Raxmonov Komiljon Radjabovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iqlim o‘zgarishi sharoitida tog‘ daryolari muallaq oqiziqlari oqimi va ular havzalaridan tuproq-gruntlar yuvilishi jadalligini baholash», 11.00.03 - Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Gr47.
Ilmiy maslahatchi: Xikmatov Fazliddin Xikmatovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27/30.12.2019.Gr.47.01.
Rasmiy opponentlar: Murodov Shuhrat Odilovich, texnika fanlari doktori, professor; Rafiqov Vaxob Asomovich, geografiya fanlari doktori, professor; Xojamurotova Roza Tajimuratovna, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston va unga tutash hududlardagi tog‘ daryolari muallaq oqiziqlarining hosil bo‘lishi jarayonini iqlimiy omillarga bog‘liq holda o‘rganish va iqlim o‘zgarishi sharoitida ular havzalaridan tuproq-gruntlar yuvilishi jadalligini baholash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston tog‘ daryolari muallaq oqiziqlari oqimi ko‘rsatkichlari – loyqalik (ρ, g/l), oqiziqlar sarfi (R, kg/sek) va hajmi (WR, tonna), yuvilish moduli (MR, t/km2·yil)ning me’yoriy qiymatlari aniqlangan;
daryolar muallaq oqiziqlari oqimi bilan meteorologik omillar (t, 0S; X, mm) orasidagi ko‘p hadli bog‘lanishlar fizik-statistik baholangan, ularning normallashtirilgan regressiya tenglamalari ishlab chiqilgan;
to‘yinish manbalari turlicha bo‘lgan daryolar muallaq oqiziqlari hosil bo‘lishining iqlimiy va iqlimiy-morfologik modellari takomillashtirilgan;
tog‘ daryolari havzalaridan yomg‘ir, erigan qor va muzlik suvlari hisobiga yuvilish moduli turli balandlik zonalari uchun miqdoriy baholangan;
O‘zbekiston va unga tutash hududlardagi daryolar havzalaridan tuproq-gruntlar yuvilishining raqamli xaritalari GAT texnologiyalarining MapInfoPro, ArsGISPro standart dasturlarini qo‘llash asosida yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tog‘ daryolari muallaq oqiziqlari va ular havzalaridan tuproq-gruntlar yuvilishi jadalligini iqlim o‘zgarishi sharoitida baholash natijalari asosida:
O‘zbekiston tog‘ daryolari muallaq oqiziqlari miqdoriy ko‘rsatkichlari (ρ, g/l; R, kg/sek; WR, tonna; MR, t/km2·yil) va ularning daryolar havzalarining o‘rtacha balandliklariga bog‘liq holda o‘zgarishlarini baholashlaridan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi – O‘zgidromet tizimida “Gidrologik yilnomalar”, “Asosiy gidrologik ko‘rsatkichlar” ma’lumotnomalarini nashrga tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi – O‘zgidrometning 2024 yil 26-iyuldagi 01-15/1298-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston va unga tutash hududlardagi daryolar muallaq oqiziqlari miqdoriy ko‘rsatkichlariga aniqlik kiritishning qo‘shimcha imkoniyatlari yaratilgan;
daryolar muallaq oqiziqlari ko‘rsatkichlari (R, kg/sek; MR, t/km2·yil) bilan meteorologik miqdorlar (t, 0S; X, mm) orasidagi ko‘p hadli bog‘lanishlarning regressiya tenglamalaridan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi - O‘zgidromet tizimida daryolar muallaq oqiziqlari miqdoriy ko‘rsatkichlarining kuzatilgan qiymatlarini ekspertizadan o‘tkazishda qo‘shimcha tekshiruv ifodasi sifatida foydalanilgan (Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi - O‘zgidrometning 2024 yil 26-iyuldagi 01-15/1298-son ma’lumotnomasi). Natijada tog‘ daryolari muallaq oqiziqlari oqimi miqdoriy ko‘rsatkichlari ishonchliligini oshirishning qo‘shimcha imkoniyatlari yaratilgan;
daryolar havzalaridan tuproq-gruntlar yuvilishi jadalligini miqdoriy baholashlaridan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi – O‘zgidromet tizimida suv omborlarining loyqa oqiziqlar bilan to‘lib borish jadalligini baholashga oid gidrologik ma’lumotnomalarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi – O‘zgidrometning 2024 yil 26-iyuldagi 01-15/1298-son ma’lumotnomasi). Natijada Chorbog‘, Ohangaron, To‘palang suv omborlari tubida to‘plangan loyqa oqiziqlar hajmini va ularning foydali suv sig‘imini tezkor aniqlashning qo‘shimcha imkoniyatlari yaratilgan.
daryolar muallaq oqiziqlarining hosil bo‘lishiga mavsumiy atmosfera yog‘inlari va havo haroratining ta’siri hamda daryolar suvi loyqaligining balandlik zonalari bo‘yicha o‘zgarishi xususiyatlarini aniqlash natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining «Kartografiya» ilmiy-ishlab chiqarish davlat korxonasi (IIChDK)da O’zbekiston Milliy atlasining “Yer usti suvlari” bo‘limidan joy olgan “Daryolar suvining loyqaligi. M: 1:5000000” mavzuli xaritasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2022 yil 5-dekabrdagi 08-10898-son ma’lumotnomasi). Natijada tog‘ daryolari suvi loyqaligining balandlik zonalari bo‘yicha o‘zgarishi va havza maydonlari bo‘yicha taqsimlanishini tezkor aniqlash imkoniyati yaratilgan.
tog‘ daryolari havzalarining turli balandlik zonalaridan tuproq-gruntlar yuvilishi moduli (MR, t/km2·yil)ni miqdoriy baholash natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining «Kartografiya» IIChDKda O’zbekiston Milliy atlasining “Yer usti suvlari” bo‘limidagi “Daryolar havzalaridan turroq-gruntlar yuvilishi: Shirshiq daryosi havzasi. M: 1:950000; Ohangaron daryosi havzasi. M: 1:550000; Farg‘ona vodiysi daryolari havzasi. M: 1:1500000; Qashqadaryo havzasi. M: 1:800000; Surxondaryo va Sherabod daryrlari havzalari. M: 1:1000000” raqamli xaritalarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2022 yil 5-dekabrdagi 08-10898-son ma’lumotnomasi). Natijada daryolar havzalarida suv eroziyasi o‘ta jadal suratlarda kechadigan o‘choqlarni tezkor aniqlash va ularni suv omborlarini loyihalashda hisobga olishning qo‘shimcha imkoniyatlari yaratilgan.