Amonova Zulayxo Xudoymurodovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tausin preparatining gepatoprotektorlik xususiyatini o‘rganish», 14.00.17 – Farmakologiya va klinik farmakologiya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Far156.
Ilmiy rahbar: Allaeva Munira Jurakulovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Tulyaganov Rustam Tursunovich, biologiya fanlari doktori, professor; Mavlyanov Zafar Iskandarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: eksperimental o‘tkir toksik gepatitda tausin dori vositasining gepatoprotektorlik ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tajribaviy o‘tkir toksik gepatit kechishida tausinning karsil, essensial, odeston preparatlari singari zararlangan jigar hujayralarining faoliyatini va safro hosil bo‘lishini rag‘batlantiruvchi  samaradorligi aniqlangan;
tausin dori vositasini gepatoprotektorlik samaradorligi jigarning disfunksional buzilishida alaninaminotransferaza va aspartataminotransferaza fermentlari faolligiga samarali ta’siri, ishqoriy fosfataza, oqsillar, umumiy, bog‘langan va bog‘lanmagan bilirubin, albumin miqdorlarini me’yorlashtirishi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
tausinning gepatoprotektorlik ta’sir mexanizmlari o‘tkir toksik gepatit (O‘TG) da katalaza faolligini oshirib, malondialdegid miqdorini kamaytirish orqali antioksidant ta’sir etishi va lipidlarning peroksidlanish darajasini kuchaytirishi bilan isbotlangan;
tajribada ilk bor tausinning organizm uchun zararsizligi, uning kam zaxarliligi, sensibilizatsiyalovchi, allergiya, mahalliy ta’sirlantiruvchi, kumulyasiyalanish chaqirmasligi, yurak ishiga, xomilaga salbiy ta’siri yo‘qligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tausin preparatining gepatoprotektorlik xususiyatini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
«Tausin dori vositasining gepatoprotektorlik samaradorligini tajribaviy o‘tkir toksik gepatit modellarida qiyosiy baholash» uslubiy tavsiyanoma O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashi tomonidan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 y. 10 dekabrdagi 10-sonli xulosasi). Natijada jigar kasalliklariga chalingan bemorlarni davolashda yangi dori vositasini qo‘llash imkonini bergan;
o‘tkir toksik gepatitning turli modellarida tausin dori vositasining farmakologik samaradorligi baxolangan va Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Tibbiy va biologik kimyo, tibbiy biologiya,umumiy genetika kafedrasi qoshidagi ilmiy tadqiqot laboratoriyasiga  (29.11.2024 yil, 619-sonli buyruq asosida) hamda Toshkent farmatsevtika instituti Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi qoshidagi Innovatsion farmatsevtik birikmalar ilmiy laboratoriyasiga (25.11. 2024 yil, 671-sonli buyruq asosida)  tatbiq etilib, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashi tomonidan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 y. 10 dekabrdagi 10-sonli xulosasi). Natijada gepatit bilan kasallangan bemorlarni davolash samaradorligini oshirish, uning davolash tannarxini pasaytirish, mahalliy gepatoprotektor preparatlarning arsenalini kengaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish