G‘aybullaev Farrux Yuldashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini takomillashtirish”, “12.00.12 – Korrupsiya muammolari (yuridik fanlar)”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Yu1846
Ilmiy rahbar: Toshev Boboqul Norqobilovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlari doktori, professor Mamasiddiqov Muzaffarjon Musajonovich, yuridik fanlari doktori, professor Qulmatov Sharof Asadovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Oliy ta’lim tizimida mehnatga oid munosabatlarda korrupsiyaga qarshi kurashishning mexanizmlari va huquqiy asoslarini takomillashtirish, huquqni qo‘llash amaliyotining samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogik kadrlarni oliy ta’lim tashkilotlariga ishga qabul qilishda moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim tashkilotlariga alohida tartib joriy etilishi zarurati asoslab berilgan;
qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslarning Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, vazirlik tizim tashkilotlari, hududiy bo‘linmalari hamda oliy ta’lim tashkilotlariga rahbarlik lavozimlariga tayinlanishini ta’qiqlash zarurligi ilmiy-amaliy asoslantirilgan;
vazirlik tomonidan idoraviy mansubligidan qat’i nazar, davlat va davlat ishtirokidagi oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlar faoliyatida sohaga oid qonunchilikka rioya etilishi monitoringini olib boradi, qonun hujjatlari va ta’sis hujjatlarida aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritishi zarurligi belgilash taklifi ilmiy asoslantirilgan;
Oliy ta’lim vaziri korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularni sodir etishga imkon yaratuvchi omillarni aniqlash, tahlil qilish, sabab va sharoitlarini bartaraf etishiga oid taklifi asoslantirilgan;
vazirlik tizimidagi oliy ta’lim tashkilotlari, tashkilotlar va hududiy boshqarmalar rahbarlari huquqni qo‘llash amaliyotini va qonunchilikni takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali hududiy boshqarmalar tizimida qonunchilik talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlashiga oid funksional vazifalarini belgilanishi zarurligiga oid taklifi ilmiy asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
pedagogik kadrlarni oliy ta’lim tashkilotlariga ishga qabul qilishda moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim tashkilotlariga alohida tartib joriy etilishi haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 7 sentyabrdagi O‘RQ-957-sonli “Ma’muriy islohotlar doirasida ta’lim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunda (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasining 2025 yil 17 apreldagi 04/8-10-14son ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Mazkur taklifning joriy etilishi moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim tashkilotlariga pedagogik kadrlarni ishga qabul qilishda korrupsiyaviy holatlarni holatlarni oldini olishga xizmat qiladi;
qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslarning Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, vazirlik tizim tashkilotlari, hududiy bo‘linmalari hamda oliy ta’lim tashkilotlariga rahbarlik lavozimlariga tayinlanishini ta’qiqlash to‘g‘risidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 7 sentyabrdagi O‘RQ-957-sonli “Ma’muriy islohotlar doirasida ta’lim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunining 26-moddasining 4-qismiga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritishda (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasining 2025 yil 17 apreldagi 04/8-10-14son ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Mazkur taklifning joriy etilishi Oliy ta’lim tizimida rahbarlik lavozimlariga qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslarning tayinlanishini va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishga xizmat qiladi;
vazirlik tomonidan idoraviy mansubligidan qat’i nazar, davlat va davlat ishtirokidagi oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlar faoliyatida sohaga oid qonunchilikka rioya etilishi monitoringini olib boradi, qonun hujjatlari va ta’sis hujjatlarida aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritishiga oid taklifidan O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 8 avgustdagi 489-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi to‘g‘risida”gi Nizomning 11-bandi (vazirlik funksiyalari) 1-kichik bandi sakkizinchi xatboshini ishlab chiqishda (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘limining 2025 yil 14 apreldagi 27/1-17-son ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Mazkur taklifning joriy etilishi Oliy ta’lim vazirligi tomonidan korrupsiyani va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishga xizmat qiladi;
Oliy ta’lim vaziri korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularni sodir etishga imkon yaratuvchi omillarni aniqlash, tahlil qilish, sabab va sharoitlarini bartaraf etishiga oid taklifidan O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 8 avgustdagi 489-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi to‘g‘risida”gi Nizomning 25-bandining yigirma ikkinchi kichik bandini ishlab chiqishda (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘limining 2025 yil 14 apreldagi 27/1-17-son ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Mazkur taklifning joriy etilishi Oliy ta’lim vazirning korrupsiyani va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishga oid funksional vazifasini aniqlashtirishga xizmat qiladi;
vazirlik tizimidagi oliy ta’lim tashkilotlari, tashkilotlar va hududiy boshqarmalar rahbarlari huquqni qo‘llash amaliyotini va qonunchilikni takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali hududiy boshqarmalar tizimida qonunchilik talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etishga oid taklifidan O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 8 avgustdagi 489-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi to‘g‘risida”gi Nizomning 28-bandining o‘n ikkinchi kichik bandini ishlab chiqishda (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘limining 2025 yil 14 apreldagi 27/1-17-son ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Mazkur taklifning joriy etilishi korrupsiyaga qarshi kurashishda vazirlik tizimidagi oliy ta’lim tashkilotlari, tashkilotlar va hududiy boshqarmalar rahbarlarining funksional vazifalarini aniqlashtirishga xizmat qilgan.