Oqboev Alisher Rasuljanovichning
iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tadbirkorlik subektlarining eksport faoliyatida xalqaro standartlarni joriy etishning metodologik asoslarini takomillashtirish (Farg‘ona vodiysidagi to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari misolida)”, 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Iqt899
Ilmiy rahbar: Muxitdinov Shuxrat Ziyavitdinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti (sobiq Namangan muhandislik-texnologiya instituti). PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Kasimova Fotima Tulkinovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Suyunov Dilmurod Xolmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xonkeldieva Guzal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tadbirkorlik subektlarining eksport faoliyatida xalqaro standartlarni joriy etishning metodologik asoslarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “xalqaro standartlarni joriy etish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish, mahsulot sifati va raqobatbardoshligini oshirish, eksport salohiyatini mustahkamlash, investision jozibadorlikni oshirish hamda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash jarayonlarining texnologik, moliyaviy, innovatsion, mehnat va ekologik munosabatlar tizimi bilan uzviy bog‘liqligi jihatidan takomillashtirilgan;
tadbirkorlik subektlari faoliyatida xalqaro standartlarni joriy etish samaradorligini baholash metodologiyasi moliyaviy (Ms), ishlab chiqarish (Is), sifat (Ss), bozor (Bs), xodimlar (Xs), innovatsiya (Is), eksport (Es) samaradorligini umumlashtiruvchi umumiy samaradorlik indeksining “optimal daraja” (0,7 ≤ USIopt. ≤ 1,0), “me’yoriy daraja” (0,5 ≤ USIme’yor. < 0,7), “barqaror daraja” (0,3 ≤ USIbarq. < 0,5), “minimal daraja” (0,1 ≤ USImin. < 0,3) va “kritik daraja” (0 ≤ USIkrit. < 0,1) chegaraviy qiymatlari asosida takomillashtirilgan;
hududlardagi tadbirkorlik faoliyatining xalqaro bozorlardagi raqobatbardoshligini aniqlash hamda xalqaro standartlarni manzilli joriy etish maqsadida ularning eksport salohiyatini “sanoat raqobatbardoshligini baholash (SRB)” usuli asosida “strategik ustunlik”(1,0 - 0,8), “barqaror pozisiya” (0,79 - 0,6), “moslashuvchan rivojlanish” (0,59 - 0,4), “cheklangan raqobatbardoshlik” (0,39 - 0,2) va “kritik holat” (0,19 - 0,0) mezon chegaralarida eksport raqobatbardoshligini baholash taklifi asoslangan;
tadbirkorlik subektlarining eksport faoliyatini samarali boshqarish, xalqaro talablar bilan uyg‘unlashuv darajasini oshirish hamda raqobatbardoshlikni oshirishda xalqaro standartlarni joriy etish jarayonini “GSP+” tizimi doirasida kumulyasiya va tolling qoidalari asosida optimallashtirish modeli ishlab chiqilgan;
Farg‘ona vodiysi viloyatlarining to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati eksport hajmini unga ta’sir etuvchi omillarni inobatga olgan holda 2030-yilga qadar rivojlanishining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadbirkorlik subektlarining eksport faoliyatida xalqaro standartlarni joriy etishning metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy va amaliy takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “xalqaro standartlarni joriy etish” tushunchasining iqtisodiy mazmunini ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish, mahsulot sifati va raqobatbardoshligini oshirish, eksport salohiyatini mustahkamlash, investision jozibadorlikni oshirish hamda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash jarayonlarining texnologik, moliyaviy, innovatsion, mehnat va ekologik munosabatlar tizimi bilan uzviy bog‘liqligi jihatidan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Biznesni tadqiq etish usullar” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27 dekabrdagi 485-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda tadbirkorlik subektlarining raqobatbardoshligi va eksport faoliyatini oshirishda xalqaro standartlarni joriy etish tushunchasi yuzasidan nazariy bilimlarni yanada kengaytirish imkoni yaratilgan;
tadbirkorlik subektlari faoliyatida xalqaro standartlarni joriy etish samaradorligini baholash metodologiyasi moliyaviy (Ms), ishlab chiqarish (Is), sifat (Ss), bozor (Bs), xodimlar (Xs), innovatsiya (Is), eksport (Es) samaradorligini umumlashtiruvchi umumiy samaradorlik indeksining “optimal daraja” (0,7 ≤ USIopt. ≤ 1,0), “me’yoriy daraja” (0,5 ≤ USIme’yor. < 0,7), “barqaror daraja” (0,3 ≤ USIbarq. < 0,5), “minimal daraja” (0,1 ≤ USImin. < 0,3) va “kritik daraja” (0 ≤ USIkrit. < 0,1) chegaraviy qiymatlari asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Farg‘ona vodiysi viloyatlarida tadbirkorlik subektlarining eksport faoliyatini rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 16-maydagi 03-07-22-5270-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida xalqaro standartlarni joriy etish samaradorligini baholash metodologiyasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatida muvaffaqiyatli qo‘llanilib, ushbu yondashuvni joriy etish tadbirkorlik subektlarining moliyaviy barqarorligini 18,1%ga, ishlab chiqarish samaradorligini 16,4%ga oshirish bilan birga, eksport hajmining 25,8%ga o‘sishiga zamin yaratgan;
hududlardagi tadbirkorlik faoliyatining xalqaro bozorlardagi raqobatbardoshligini aniqlash hamda xalqaro standartlarni manzilli joriy etish maqsadida ularning eksport salohiyatini “sanoat raqobatbardoshligini baholash (SRB)” usuli asosida “strategik ustunlik”(1,0 - 0,8), “barqaror pozisiya” (0,79 - 0,6), “moslashuvchan rivojlanish” (0,59 - 0,4), “cheklangan raqobatbardoshlik” (0,39 - 0,2) va “kritik holat” (0,19 - 0,0) mezon chegaralarida eksport raqobatbardoshligini baholash taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 16-maydagi 03-07-22-5270-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida viloyatlar hududlaridagi tadbirkorlik subektlarining xalqaro bozorlardagi raqobatbardoshligini baholash hamda xalqaro standartlarni manzilli joriy etish imkoni yaratilib, ushbu yondashuv asosida ishlab chiqilgan baholash mezonlari “Tadbirkorlik subektlarining eksport salohiyatini oshirishning hududiy dasturi”ni shakllantirish jarayonida qo‘llanilib, natijada eksport salohiyatini ilmiy asosda tahlil qilish va tadbirkorlik subektlari bilan manzilli ishlash imkoni yaratilgan;
tadbirkorlik subektlarining eksport faoliyatini samarali boshqarish, xalqaro talablar bilan uyg‘unlashuv darajasini oshirish hamda raqobatbardoshlikni oshirishda xalqaro standartlarni joriy etish jarayonini “GSP+” tizimi doirasida kumulyasiya va tolling qoidalari asosida ishlab chiqilgan optimallashtirish modeli O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 16-maydagi 03-07-22-5270-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy qilish natijasida Savdo-sanoat palatasi tarkibidagi tadbirkorlik subektlari o‘z mahsulotlarini xalqaro standartlarga mos ravishda optimallashtirish orqali boj imtiyozlaridan samarali foydalanish va yangi tashqi bozor segmentlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lib, buning natijasida milliy ishlab chiqaruvchilarning eksport faoliyatini rivojlantirish, ularning global bozordagi raqobatbardoshligini oshirish va xalqaro integratsiya jarayonlarini jadallashtirishga zamin yaratilgan;
Farg‘ona vodiysi viloyatlarining to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati eksport hajmini unga ta’sir etuvchi omillarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan 2030-yilga qadar rivojlanishining prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Farg‘ona vodiysi viloyatlarida tadbirkorlik subektlarining eksport faoliyatini rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 16-maydagi 03-07-22-5270-sonli ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tarkibidagi yirik tadbirkorlik subektlari uchun 2030-yilgacha eksport hajmini oshirish bo‘yicha strategik “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, ushbu yondashuv mintaqaning to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida eksport faoliyatining ilmiy asoslangan rejalashtirilishini ta’minlab, samaradorlikni oshirish va xalqaro bozorlarga integratsiyalashuv jarayonlarini jadallashtirishga zamin yaratgan.