Ochilov Rufat Qo‘qonovichning  Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumot 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “Turli o‘yin ampluasiga ega futbolchilarni jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6770
Ilmiy rahbar: Abdullaev Mehriddin Junaydullaevich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti PhD.03/27.09.2024.Ped.72.10
Rasmiy opponentlar: Inoyatov Abdullo Shodievich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Yusupov Nodirbek Maxmudovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi har xil ampluaga ega futbolchilarni jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
15-17 yoshli futbolchilar bilan o‘tkaziladigan maxsus yo‘nalishli mashg‘ulot yuklamalarni pedagogik meyorlari aerob yo‘nalishi (umumiy chidamlilik), anaerob-glikolitik yo‘nalishli, aralash yo‘nalish: aerob-anaerobli  jismoniy sifatlarni majmuaviy rivojlanishi, anaerob-alaktat (tezkorlik va kuch) va anabolitik (kuch) ga xos bo‘lgan mashg‘ulot yuklamalarning parametrlariga mashqning intensivligi, bajarish vaqti, dam olish vaqti va takrorlanish vaqtini kiritish hisobiga ularning jismoniy tayyorgarligini oshirish imkoniyatlari kengaytirilgan; 
Turli o‘yin ampluasidagi futbolchilarning yillik tayyorgarlik bosqichlarida mashg‘ulotlardagi vosita va uslublarni nisbatlari umumiy chidamlilik (aerob yo‘nalishli) 30 % ga, -harakat sifatlarni majmua holda rivojlanishi (aralash) 40 % ga, -tezkorlik chidamlilik (glikolitik yo‘nalishli) 3 % ga va tezkor kuch, kuch sifatlari (alaktat, anabolitik) 27 % ga o‘zgartirib qo‘llash hisobiga futbolchilarning texnik-taktik tayyorgarligi takomillashtirilgan;
15-17 yoshli futbolchilarning maxsus tayyorgarlik bosqichida mashg‘ulot yuklamalarini taqsimlashda harakatning koordinatsion (past, o‘rta va katta) murakkablik darajasidan kelib chiqib, ixtisoslashgan yuklama shiddatini haftalik mikrotsikllar vazifalari bo‘yicha belgilab berish hisobiga maxsus tayyorgarligi optimallashtirilgan;
15-17 yoshli futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini aniqlashda model ko‘rsatkichlari inobatga olib mashg‘ulot jarayonlarini korreksiyalash maqsadida aerob-anaerob yo‘nalishli yuklamalarni intensiv qo‘llashda tezlikni rivojlantirishga mo‘ljallangan mokisimon yugurish mashqlari hamda sprinter yugurish turlari kabi mashqlarni kiritish orqali ularning tezlik va chidamlilik jismoniy sifat ko‘rsatkichlari takomillashtirildi; 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli o‘yin ampluasiga ega 15-17 yoshli futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan olingan natijalar asosida:
15-17 yoshli futbolchilar bilan o‘tkaziladigan maxsus yo‘nalishli mashg‘ulot yuklamalarni pedagogik meyorlari aerob yo‘nalishi (umumiy chidamlilik), anaerob-glikolitik yo‘nalishli, aralash yo‘nalish: aerob-anaerobli  (jismoniy sifatlarni majmua holda rivojlanishi), anaerob-alaktat (tezkorlik va kuch) va anabolitik (kuch) ga xos bo‘lgan mashg‘ulot yuklamalarning parametrlariga mashqning intensivligi, mashqni bajarish vaqti, dam olish vaqti va takrorlanish vaqti kiritish, Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida shug‘ullanayotgan 15-17 yoshli malakali futbolchilarning mashg‘ulotlariga tadbiq etilgan. “Jismoniy tarbiya va sport” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 7 maydagi 149-son buyrug‘iga asosan 516649 raqamli guvohnoma). Natijada futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
Turli o‘yin ampluasidagi futbolchilarning yillik tayyorgarlik bosqichlarida mashg‘ulotlardagi vosita va uslublarni nisbatlari umumiy chidamlilik (aerob yo‘nalishli) 30 % ga, -harakat sifatlarni majmua holda rivojlanishi (aralash) 40 % ga, -tezkorlik chidamlilik (glikolitik yo‘nalishli) 3 % ga va tezkor kuch, kuch sifatlari (alaktat, anabolik) 27 % ga o‘zgartirib qo‘llash Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazini mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024 yil 21-iyundagi 08-16/6270-son ma’lumotnomasi). Natijada futbolchilarning texnik-taktik tayyorgarligi takomillashtirilgan;
15-17 yoshli futbolchilarning maxsus tayyorgarlik bosqichida mashg‘ulot yuklamalarini taqsimlashda harakatning koordinatsion (past, o‘rta va katta) murakkablik darajasidan kelib chiqib ixtisoslashgan yuklama shiddatini haftalik mikrotsikllar vazifalari bo‘yicha belgilab berish Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida shug‘ullanayotgan 15-17 yoshli malakali futbolchilarning mashg‘ulotlariga tadbiq etililgan “Jismoniy tarbiya va sport” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 7 maydagi 149-son buyrug‘iga asosan 516649 raqamli guvohnoma). Natijada maxsus tayyorgarligi optimallashtirilgan;
15-17 yoshli futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini aniqlashda model ko‘rsatkichlari inobatga olib mashg‘ulot jarayonlarini korreksiyalash maqsadida aerob-anaerob yo‘nalishli yuklamalarni intensiv qo‘llashda tezlikni rivojlantirishga mo‘ljallangan moksimon yugurish mashqlari hamda sprinter yugurish turlari kabi mashqlari Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida shug‘ullanayotgan futbolchilarning mashg‘ulotlariga tadbiq etililgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024 yil 21-iyundagi 08-16/6270-son ma’lumotnomasi). Natijada futbolchilarning tezlik va chidamlilik jismoniy sifat ko‘rsatkichlari takomillashtirildi;

Yangiliklarga obuna bo‘lish