Mirzaev Rahmatulla Ibodullaevichning 
 fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning konstitusiyaviy-huquqiy asoslari”, 12.00.02 - “Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Yu179.
Ilmiy konsultant: yuridik fanlar doktori, professor Tursunov Axtam Salomovich     
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Yu.20.02.
Rasmiy opponentlar: 
yuridik fanlar doktori, professor Roʻzmetov Xayrillo Ibodullaevich;
yuridik fanlar doktori, professor Gʻafurov Asqar Boisovich;
yuridik fanlar doktori, professor Qodirov Bobiromon Bekmurodovich.
Yetakchi tashkilot: Ozbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti  
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashishning konstitusiyaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar hamda amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yoshlarni har qanday qonun buzilishiga, ayniqsa, korrupsiya holatlariga qarshi murosasizlik ruhida tarbiyalashda ishontirish, mashq qildirish va mustaqil ishlash, kuzatish, rag‘batlantirish, o‘rnak ko‘rsatish va shaxsiy namuna kabi usullardan foydalanish lozimligi asoslangan;
korrupsiyaning eng ommabop tasnifini tanlashda uning qat’iy belgilangan mezonlar asosida namoyon bo‘lish sohalarini, subektlarning holatini, korrupsiyaning ijtimoiy xavflilik darajasini kiritish zarurligi asoslab berilgan;  
o‘sib kelayotgan yosh avlodni korrupsiyaga qarshi kurashishga o‘rgatish, ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlariga yoshlarni  faol jalb etish va fuqarolarda bolalikdan korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish to‘g‘risida ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish zarurligi asoslantirilgan;
yosh avlodga ta’lim olish va keyinchalik ishga joylashish, shuningdek, ishdan ajralmagan holda o‘qish imkoniyatlari haqida ma’lumot beruvchi maslahat markazlari tizimini tashkil etish; byudjet mablag‘larini sarflashni qat’iy nazorat qilish tizimi, kafolatlangan ijtimoiy grantlar berish yo‘li bilan barcha ta’lim muassasalarini davlat tomonidan moliyalashtirishni ta’minlash zarurligi asoslab berilgan;  
ta’lim tizimining turli bosqichlari uchun pedagog xodimlarning axloq kodekslarini ishlab chiqish va ularni mamlakatning turli hududiy ta’lim muassasalariga joriy etish bo‘yicha taklif asoslantirilgan;
pedagogik jarayonga innovasion, ilg‘or va xalqaro ta’lim standartlarini joriy etish, ta’lim-tarbiya sifatini ta’minlash talablariga rioya etilishini nazorat qiluvchi, xususan, oliy ta’lim tizimida o‘quv dasturi  davomida kredit-modul tizimi, zamonaviy o‘qitish texnologiyalari hamda interaktiv uslublarni keng joriy etish, ta’lim jarayonida akademik halollikni ta’minlash va unga qat’iy rioya etilishini muvofiqlashtiruvchi kollegial organ,  Akademik halollik kengashini tashkil etish zarurati asoslab berilgan;  
oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish tuzilmalari mustaqil emas. Shu bois oliy ta’lim tizimidagi manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va bartaraf etish mexanizmlarini joriy etishda ushbu tuzilmalarning mustaqilligini ta’minlash, ularning faoliyati samaradorligini oshirish zaruriyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning konstitusiyaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
yoshlarni har qanday qonun buzilishiga, ayniqsa, korrupsiya holatlariga qarshi murosasizlik ruhida tarbiyalashda ishontirish, mashq qildirish va mustaqil ishlash, kuzatish, rag‘batlantirish, o‘rnak ko‘rsatish va shaxsiy namuna kabi usullardan foydalanish kerakligi to‘g‘risidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktyabrdagi 595-son qarori bilan tasdiklangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalarining 9-bandi sakkizinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022 yil 13 dekabrdagi №12/21-93-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklif oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarini ma’naviy-axloqiy qadriyatlar asosida tarbiyalash metodikalarini takomillashtirishga, fidoiylik va vatanparvarlik kabi tuyg‘ularni yoshlar ongiga singdirib borish uchun xizmat qilgan;
korrupsiyaning eng ommabop tasnifini tanlashda uning qat’iy belgilangan mezonlar asosida namoyon bo‘lish sohalarini, subektlarning holatini, korrupsiyaning ijtimoiy xavflilik darajasini kiritish zarurligi bo‘yicha berilgan taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi PF-200-son Farmoniga 1-ilova tarzida keltirilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan DAVLAT DASTURI”ning “Yangi O‘zbekiston sharoitida amalga oshirilayotgan islohotlardan kelib chiqib, korrupsiyaga qarshi kurashishning qonuniy asoslarini yanada takomillashtirish” – deb nomlangan 1-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligining 2024 yil 1-iyuldagi №7 sonli Dalolatnomasi). Joriy etilgan ushbu taklif O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning, xususan, ta’lim tizimida korrupsiyaga oid xavf-hatarlar yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, korrupsiya ko‘rinishlari namoyon bo‘lishiga olib keladigan tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlar ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi;
o‘sib kelayotgan yosh avlodga korrupsiyaga qarshi kurashishga o‘rgatish, ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlariga yoshlarni faol jalb etish va fuqarolarda bolalikdan korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish to‘g‘risida ta’lim beruvchi dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish zarurligi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi PF-200-son Farmoniga 1-ilova tarzida keltirilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan DAVLAT DASTURI”ning “Yangi O‘zbekiston sharoitida amalga oshirilayotgan islohotlardan kelib chiqib, korrupsiyaga qarshi kurashishning qonuniy asoslarini yanada takomillashtirish” – deb nomlangan 19-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligining 2024 yil 1-iyuldagi №7 sonli Dalolatnomasi). Joriy etilgan ushbu taklif O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning, xususan, ta’lim tizimida korrupsiyaga oid xavf-hatarlar yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, korrupsiya ko‘rinishlari namoyon bo‘lishiga olib keladigan tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlar ijrosini ta’minla hamda ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini mustahkamlashga xizmat qiladi;
yosh avlodga ta’lim olish va keyinchalik ishga joylashish, shuningdek, ishdan ajralmagan holda o‘qish imkoniyatlari haqida ma’lumot beruvchi maslahat markazlari tizimini tashkil etish; byudjet mablag‘larini sarflashni qat’iy nazorat qilish tizimi bilan kafolatlangan ijtimoiy grantlar berish yo‘li bilan barcha ta’lim muassasalarini davlat tomonidan moliyalashtirishni ta’minlash zarurligi bo‘yicha berilgan taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2024 yil 19 apreldagi 03/10-1093-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif oliy ta’lim muassasalari talabalariga ta’lim olish va ishga joylashish imkoniyatlari kengayishiga xizmat qiladi;
ta’lim tizimining turli bosqichlari uchun pedagog xodimlarning axloq kodekslarini ishlab chiqish va ularni mamlakatning turli hududiy ta’lim muassasalariga joriy etish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2024 yil 19 apreldagi 03/10-1093-sonli ma’lumotnomasi). Amaliyotga joriy etilgan mazkur Axloq kodeksi ta’lim muassasalari pedagog xodimlarning faoliyatida korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga xizmat qiladi;
pedagogik jarayonga innovasion, ilg‘or va xalqaro ta’lim standartlarini joriy etish, o‘qitish  va tarbiyalash sifatini ta’minlash talablariga rioya etilishini nazorat qiluvchi, xususan, Oliy ta’lim tizimida o‘quv dasturi  davomida kredit-modul tizimi, zamonaviy o‘qitish texnologiyalari hamda interaktiv uslublarni keng joriy etish, ta’lim jarayonida akademik halollikni ta’minlash va unga qat’iy rioya etilishini muvofiqlashtiruvchi kollegial organ,  Akademik halollik kengashini tashkil etish bo‘yicha taklif qabul qilinib, amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2024 yil 19 apreldagi 03/10-1093-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif bo‘yicha ta’lim muassasalarida tuziladigan akademik halollik kengashi pedagogik jarayonga innovasion, ilg‘or va xalqaro ta’lim standartlarini joriy etish, o‘qitish va tarbiyalash sifatini ta’minlashga xizmat qiladi;
oliy ta’lim tizimida manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va bartaraf etish mexaniizmlarini joriy etishda “Komplaens nazorat” tuzilmalarining mustaqilkigini ta’minlash, ularning faoliyati samaradorligini oshirish zaruriyati bo‘yicha berilgan taklifdan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasinii rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish”-deb nomlangan 34-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Yuksalish” umummilliy harakatining 2021 yil 27 oktyabrdagi №119/27-10-2021 sonli Ma’lumotnomasi). Ushbu taklif ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishga, “Komplaens nazorat” tizimininng mustaqilligini ta’minlash uchun xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish