Umarov Elshod G‘ulomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yashil iqtisodiyot rivojlanishining ishlab chiqarish resurslariga ta’sirini baholash”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3. PhD/Iqt3191.
Ilmiy rahbar: Mustafakulov Sherzod Igamberdiyevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xalqaro Nordik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Xalqaro Nordik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/29.12.2022.I.157.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rajabov Nazirjon Razzakovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Isakov Musoxon Yusupdjanovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor;
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yashil iqtisodiyot rivojlanishining ishlab chiqarish resurslariga ta’sirini baholash yuzasidan ilmiy asoslangan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoat korxonalarida ekologik tadbirkorlik tushunchasining iqtisodiy mazmunini «ekologik xizmatlar», «ekologik mahsulotlar» hamda «ekologik standartlar» asosida takomillashtirish orqali energiya tejamkorligi, chiqindisiz texnologiyalar, qayta tiklanuvchi resurslar va sirkulyar iqtisodiyot tamoyillariga asoslangan «yashil tadbirkor» maqomini berish taklif etilgan;
sanoat korxonalarida ekologik zararni baholashni onlayn monitoring qilishda mavjud «atrof-muhit ifloslanishi» metodikasining «erning degradatsiyasi», «energiya iste’moli» va «chiqindilar va ularning qayta ishlanishi» me’zonlari asosida yashil korxonalarning reyting ko‘rsatkichlarini hisoblash orqali ekologik samaradorligini oshirish taklifi ilmiy asoslangan;
“yashil” iqtisodiyotga yo‘naltirilgan sanoat korxonalarining ekologik-iqtisodiy faoliyati va sanoatni yashillashtirishga yo‘naltirilgan loyihalarni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash modelini «yashil obligatsiyalar», «yashil fondlar» hamda «yashil sug‘urta» indikatorlariga asoslangan yashil investisiyalash tizimi orqali takomillashtirish taklifi ilmiy asoslangan;
sanoat korxonalarini yashil iqtisodiyotga yo‘naltirishda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmi “Moliyaviy” (yashil obligatsiyalar,  yashil kreditlar, yashil soliqlar), “Ekologik” (atmosfera chiqindilarini qisqartirish, energiya samaradorligini oshirish, umumiy ishlab chiqariladigan energiyada qayta tiklanuvchi energiyaning ulushini oshirish) “Ijtimoiy” (yangi ish o‘rinlari yaratish) “Institusional” (yashil moliyalashtiruvchi tashkilotlar soni, regulyativ islohotlar soni)  omillar orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
sanoat korxonalari rivojlanishining atrof-muhitga ta’sirini baholashning iqtisodiy va ijtimoiy mexanizmlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
sanoat korxonalarida ekologik tadbirkorlik tushunchasining iqtisodiy mazmunini «ekologik xizmatlar», «ekologik mahsulotlar» hamda «ekologik standartlar» asosida takomillashtirish orqali energiya tejamkorligi, chiqindisiz texnologiyalar, qayta tiklanuvchi resurslar va sirkulyar iqtisodiyot tamoyillariga asoslangan «yashil tadbirkor» maqomini berish taklifi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 25 martdagi 03-03/1-03/3-2884-son ma’lumotnomasi). Natijada “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturining 19-bandi a qismiga asosan korxonalariga “yashil tadbirkor” maqomini berish tizimi shakllanishiga xizmat qilgan;
sanoat korxonalarida ekologik zararni baholashni onlayn monitoring qilishda mavjud «atrof-muhit ifloslanishi» metodikasining «erning degradatsiyasi», «energiya iste’moli» va «chiqindilar va ularning qayta ishlanishi» me’zonlari asosida yashil korxonalarning reyting ko‘rsatkichlarini hisoblash orqali ekologik samaradorligini oshirish taklifi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 25 martdagi 03-03/1-03/3-2884-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qo‘llanilishi natijasida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturining 19-bandining b qismiga asosan sanoat korxonalarining ekologik-iqtisodiy samaradorligini onlayn monitoring qilish tizimi takomillashtirilgan;
“yashil” iqtisodiyotga yo‘naltirilgan sanoat korxonalarining ekologik-iqtisodiy faoliyati va sanoatni yashillashtirishga yo‘naltirilgan loyihalarni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash modelini «yashil obligatsiyalar», «yashil fondlar» hamda «yashil sug‘urta» indikatorlariga asoslangan yashil investisiyalash tizimi orqali takomillashtirish bo‘yicha bergan taklifi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 25 martdagi 03-03/1-03/3-2884-son ma’lumotnomasi). Mazkur modellardan foydalanish natijasida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili-da amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturining 21-bandining b qismiga asosan sanoatni yashillashtirish bo‘yicha loyihalarni qo‘llab-quvvatlash faoliyati rivojlantirilgan;
sanoat korxonalarini yashil iqtisodiyotga yo‘naltirishda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmini “Moliyaviy” (yashil obligatsiyalar,  yashil kreditlar, yashil soliqlar), “Ekologik” (atmosfera chiqindilarini qisqartirish, energiya samaradorligini oshirish, umumiy ishlab chiqariladigan energiyada qayta tiklanuvchi energiyaning ulushini oshirish) “Ijtimoiy” (yangi ish o‘rinlari yaratish) “Institusional” (yashil moliyalashtiruvchi tashkilotlar soni, regulyativ islohotlar soni)  omillar orqali takomillashtirish bo‘yicha bergan taklifi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 25 martdagi 03-03/1-03/3-2884-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturining 21-bandining a qismiga asosan yashil moliyalashtirish tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish