilgan baholash mezonlari talabalarning tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish