Guliev Alijon Abdulxakimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarida talabalarning intellektual kompetentligini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha, (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3PhD/Ped8160.
Ilmiy rahbar: Eshonqulov Sherzod Ummatovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax Politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.26/27.02.2020.T.109.01.
Rasmiy opponentlar: Taylanova Shoxida Zaynievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yarlakabov Umirzoq Mamatkulovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi  tashkilot:  Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarida talabalarning intellektual kompetentligini rivojlantirish metodikasini ishlab chiqish, nazariy jihatdan asoslash va amaliyotga joriy etishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (CAD, CAM, CAE)larni PDM (Product Data Management), MRPII (Manufacturing Resource Planning) tizimlariga integratsiya qilish orqali talabalarni intellektual fikrlash ijodiy, kognitiv, nazariy, empirik, divergent, konvergent, sanogenik, patogen turlari, aqlning sifatlari moslashuvchanlik, mustaqillik, tanqidiylik, ongda harakat qilish qobiliyatlarini intellektning asosiy funksiyalari qatoriga uyushqoqlik (tartiblilik) va adaptatsiya (moslashish) kiritilish imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
talabalarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari asosida takomillashtirish, tizimli tadqiq etish, serqirra, murakkab, mavhum xususiyatlarini intellektual kompetentligini rivojlantiruvchi omillar, usullar, kompetentligini rivojlantirish bosqichlari hamda intellektuallik va erkinlik tamoyillari asosida modellashtirishning umumiy, uslubiy va universal ko‘rsatmalariga asoslanib adekvat modelni tashkil etuvchi parametrni tanlab, didaktik shart-sharoitlari va modeli takomillashtirilgan; 
talabalarni intellektual kompetentligini rivojlantirishda fanlarni o‘qitishning integratsiyalashgan yondashuvlari asosida reproduktiv, variativ, qisman izlanishli va kreativ topshiriqlarni kiritish natijasida takomillashtirilgan intellektual topshiriqlarni ishlab chiqish, tadqiqotchilik vaziyatlarini yaratish orqali talabalarning intellektual kompetentligini rivojlantirish metodikasi “Avtomatlashtirilgan boshqaruv modeli” metodi,  “Scoring discussion” metodi, . “Qarorlar shajarasi” metodi kabi zamonaviy metodlar yordamida takomillashtirilgan; 
pedagogik tajribalar hamda muqobil nazorat ostidagi shart- sharoitlarda o‘tkazilgan tadqiqotchilik topshiriqlari avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari asosida talabalarda intellektual kompetentligini rivojlanganlik darajalarini baholash mezonlari (reproduktiv, variativ, kreativ) tajriba-sinov ishlarining faktlarga asoslanganligi, faktlarning esa aniqligi, ilmiy asoslanganligi va nazariy qoidalar bilan mantiqiy topshiriqlarni bajarish o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqliklarning statisktik ma’lumotlari orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarida talabalarning intellektual kompetentligini rivojlantirish metodikasini ishlab chiqish, nazariy jihatdan asoslash va amaliyotga joriy etishdan iborat:
avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (CAD, CAM, CAE)larni PDM (Product Data Management), MRPII (Manufacturing Resource Planning) tizimlariga integratsiya qilish orqali talabalarni intellektual fikrlash ijodiy, kognitiv, nazariy, empirik, divergent, konvergent, sanogenik, patogen turlari, aqlning sifatlari moslashuvchanlik, mustaqillik, tanqidiylik, ongda harakat qilish qobiliyatlarini intellektning asosiy funksiyalari qatoriga uyushqoqlik (tartiblilik) va adaptatsiya (moslashish) kiritilish imkoniyatlariga oid takliflar “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalar” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan innovatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2023 yil 6-noyabrdagi 491-son buyrug‘iga asosan 491188-raqam bilan ro‘yxatga olingan). Natijada talabalarning intellektual kompetentligini oshirish orqali texnologik jarayonlarda  muammolarni oldini olishga imkon yaratilgan;
talabalarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari asosida takomillashtirish, tizimli tadqiq etish, serqirra, murakkab, mavhum xususiyatlarini intellektual kompetentligini rivojlantiruvchi omillar, usullar, kompetentligini rivojlantirish bosqichlari hamda intellektuallik va erkinlik tamoyillari asosida modellashtirishning umumiy, uslubiy va universal ko‘rsatmalariga asoslanib adekvat modelni tashkil etuvchi parametrni tanlab, didaktik shart-sharoitlari va modeli va ularni amaliyotga tatbiq etishga oid ma’lumotlar “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fani o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-no‘yabrda 491-son buyrug‘iga asosan 491189-raqam bilan ro‘yxatga olingan). Natijada talabalar avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarida  texnologik jarayonlarni yangi pedagogik resurslar va qo‘llanmalar orqali tasavvur etish imkoni yuzaga kelgan;
talabalarni intellektual kompetentligini rivojlantirishda fanlarni o‘qitishning integratsiyalashgan yondashuvlari asosida reproduktiv, variativ, qisman izlanishli va kreativ topshiriqlarni kiritish natijasida takomillashtirilgan intellektual topshiriqlarni ishlab chiqish, tadqiqotchilik vaziyatlarini yaratish orqali talabalarning intellektual kompetentligini rivojlantirish metodikasi “Avtomatlashtirilgan boshqaruv modeli” metodi,  “Scoring discussion” metodi, . “Qarorlar shajarasi” metodi kabi zamonaviy metodlarga oid takliflar "Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari" fani darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-no‘yabrda 491-son buyrug‘iga asosan 491188-raqam bilan ro‘yxatga olingan).   Natijada texnologik jarayonlarni nazorat qilish uchun tavsifa va metodlari mazmuni yoritilgan;
pedagogik tajribalar hamda muqobil nazorat ostidagi shart- sharoitlarda o‘tkazilgan tadqiqotchilik topshiriqlari avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari asosida talabalarda intellektual kompetentligini rivojlanganlik darajalarini baholash mezonlari (reproduktiv, variativ, kreativ) tajriba-sinov ishlarining faktlarga asoslanganligi, faktlarning esa aniqligi, ilmiy asoslanganligi va nazariy qoidalar bilan mantiqiy topshiriqlarni bajarish o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqliklarning statisktik ma’lumotlari tahlili orqali takomillashtirishga oid takliflar (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 2025-yil 18-iyundagi 11-05-3932/04-sonli malumotnomasi). Natijada texnologik jarayonlardagi hodisalar, tushunchalar, dalillar orasidagi ichki aloqalar, nazariy qoidalar bilan mantiqiy topshiriqlarni bajarish o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqliklarni oʻrnatish takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish