O‘rinov Xalimjon Xamdamjonovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lg‘usi matematika o‘qituvchilarida kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (matematika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2023.1.PhD/Ped4580
Ilmiy rahbar: Barakaev Murod, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.FM.05.04.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Tuxtasin Gulamjanovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Axlimirzaev Axmadjon, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: V.I.Romanovckiy nomidagi Matematika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lg‘usi matematika o‘qituvchisining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning nazariyasi va metodikasini “Matematika o‘qitish metodikasi” fanini o‘rgatish jarayonida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lg‘usi matematika o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish tuzilmasi kognitiv, metodik, pedagogik-psixologik, texnologik, diagnostik, motivatsion, informatsion, kreativ komponentlari pedagogik-psixologik tadqiqotlarni o’rganish asosida aniqlashtirilgan;
kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lg‘usi matematika o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni mazmunini tashkil etuvchi pedagogik shart-sharoitlar motivatsiyani shakllantirish, shaxsni rivojlantiruvchi texnologiyalarni qo‘llash, ta’lim jarayonini rejalashtirish va loyihalash samaradorligi ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lg‘usi matematika o‘qituvchilarida kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari fanlararo aloqadorlik, predmetlararo aloqadorlik, nazariya bilan amaliyotning bog‘liqligi va matematikani kasbga yo‘naltirib o‘qitish tamoyillari orqali takomillashtirilgan;
bo‘lg‘usi matematika o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi “Matematika o‘qitish metodikasi” fanidan kompetent masalalarni ishlab chiqishning (1-bosqich kompetent masalalarni xususiyatlarini o‘rganish, 2-bosqich kompetent masalalarni ajratib olish yoki loyihalash; 3-bosqich kompetent masalalarni amaliyotda sinab ko‘rish) uch bosqichli metodik tizimini yaratish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lg‘usi matematika o‘qituvchilarida kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi bo‘yicha olingan tadqiqot ishi natijalari asosida:
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lg‘usi matematika o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish tuzilmasi kognitiv, metodik, pedagogik-psixologik, texnologik, diagnostik, motivatsion, informatsion, kreativ komponent-lari pedagogik-psixologik tadqiqotlarni o’rganish asosida aniqlashtirilgan xulosalar “Matematika o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 20-iyuldagi 654-sonli buyrug‘i asosida berilgan 654-156 raqamli nashr ruxsatnomasi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 26-noyabrdagi 11-05-6809/04-son dalolatnomasi) mazmuniga singdirilgan. Natijada, bo‘lg‘usi matematika o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lg‘usi matematika o‘qituvchilarida kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari fanlararo aloqadorlik, predmetlararo aloqadorlik, amaliyot bilan nazariyaning bog‘liqligi va kasbga yo‘naltirib o‘qitish tamoyillari asosida takomillashtirishga oid takliflar “Bo‘lg‘usi matematika o‘qituvchilarida kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi” nomli monografiya mazmuniga singdirilgan (Farg‘ona davlat universiteti Kengashining 2024-yil 28-martdagi 8-son yig‘ilishida nashrga tavsiya qilingan. ISBN:978-9910-784-86-6) mazmuniga singdirilgan. Natijada, matematika o‘qitish metodikasi fanini o‘qitish jarayonida bo‘lg‘usi matematika o‘qituvchisini tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirishga erishilgan;
kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lg‘usi matematika o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish modelining tashkiliy-faoliyatli bloki shaxsni rivojlantiruvchi texnologiyalar va kompetent masalalarni loyihalash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Matematika o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 20-iyuldagi 654-son buyrug‘i asosida berilgan 654-156 raqamli nashr ruxsatnomasi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 26-noyabrdagi 11-05-6809/04-son dalolatnomasi) mazmuniga. Natijada, bo‘lg‘usi matematika o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish amaliy-metodik jihatini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lg‘usi matematika o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi “Matematika o‘qitish metodikasi” fanidan kompetent masalalarni ishlab chiqishning (1-bosqich kompetent masalalarni xusussiyatlarini o‘rganish, 2-bosqich kompetent masalalarni ajratib olish yoki loyihalash; 3-bosqich kompetent masalalarni amaliyotda sinab ko‘rish) uch bosqichli metodik tizimini yaratish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Matematika o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 20-iyuldagi 654-son buyrug‘i asosida berilgan 654-156 raqamli nashr ruxsatnomasi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 26-noyabrdagi 11-05-6809/04-son dalolatnomasi) mazmuniga singdirilgan. Natijada, bo‘lg‘usi matematika o‘qituvchilarida kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.