Xamroev Xalim Rozikovichning
iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
  

 I. Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqani barqaror rivojlantirishda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot.
    Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4629.
    Ilmiy rahbar: Yavmutov Dilshod Shoyimardonkulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
    Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
    IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.72.05
Rasmiy opponentlar: Ro‘zmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nizamov Asliddin Badreddinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mallabaev Baxtiyarjon Bulturbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
    Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti. 
    Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
    II. Tadqiqotning maqsadi: – mintaqani barqaror rivojlantirishda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Erkin iqtisodiy zona” tushunchasining iqtisodiy mazmuni tadbirkor va mutaxassis kadrlarga  zamonaviy biznesni o‘rganishda muhim vositaligi, zonada erkin tadbirkorlik uchun sharoit yaratilganligi, erkin iqtisodiy zona uchun muhit omillarini tahlili, erkin iqtisodiy zonani tavakkal nuqtai nazaridan baholash usulini, erkin tadbirkorlik ruhiyati shakllantirilganligi, xorijiy investorlar uchun biznes shaffovligi ta’minlanganligi xususiyatlarini inobatga olgan holda takomillashtirilgan; 
Hududlarda xorijiy turistlar oqimini oshirishda jahon savdo bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lishga xizmat qiladigan hamda savdo-sotiq ishlarini rivojiga katta hissa qo‘shayotgan erkin iqtisodiy zonaning kichik bir shakli bo‘lgan “Duty Free” bojsiz savdo do‘konini turistlar oqimi ancha katta bo‘lgab Buxoroda ochish maqsadga muvofiqligi asoslangan.
Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishda samarali yondoshuv sifatida hududiy ichki bozorga yoʻnaltirilgan hamda servis xizmatlariga  ixtisoslashgan “Buxoro” turistik erkin iqtisodiy zonasi tashkil etish taklifi asoslangan;
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi ustun hududlarda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishda eng maqbul shakl sifatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish, qayta ishlash va boshqa turdagi ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirishga ixtisoslashgan hududiy ilmiy, iqtisodiy, tabiiy-iqlimiy, kadrlar salohiyatiga asoslanuvchi “yashil hudud” – “Buxoro agropolisi”ni tashkil etish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Turistik shaharlarda turistlar oqimini oshirishda tarixiy-etnografik komponentlar hamda turizm servisining milliy shakllariga asoslanuvchi, 250-300 ish o ’irnlarini yaratishga, har yili kamida 4 -5 mln. AQSh dollari miqdorida mahsulot va xizmat hajmini beruvchi “Tarixiy turistik mahalla”ni erkin turizm zonasi sifatida tashkil etish maqsadga muvofiqligi asoslangan.
    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqani barqaror  rivojlantirishda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish metodologiyasini takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
“Erkin iqtisodiy zona” tushunchasining iqtisodiy mazmuni tadbirkor va mutaxassis kadrlarga  zamonaviy biznesni o‘rganishda muhim vositaligi, zona maydonida erkin tadbirkorlik uchun sharoit yaratilganligi, erkin tadbirkorlik ruhiyati shakllantirilganligi, xorijiy investorlar uchun biznes shaffovligi ta’minlanganligi xususiyatlari bilan takomillashtirilgan taklifidan “Turistik erkin iqtisodiy hududlar” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237 son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 237-t-043 guvohnoma). Tadqiqot ishi natijalari “Turistik erkin iqtisodiy hududlar” fanini mazmunini takomillashtirish va o‘qitish sifatini oshirishga qaratilgan;
Hududlarda xorijiy turistlar oqimini oshirishda jahon savdo bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lishga xizmat qiladigan hamda savdo-sotiq ishlarini rivojiga katta hissa qo‘shayotgan EIZning kichik bir shakli bo‘lgan “Duty Free” bojsiz savdo do‘konlarini yirik hamda turistik shaharlarda ochish maqsadga muvofiqligi asoslangan taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 12 yanvardagi PF-9 son “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining 2-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 4 martdagi 04-07-27-2354-son ma’lumotnomasi). Bunday do‘konlar turistik shaharlarda turistlar oqimini hamda savdosini 25-30 foizga oshiradi;
Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishda samarali yondoshuv sifatida hududiy ichki bozorga yoʻnaltirilgan hamda servis xizmatlariga  ixtisoslashgan “Buxoro turizm va servis” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish  taklifidan O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 17 fevraldagi O‘RQ-604-son “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonunining 2 – bobning 4 va 5 moddalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 4 martdagi 04-07-27-2354-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga qo‘llanilishi hududlarda turistlar oqimining 20 foizga, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmining 25 foizga oshirish imkoniyatini yaratadi;
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi ustun hududlarda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishda eng maqbul shakl sifatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish, qayta ishlash va boshqa turdagi ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirishga ixtisoslashgan hududiy ilmiy, iqtisodiy, tabiiy-iqlimiy, kadrlar salohiyatiga asoslanuvchi “yashil hudud” – “Buxoro agropolisi”ni tashkil etish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 23 noyabrdagi PF-199-son “Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “yashil makon” ummumilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining 12-bandi, 4-xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 4 martdagi 04-07-27-2354-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi hududlarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini 15-25 foizga oshirishi, hududiy ixtisoslashuvni kuchaytirishi va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining diversifikatsiyalashuvini kengaytirish imkoniyati yaratildi.
Turistik shaharlarda turistlar oqimini oshirishda tarixiy-etnografik komponentlar hamda turizm servisining milliy shakllariga asoslanuvchi “Buxoro Arki turizm mahallasi” erkin turizm hududini tashkil etish maqsadga muvofiqligi asoslangan taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi PF-5781-son “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining 2-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 4 martdagi 04-07-27-2354-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilinishi Buxoro shahriga turistlar oqimini oshishiga sabab bo‘ladi hamda shahar tarixiy obidalarining saqlab qolinishi imkoniyatlarini oshiradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish