Karimova Nargiza Axmadjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Insul`t o‘tkazgan bolalarning hayot sifatini baholash va reabilitatsiyasi», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4565.
Ilmiy rahbar: Saidazizova Shaxlo Xibziddinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Raximbaeva Gulnora Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalarda insul`t oqibatlarida zararlanish o‘chog‘ining joylashuvini hisobga olgan holda hayot sifatini baholash, reabilitatsiya choralari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
insul`t o‘tkazgan bolalarda hayot sifatiga ta’sir qiluvchi noxush omillar ichida ijtimoiy omillar (oila, ota-onalarning maqomi va yoshi, ta’lim darajasi va bolaning kasalligiga munosabati) ustuvorligi isbotlangan;
insul`t o‘tkazgan bolalar bosh miyasining kortikal va subkortikal soxalaridagi struktur o‘zgarishlar bilan klinik belgilari orasida korrelyasiya qilmaganligi sababli tiklanish prognozini belgilashda asosiy omil bo‘la olmasligi aniqlangan;
insul`t o‘tqazgan bolalar yoshiga moslashtirilgan kundalik faollik faoliyat turlarini baxolash orqali bosh miya qon aylanishi buzilishining tiklanish dinamikasi aniqlangan;
ilk bor insul`t o‘tkazgan bolalarda chap tomonlama miya o‘choqlarida tiklanish darajasi o‘ng tomon o‘choqlariga nisbatan baland ekanligini xisobga olib PSOM-SNE va Bartel shkalalarini ishlatish orqali personallashtirilgan reabilitatsiya chora tadbirlari optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Insul`t o‘tkazgan bolalarning hayot sifatini baholash va reabilitatsiya bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: insul`t o‘tkazgan bolalarda hayot sifatiga ta’sir qiluvchi noxush omillar ichida ijtimoiy omillar (oila, ota-onalarning maqomi va yoshi, ta’lim darajasi va bolaning kasalligiga munosabati) ustuvorligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Tibbiyot xodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish markazining 2024 yil 9 sentyabrdagi Olimlar kengashining 42 son bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Insul`t oqibatlari bo‘lgan bolalarda reabilitatsiya samaradorligini baholash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif U.K. Qurbonov nomidagi bolalar psixonevrologiya kasalxonasining 2024 yil 20 sentyabrdagi 348-sonli buyrug‘i va 2024 yil 12 sentyabrdagi Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 1-K buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorlik:insul`t o‘tkazgan bolalarda hayot sifatiga ta’sir qiluvchi noxush omillar ichida ijtimoiy omillar (oila, ota-onalarning maqomi va yoshi, ta’lim darajasi va bolaning kasalligiga munosabati) ko‘proq ahamiyatli bo‘lganligi bemorlarning reabilitatsiya rejasini maqsadli ravishda tuzishga, bolalardagi insul`t natijalarini aniqlashtirishga imkon beradi. Bu esa bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorlik: insul`t bilan kasallangan bolalarning hayot sifatiga noxush ta’sir qiluvchi omillarga ko‘proq ahamiyat berilsa, ularning reabilitatsiya chora tadbirlarini belgilash osonlashadi va optimallashtiriladi. Bu narsa og‘ir bemorlar parvarishiga ketadigan davlat harajatlarni kamaytiradi, bemorlar orasidagi nogironlik ko‘rsatkichi kamayadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: neyroradiologik tekshiruv natijalari insul`t o‘tkazgan bolalar klinik belgilari bilan korrelyasiya qilmaganligi sababli tiklanish prognozini belgilashda asosiy omil bo‘la olmasligi aniqlanganligi Tibbiyot xodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish markazining 2024 yil 9 sentyabrdagi Olimlar kengashining 42 son bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Insul`t oqibatlari bo‘lgan bolalarda reabilitatsiya samaradorligini baholash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Olingan natijalar U.K. Qurbonov nomidagi bolalar psixonevrologiya kasalxonasining 2024 yil 20 sentyabrdagi 348-sonli buyrug‘i va 2024 yil 12 sentyabrdagi Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 1-K buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorlik:neyroradiologik tekshiruv (MRT\MSKT/natijalari insul`t o‘tkazgan bolalar klinik belgilari bilan korrelyasiya bo‘lmaganligi bemorlarda maqsadli kompleks reabilitatsiya tadbirlarini ishlab chiqishda ahamiyatli bo‘lgan, ularda kelgusida nogironlik darajasini belgilashga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorlik: neyroradiologik tekshiruv natijalari bilan insul`t o‘tkazgan bolalarning klinik belgilari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlikning yo‘qligi reabilitatsion prognozni bashoratlashda asosiy omil bo‘lolmasligi aniqlangan. Bu esa bemorlarning kasalxonalarda davolanish muddatlarini belgilashga yordam bergan
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor bolalar yoshiga moslashtirilgan Bartel kundalik faollik shkalasi insul`t natijalarini aniqlash ko‘rsatkichi sifatida taklif etilgan. Taklif Tibbiyot xodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish markazining 2024 yil 9 sentyabrdagi Olimlar kengashining 42 son bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Insul`t oqibatlari bo‘lgan bolalarda reabilitatsiya samaradorligini baholash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif U. K. Qurbonov nomidagi bolalar psixonevrologiya kasalxonasining 2024 yil 20 sentyabrdagi 348-sonli buyrug‘i va 2024 yil 12 sentyabrdagi Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 1-K buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorlik: Bartelning kundalik faoliyatni baholash shkalasi shifokorlarga terapevtik aralashuvni yanada mos ravishda tanlash imkon berdi, insul`tli bemorlar tiklanish potensialini, ulardagi motor,kognitiv, nutq buzilishi tufayli kommunikativ muammolarni yaxshilab, reabilitatsiya bosqichlarini takomillashtirilgani va nogironlik darajasini kamaytirgani uchun samarali hisoblanadi. Iqtisodiy samaradorlik: ushbu shkalani amaliy qo‘llash U.K. Qurbonov nomidagi bolalar psixonevrologiya kasalxonasida kuniga 600000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka (samaradorlik koeffisienti 57,3%) erishishga, Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida esa har bir bemor uchun 608000 so‘mga erishishga yordam berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor insul`t o‘tkazgan bolalarda chap tomonlama miya o‘choqlarida tiklanish darajasi o‘ng tomon o‘choqlariga nisbatan baland ekanligini xisobga olib, PSOM-SNE va Bartel shkalalarini ishlatish orqali personallashtirilgan reabilitatsiya chora tadbirlari optimallashtirilganligi bo‘yicha takliflar Tibbiyot xodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish markazining 2024 yil 9 sentyabrdagi Olimlar kengashining 42 son bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Insul`t oqibatlari bo‘lgan bolalarda reabilitatsiya samaradorligini baholash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif U. K. Qurbonov nomidagi bolalar psixonevrologiya kasalxonasining 2024 yil 20 sentyabrdagi 348-sonli buyrug‘i va 2024 yil 12 sentyabrdagi Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 1-K buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etildi Ijtimoiy samaradorlik: insul`tga uchragan bemorlarning funksional faoliyatini va kasallikning oqibatlarini baholash shkalalari insul`tli bemorlardagi o‘choqning joylashishiga bog‘liq holda personallashtirilgan reabilitatsiya chora tadbirlari optimallashtirgani, o‘choq joylashuviga qarab, maqsadli fizioterapevtik tadbirlarni samarali qo‘llashga yordam bergani va nogironlik darajasini kamaytirgani uchun samarali hisoblanadi. Iqtisodiy samaradorlik: insul`t o‘tkazgan bolalarga moslashtirilgan Bartel va PSOM-SNE shkalalaridan foydalanish insul`tning og‘ir asoratlarini oldini olishda, zararlangan o‘choq tomonga qaratilgan maqsadli kompleks reabilitatsiya tadbirlari muddatlarini qisqartirib, kasalxonada yoki reabilitatsiya klinikalarida yotish muddatlarini qisqartirishga olib keldi. Bu esa. og‘ir bemorlar parvarishiga ketadigan davlat harajatlarni kamaytirishda iqtisodiy samara beradi. Natijada, U.K. Qurbonov nomidagi bolalar psixonevrologiya kasalxonasida byudjet mablag‘larining iqtisodiy samaradorligi kuniga 600000 so‘mni (samaradorlik koeffisienti 57,3%) Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida esa 608000 sum (samaradorlik koeffisienti 81,18%) tashkil etdi.