Adigezalov Azer Nadir oglining 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasining Ozarbayjon Respublikasi bilan mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar faoliyatidagi hamkorligi”, 07.00.05 – Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Tar246.
Ilmiy maslahatchi: Nuriddinov Erkin Zuxriddinovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Markaziy Osiyo xalqaro instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/31/01/2024/Tar.21.03  Rasmiy opponentlar: 
Farmonov Raxmon Farmonovich, tarix fanlari doktori, professor.
Raximov Mirzoxid Akramovich, tarix fanlari doktori, professor.
Kasimova Nazokat Anvarovna, siyosiy fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasidagi mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar faoliyatidagi hamkorlik jarayonini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ikki davlatning mintaqaviy va xalqaro tuzilmalardagi hamkorligi etarlicha o‘rganilmaganligi isbotlangan bo‘lib, ushbu tadqiqot o‘zaro hamkorlikning dinamikasi va salohiyatini har tomonlama tushunishga asoslangan;
ikki davlatning mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar doirasidagi o‘zaro aloqalarini ochib berishga imkon beradigan siyosiy-huquqiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar asoslarining bosqichlari yoritilgan;
O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi xamkorlik asoslab berilgan: MDH, GUUAM, MOMIH va boshqa yirik mintaqalararo loyihalar, bu mintaqada integratsiya jarayonlarini kuchaytirish kontekstida muhim ahamiyatga ega va hamkorlikning yangi strategiyalari asoslab berilgan; 
O‘zbekiston va Ozarbayjon pozisiyalarining xalqaro tuzilmalar – BMT, EXHT, QH, TDT, ShHT faoliyatidagi o‘ziga xosligi mohiyati ko‘rsatib berilgan, har ikki davlatning xalqaro maydonda duch kelayotgan umumiy strategik manfaatlar va muammolarni aniqlash imkoni ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasining mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar faoliyatidagi hamkorligi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflardan kelib chiqib:
taqdim etilgan ilmiy materiallar, O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi amaliyotida foydalanildi. Xususan, O‘zbekiston va Ozarbayjonning xalqaro munosabatlar tizimiga kirish jarayoni ochib berilgan; davlatlararo hamkorlikning siyosiy va huquqiy asoslari yoritilgan; ikki davlatning geosiyosiy identiklikning o‘ziga xosligi; O‘zbekiston va Ozarbayjonning mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar faoliyatidagi o‘zaro hamkorligi o‘rganildi. (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2023-yil 25-iyuldagi 12/28686-sonli guvohnomasi). Tadqiqotning tahliliy-ilmiy xulosalari 2022-2026-yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasining VII ustuvor yoʻnalishi – Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini mustahkamlash, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat yuritishni ta'minlashga xizmat qiladi;
dissertasiya materiallari va ilmiy xulosalaridan 2023 yil 22 avgust kuni O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston 24” telekanalida “O‘zbekiston-Ozarbayjon: azaliy qardoshlik rishtalari” ko‘rsatuvining “Eksklyuziv intervyu”sini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 13-sentyabrdagi 04-16-/1988-sonli guvohnomasi). Dasturda, O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi hamkorlikning siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-logistika va madaniy-gumanitar yoʻnalishlari, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar doirasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari yoritilgan;
dissertasiya materiallari va ilmiy xulosalaridan, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yanada mustahkamlash, shuningdek, ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va millatlararo totuvlikni mustahkamlash maqsadida foydalangan. Xususan, O‘zbekiston va Ozarbayjonning xalqaro munosabatlar tizimiga izchil kirib borish yoʻllari ochib berildi; ikki davlat o‘rtasidagi strategik hamkorlikning siyosiy-huquqiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar asoslarini shakllantirish bosqichlari yoritilgan; O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi mintaqaviy tashkilotlar: MDH, GUUAM, MOMIH va boshqa yirik mintaqalararo loyihalar faoliyatidagi hamkorlik asoslandi; O‘zbekiston va Ozarbayjonning xalqaro tuzilmalar – BMT, EXHT, QH, TDT, IHT, ShHT faoliyatidagi pozisiyalari mohiyati ko‘rsatilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2023-yil 27-sentyabrdagi 14-07-2163-sonli guvohnomasi).
Qo‘mita o‘z faoliyatida, ushbu dissertasiyaning ilmiy xulosalari va amaliy tavsiyalaridan foydalanib, o‘zbek va ozarbayjon xalqlari o‘rtasida turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar tashkil etgan;
dissertasiya materiallari va ilmiy xulosalaridan Turkiy Davlatlar Tashkilotida, O‘zbekiston va Ozarbayjonning mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar doirasidagi o‘zaro hamkorligini yanada yoritish maqsadida foydalanilgan. Xususan, TDT doirasidagi munosabatlarda mamlakatlar umumiy etnolingvistik, tarixiy va madaniy ildizlarga, shuningdek, siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikka tayanadi (Turkiy Davlatlar Tashkiloti Kotibiyati ma’lumotnomasi). Dissertasiya O‘zbekiston va Ozarbayjonning TDTdagi rolini ko‘rsatadi, bu esa ilmiy adabiyotlardagi mavjud bo‘shliqlarni to‘ldirishga xizmat qiladi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish