Rizaeva Sanobar Davlatalievnaning 
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini individual ta’lim texnologiyalari asosida takomillashtirish metodikasi”, 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5118.
Ilmiy rahbar: Axmedjonov Dilmurod G‘ulomovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi texnika fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.13/30.12.2019.T.07.01 raqamli Ilmiy Kengash asosida tuzilgan bir martalik Kengash.
Rasmiy opponentlar: Yakubboeva Nafisa Saxobiddinovna pedagogika fanlari doktori, dotsent, Zaripova Dilnoza Anvarovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi individual ta’lim texnologiyalari asosida pedagogika oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogika oliy talim muassasalarida o‘quv jarayonini individual ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etishning didaktik imkoniyatlari ta’lim jarayonini faollashtiruvchi raqamli va innovatsion texnologiyalarni integratsiyalash va o‘z-o‘zini regulyasiya qilish kompetensiyalarini shakllantirish kabi xususiyatlar individual ta’lim kontenti, individual ta’lim darajalari va individual ta’lim traektoriyalarini tizimli va intensiv joriy etish asosida aniqlashtirilgan;
individual ta’lim texnologiyalari asosida pedagogika oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish metodikasini takomillashtirish modeli pedagogik-texnologik uzviy aloqadorlikka asoslangan mazmunli va o‘quv jarayoni komponentlari asosida takomillashtirilgan; 
aralash mobil ta’lim texnologiyalari asosida pedagogika oliy talim muassasalari talabalarining individual ta’lim traektoriyasini avtomatik aniqlovchi  “Individual Study” mobil ilovasi differensial ta’lim yondashuviga ko‘ra “GROW” va “SAMR” ta’lim modellarini perspektiv darajasini izchilligi va uzviyligiga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan; 
individual ta’lim texnologiyalari asosida “Informatikaning nazariy asoslari” fanini mobil ilova yordamida o‘qitish samaradorligini baholash mezonlari motivatsion, texnologik va faoliyatli ko‘rsatkichlarini aniqlashga qaratilgan nofaol talaba, standart-uslubchi talaba va tadqiqotchi talaba darajalarini parametr va indikatorlarining miqdor va sifat aspektlari mazmunan optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoni samaradorligini individual ta’lim texnologiyalari asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini individual ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etishning didaktik imkoniyatlari o‘quv muhitini individuallik, differensiallik, ko‘rgazmalilik va natijaviylik tamoyillari asosida ta’lim olish imkonini taqdim etuvchi va interfoal metodlarni an’anaviy va masofaviy ta’lim integratsiyasi muhitiga intensiv joriy etishga oid takliflari “Informatikaning nazariy asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 429-son buyrug‘i bilan berilgan 429-95-son guvohnoma). Natijada, ta’lim jarayonlarining portal texnologiyalariga asoslangan axborot-metodik ta’minoti va milliy o‘quv-ilmiy resurslarni ishlab chiqish sifati oshirilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoni samaradorligini individual ta’lim texnologiyalari asosida takomillashtirish modeli vizual dizaynli ta’lim resurslarini axborotni qayta ishlash jarayonida differensial adaptatsiyada qo‘llashga oid takliflari asosida “Amaliy dasturlar paketi” nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘i bilan berilgan 420808067784770547-son guvohnoma). Mazkur o‘quv qo‘llanmaning yaratilishi va joriy etilishi “Amaliy dasturlar paketi” fanining ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlari tashkiliy-pedagogik bosqichi samaradorligini oshirishga, sohaga doir zamonaviy o‘quv adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyoj qondirilishiga xizmat qilgan;
individual ta’lim texnologiyalari asosida “Informatikaning nazariy asoslari” fanini mobil ilova yordamida o‘qitishning samaradorligini baholash mezonlari motivatsion, texnologik va faoliyatli ko‘rsatkichlarini aniqlashga qaratilgan nofaol talaba, standart-uslubchi talaba va tadqiqotchi talaba darajalarini parametr va indikatorlarining miqdor va sifat aspektlari mazmunan optimallashtirilgan va tajriba-sinov ishlarida uning samarali ekanligi olingan natijalar asosida isbotlangan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 19 dekabrdagi 02/01-01-150-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv jarayonini individual ta’lim texnologiyalari asosida takomillashtirish metodikasini samarali tashkil etishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish