Sadikova Shaxboza Shaxobiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Turli  yoshdagi ayollarda alkogolsiz yog‘li jigar kasalligini tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish» 14.00.05 - Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1. PhD/Tib2400.
Ilmiy rahbar: Agababyan Irina Rubenovna, tibbiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali, PhD 04/30.09.2020.Tib.123.01.
Rasmiy opponentlar: Nurbaev Farmon Ergashovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Xamrabaeva Firuza Ibragimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiet instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:  insulinga rezistentligi bor alkogolsiz yog‘li jigar kasalligi kuzatilgan bemorlarda fibrozni oldini olish uchun glyukagonsimon peptid-1 (GSP-1) reseptor agonistlari bilan davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor insulinga rezistentlik, I va II darajali semizlik kuzatilgan fertil yoshdagi ayollarda dislipidemiya (umumiy xolesterin, past zichlikdagi lipoproteidlarni oshganligi, yuqori zichlikdagi lipoproteidlarni kamayganligi),  me’yordagi ALT va AST ko‘rsatkichlarida jigar steatozi aniqlangan;
ilk bor perimenopauzal yoshdagi ayollarda dislipidemiyadan tashqari  steatogepatit rivojlanganligini tasdiqlovchi transaminazalarning keskin oshishi aniqlangan;
turli yoshdagi ayollarda tana vazni indeksi va umumiy xolesterin o‘rtasida kuchli musbat korrelyasion bog‘liqlik borligi aniqlangan, GSP agonisti qabul qilish natijasida transaminazalar miqdori me’yorga kaytishi isbotlangan;
fertil va perimenopauzal yoshdagi ayollarda (komorbid holatlar,  arterial gipertenziyada) liraglutidni 2,4 mg dan xaftasiga  1 marta 6 oy qabul qilganda tana vazni indeksining pasayishi, qonda lipidlar miqdorini me’yoriga qaytishi, insulinga rezistentlikning susayishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Turli  yoshdagi ayollarda alkogolsiz yog‘li jigar kasalligini tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish buyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor insulinga rezistentlik, I va II darajali semizlik kuzatilgan fertil yoshdagi ayollarda dislipidemiya (umumiy xolesterin 10%, past zichlikdagi lipoproteidlarni 6,6% oshganligi, yuqori zichlikdagi lipoproteidlarni 3,2%  kamayganligi),  me’yordagi ALT va AST ko‘rsatkichlarida jigar steatozi aniqlanganligi Navoiy Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2024 yil 7 oktyabrdagi 54-son buyrug‘i va Samarkand Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2024 yil 4 oktyabrdagi 370-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil  15 yanvardagi 11-sonli yig‘ilish bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: fertil (25-44) yoshdagi ayollarda jigarning alkogolsiz yog‘li kasalligining o‘z vaqtida oldini olish maqsadida jigarning alkogolsiz yog‘li kasalliklarining rivojlanishini diagnostika qilishga qaratilgan standart laborator va instrumental tekshirish kabi bir qator chora-tadbirlar ishlab chiqildi va amaliyotga tadbiq etildi. Iqtisodiy samaradorlik: ambulator bosqichda dori-darmonlarni qabul qilishning kamayishi hisobiga har bir bemor uchun AYoJK diagnostikasi va davolash algoritmining tejalishi o‘rtacha 924 ming so‘mni, an’anaviy davolashda esa o‘rtacha 1325 ming so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 1,6 barobar kam bo‘lib, 401 ming so‘m iqtisod qilinganligini isbotlaydi. Mablag‘ning tejalishi statsionarda davolanish muddatini kamaytirdi, shu asosda tibbiy xizmatga sarflanadigan mablag‘ni tejalishi ga erishilgan. Xulosa: fertil yoshdagi ayollarda AYoJK rivojlanish xavfini diagnostika qilish asosida klinik-anamnestik, klinik-terapevtik, klinik-instrumental va laboratoriya ma’lumotlarini kompleks tizimli baholash insulinga rezistentlik hamda keyinchalik  AYoJK ni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlashga imkon berdi, bular 25-44 yosh ayollarga xos kasalliklar semizlik tufayli yuzaga kelishini isbotladi. 
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor perimenopauzal yoshdagi ayollarda dislipidemiyadan tashqari  steatogepatit rivojlanganligini tasdiqlovchi transaminazalarning keskin oshishi aniqlanganligi Navoiy Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2024 yil 7 oktyabrdagi 54-son buyrug‘i va Samarkand Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2024 yil 4 oktyabrdagi 370-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil  15 yanvardagi 11-sonli yig‘ilish bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi:  perimenopauzal (45-59) yoshdagi ayollarda jigarning alkogolsiz yog‘li kasalliklarini kompleks davolash fonida GSP-1 agonistini liraglutidning haftada bir marta 2,4 mg dozada uzoq muddat qabul qilish davomida klinik, funksional va laboratoriya o‘zgarishlarini qiyosiy tahlil qilish orqali yurak-qon tomir tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatganligi va preparatning kardioprotektorlik xususiyati aniqlanganligi isbotlangan. Iqtisodiy samaradorlik: kasalxonada bo‘lish muddatini 2 kunga qisqarganligi sababli kam dori-darmonlar ishlatilgan va  300000 so‘m (kuniga o‘rtacha 150000 so‘m dori-darmonga sarflanadi) tejalishiga erishilgan. Xulosa: 6 oylik GSP-1 agonisti liraglutid bilan davolanishdan so‘ng jigar fermentlarining biokimyoviy ko‘rsatkichlari sezilarli darajada kamaydi. Jigar steatozi tashxisi qo‘yilgan bemorlarda bir yil davomida kompleks terapiyadan so‘ng jigarning morfologik ko‘rinishi fibroelastografiyada  Metavir bo‘yicha ijobiy o‘zgarishlarga olib keldi. AYoJK va semizlik bilan og‘rigan bemorlarda liraglutid (2,4 mg) bilan davolash simptomlar va jismoniy cheklovlarning ko‘proq kamayishiga, shuningdek, nazorat guruhiga qaraganda jismoniy faollikning yaxshilanishiga va ko‘proq vazn yo‘qotishiga imkon yaratadi. 
uchinchi ilmiy yangilik: turli yoshdagi ayollarda tana vazni indeksi va umumiy xolesterin o‘rtasida kuchli musbat korrelyasion bog‘liqlik borligi aniqlangan bo‘lib, GSP agonisti qabul qilish natijasida transaminazalar miqdori me’yorga kaytishi isbotlanganligi Navoiy Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2024 yil 7 oktyabrdagi 54-son buyrug‘i va Samarkand Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2024 yil 4 oktyabrdagi 370-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil  15 yanvardagi 11-sonli yig‘ilish bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: fertil va perimenopauzal yoshdagi ayollarda jigarning alkogolsiz yog‘li kasalliklarini liraglutid bilan haftada bir marta 2,4 mg dozada uzoq muddat davolanish fonida va jismoniy mashqlar, gipokaloriyali parhezga rioya qilganlik natijasida klinik, funksional va laboratoriya o‘zgarishlarini qiyosiy tahlil qilish orqali visseral yog‘ning fertil yoshdagi ayollarda 7%; perimenopauzal yoshdagi ayollarda 5% ga kamayishi, tana vazn indeksini ikkala guruxda 8,82% va 17,3%ga pasayishi; fibroelastografiyada davolashdan so‘ng Metavir klassifikatsiyasi bo‘yicha F2-F1; F1-F0 ijobiy o‘zgarish, shuningdek lipidogramma tahlilida ijobiy natijalar ikkala guruhda kuzatildi. Iqtisodiy samaradorlik quyidagilardan iborat: 6 oy davomida nazoratda bo‘lgan AYoJK kuzatilgan bemorlarning statsionarda yotoq kunlari 1,5-2,0 kunga kamaydi, bu 1 bemordan mos ravishda 268000-354000 so‘m davlat byudjeti mablag‘larini iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: turli yoshdagi ayollarda AYoJK rivojlanish xavfini diagnostika qilish asosida klinik-anamnestik, klinik-terapevtik, laboratoriya ma’lumotlarini kompleks tizimli baholash insulinga rezistentlik hamda AYoJKga xarakterli omillarni aniqlashga imkon berdi, bular 25-59 yosh ayollarga xos dislipidemik kasalliklar tana vaznining ortiqligi tufayli yuzaga kelishini ko‘rsatadi. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik:  fertil va perimenopauzal yoshdagi ayollarda (komorbid holatlar,  arterial gipertenziyada) liraglutidni 2,4 mg dan xaftasiga  1 marta 6 oy qabul qilganda tana vazni indeksining pasayishi, qonda lipidlar miqdorini me’yoriga qaytishi, insulinga rezistentlikning susayishi aniqlanganligi Navoiy Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2024 yil 7 oktyabrdagi 54-son buyrug‘i va Samarkand Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 2024 yil 4 oktyabrdagi 370-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil  15 yanvardagi 11-sonli yig‘ilish bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: GSP-1 agonisti liraglutid bilan 6 oylik davolanishni gipokaloriyali parhez va jismoniy mashqlar bilan birgalikda olib borilganda bemor ayollarning nafaqat laborator, balki instrumental tekshiruv natijalarida ham ijobiy natijalarga erishildi. Umumiy yog‘ miqdori 7%; visseral yog‘ 5%ga kamaydi; TVI 17,3%ga kamaygani isbotlandi. Gipokaloriyali parhez sifatida ratsionga meva va sabzavotlarga va to‘yinmagan yog‘larga boy ovqatlanish tarzi, shuningdek, engil uglevodlarni ratsiondan istisno qilgan holda davolanishning samaradorligi aniqlandi. Iqtisodiy samaradorlik: liraglutidni 6 oy qo‘llash hisobiga AYoJK kuzatilgan bemorlarni oilaviy poliklinikaga  murojaatlari sonini kamaytirdi. Bu o‘z navbatida bemorlarni poliklinikaga qatnovi uchun 1 kunlik 40000 sarflansa, 10 nafar bemorga 400000 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: turli yoshdagi ayollarda AYoJK rivojlanish xavfini diagnostika qilish asosida standart instrumental tekshirish usullari, xususan bioimpedansmetriya va fibroelastografiya ma’lumotlarini kompleks tizimli baholash, semizlik tufayli jigar gepatozi bo‘lgan AYoJK ga xarakterli omillarni aniqlashga imkon berdi, bular 25-59 yosh ayollarga xos kasalliklar, xususan tuxumdonlar polikistozi, yurak etishmovchiligi va AYoJK kasalliklari semizlik tufayli yuzaga kelishini aniqlab berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish