Yorqulov Umidjon Muzaffar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasida islomiy moliya industriyasining qo‘llab-quvvatlovchi infratuzilmasini shakllantirish va rivojlantirish (formirovanie i razvitie podderjivayushhey infrastrukturi industrii Islamskix finansov v Respublike Uzbekistan)”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4710.
Ilmiy rahbar: Salimov Baxtiyor Tadjievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Xalqaro Nordik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/29.12.2022.I.157.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Tolipova Baxtigul Farxadovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Tursunov Anvar Sultonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent;
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida islomiy moliya industriyasining qo‘llab-quvvatlovchi infratuzilmasini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
islomiy moliya industriyasini qo‘llab-quvvatlovchi infratuzilmasining asosiy komponentlari sifatida ekspert so‘rovnomasi asosida «o‘ta kam ahamiyatli» «kam ahamiyatli», «o‘rtacha ahamiyatli» «etarlicha ahamiyatli», «o‘ta ahamiyatli» me’zonlarga ko‘ra baholash orqali «hukumat qo‘llovi», «qonunchilik asosi», «soliq rejimi», «shariat boshqaruvi tizimi», «normativ asos» komponentlarining ahamiyatliligi aniqlangan;
mavjud islomiy moliya infratuzilmasining etarliligini baholash va monitoring qilishda islomiy bank va Islomiy mikromoliya sektorlari uchun qo‘llab-quvvatlovchi infratuzilmani shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlar va harakatlarni aniqlash yuzasidan IF-MAP (Islomiy moliya strategik xaritalash tizimi) metodologiyasiga muvofiq ishlab chiqilgan «monitoring-cheklist» instrumentidan foydalanish taklifi ilmiy asoslangan;
makrodarajada islomiy moliya bozori hajmi o‘zgarishiga ta’sir etuvchi «tartibga solish», «barqarorlik», «bilimdonlik», «xabardorlik» omillariga ko‘ra islomiy moliya industriyasining islomiy moliya standartlariga muvofiqlik asoslarini takomillashtirish orqali islomiy moliya bozori hajmini oshirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
islomiy ijara shartnomasining shartlariga rioya etmaganligi natijasida islomiy ijara obekti nobud bo‘lsa xalqaro AAOIFI 9-sonli Shariat standarti «Ijara va ijara muntahiya bittamlik»ga muvofiq «Mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlarni ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida»gi nizomda islomiy ijara shartnomasining shartlariga rioya etmaganligidan kelib chiqadigan javobgarlikni mijozda bo‘lishini belgilash taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasida islomiy moliya industriyasining qo‘llab-quvvatlovchi infratuzilmasini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
islomiy moliya industriyasini qo‘llab-quvvatlovchi infratuzilmasining asosiy komponentlari sifatida ekspert so‘rovnomasi asosida «o‘ta kam ahamiyatli» «kam ahamiyatli», «o‘rtacha ahamiyatli» «etarlicha ahamiyatli», «o‘ta ahamiyatli» me’zonlarga ko‘ra baholash orqali «hukumat qo‘llovi», «qonunchilik asosi», «soliq rejimi», «shariat boshqaruvi tizimi», «normativ asos» komponentlarining ahamiyatliligini aniqlash asosida bergan takliflari “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekistonda Islomiy bank faoliyatini joriy qilishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2025 yil 21 apreldagi 37-13/116-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi natijasida Islom Taraqqiyot Banki tomonidan ishlab chiqilgan “Islomiy moliyani xaritalash tizimi” metodologiyasi va amaliyotlariga muvofiq islomiy bank va islomiy mikromoliya faoliyatlarini tartibga solish asoslarini takomillashtirish imkoniyati yaratilgan;
mavjud islomiy moliya infratuzilmasining etarliligini baholash va monitoring qilishda islomiy bank va islomiy mikromoliya sektorlari uchun qo‘llab-quvvatlovchi infratuzilmani shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlar va harakatlarni aniqlash yuzasidan IF-MAP (Islomiy moliya strategik xaritalash tizimi) metodologiyasiga muvofiq ishlab chiqilgan «monitoring-cheklist» instrumentidan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan islomiy bank faoliyati uchun zarur infratuzilmani (normativ-huquqiy asoslar, islomiy investisiyaviy depozitlarni kafolatlash mexanizmi, likvidlikni boshqarish instrumentlari va boshqalar) shakllantirishga qaratilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy qilishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2025 yil 21 apreldagi 37-13/116-son ma’lumotnomasi). Natijada, mavjud islomiy moliya infratuzilmasining etarliligini baholash va monitoring qilish asoslari yaratilgan;
makrodarajada mamlakatda islomiy moliya bozori hajmi o‘zgarishiga ta’sir etuvchi «tartibga solish», «barqarorlik», «bilimdonlik», «xabardorlik» omillariga ko‘ra islomiy moliya industriyasining islomiy moliya standartlariga muvofiqlik asoslarini takomillashtirish orqali islomiy moliya bozori hajmini oshirishning maqsadga muvofiqligini asoslash bo‘yicha bergan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan islomiy moliya bozorini rivojlantirishga qaratilgan siyosatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2025 yil 21 apreldagi 37-13/116-son ma’lumotnomasi). Mazkur ekonometrik tahlil natijalari asosida mamlakatda islomiy moliya uchun qonunchilik va boshqaruv asoslarining 10 foizga yaxshilanishi islomiy moliya bozori hajmining 9,25 foizga oshishiga olib kelishi aniqlangan;
islomiy ijara shartnomasining shartlariga rioya etmaganligi natijasida islomiy ijara obekti nobud bo‘lsa xalqaro AAOIFI 9-sonli Shariat standarti «Ijara va ijara muntahiya bittamlik»ga muvofiq «Mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlarni ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida»gi nizomda islomiy ijara shartnomasining shartlariga rioya etmaganligidan kelib chiqadigan javobgarlikni mijozda bo‘lishini belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2025 yil 21 apreldagi 37-13/116-son ma’lumotnomasi). Natijada Nizomning (ro‘yxat raqami 3536, 26.07.2024-yil) 49-bandida islomiy moliya institutlari uchun buxgalteriya hisobi va audit tashkilotining (AAOIFI) 9-sonli “Ijara va ijara muntahiya bittamlik” standartiga muvofiq mijozning islomiy ijara shartnomasining shartlariga rioya etmaganligi tufayli islomiy ijara obekti nobud bo‘lsa javobgarlik mijozda bo‘lishi aniqlashtirilgan.