Umirzakova Maloxat Roxatalievnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Turkistonda soliq siyosati va uning oqibatlari (1917–1924-yillar), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Tar340.
Ilmiy rahbar: Rasulov Abdulla Nuritdinovich  tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Tar.05.05.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov Soibjon Abdurazzaqovich – tarix fanlari doktori, Nuriddinov Turdali Qambarovich – tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tarixiy manbalardagi ma’lumotlarga tayangan holda sovet hokimiyatining Turkistonda soliq siyosatini amalga joriy etishi, tahlili, mazmun-mohiyati hamda oqibatlarini yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Muvaqqat hukumat va sovet hokimiyatining dastlabki yillarida Turkistonda soliq tizimini yuritishdagi distruktiv boshqaruv siyosati va uning salbiy oqibatlari, Rossiya imperiyasidan meros bo‘lib o‘tgan soliqlarni undirishni davom ettirilishi, RSFSRning soliqqa oid me’yoriy hujjatlari o‘lkada majburiy kuchga ega bo‘lib, Markaz manfaatlari uchun xizmat qilganligi, mahalliy byudjetni shakllantirish va harbiy sohadagi chiqimlarni qoplash maqsadida turli soliqlarni joriy etilishi, soliq undirishda sinfiy yondashuvlar, mahalliy aholining huquq va imtiyozlardan sun’iy tarzda mahrum qilinganligi, soliqlarni talon-taroj va zo‘ravonlik yo‘li bilan undirilganligi, aholi vakillari soliq to‘lashdan bosh tortganligi uchun otuvga hukm qilinganligi aniqlangan;
Sovet hokimiyati tomonidan aholi ta’minotida G‘alla majburiyatini oziq-ovqat taqsimotiga almashtirilishi, Mahsulot solig‘ining joriy etilishi, Ochlik solig‘ini 3 funt qora non bahosida to‘lashi, Umumfuqaro solig‘ini oyma-oy oshirilishi hamda 27 turdagi mahalliy va umumdavlat soliqlarini to‘lashda aholi o‘z uylarini sotishga majbur bo‘lganligi, mehnat qurollarini soliq hisobiga topshirganligi natijasida ekin ekish ishlarida qatnasha olmaganligi, soliqlarni pul hisobida undirish joriy etilganligi arxiv manbalari asosida dalillandi;
Yagona qishloq xo‘jalik solig‘i sug‘oriladigan erlarining 9 toifaga ajratilgan holda undirilganligi, yashirilgan er va hayvonlar hisobini yuritishda qurolli kuchlardan foydalanilganligi, irrigatsiya inshootlarini tiklash uchun oblastlardan 750.000 rubl miqdoridagi Suv solig‘i, qishloq xo‘jalik erlarining 1 tanobidan 25 kopeek, tegirmonlardan 6 rubl oltin hisobida mazkur soliqning undirilganligi, aholini majburlash kuchi ostida Ot-ulov va mehnat majburiyatlariga safarbar etilganligi tarixiy manbalar asosida tahlil qilindi;
Turkistonda 1917–1922-yillarda Oziq-ovqat xalq komissarligi tasarrufidagi soliq idoralarining ziddiyatli faoliyati, 1923-yildan Turkiston moliya ishlari xalq komissarligi tizimida soliq idorasi xodimlariga berilgan imtiyozlar, soliqqa tortish va undirish jarayonidagi sa’y-harakatlar, soliq to‘lashni targ‘ib qilishda bir necha tilda qo‘llanmalar tayyorlanganligi, soliq idoralari faoliyati aniq tizim ostida ishlamaganligi, mansabdor shaxslar tomonidan soliqlarni o‘zlashtirish, talon-taroj qilingan mulklarga egalik qilish, aholini soliq to‘lashdagi noroziliklari, soliq idoralari xodimlariga nisbatan tahdid, kaltaklash, aholi tomonidan qilingan murojaatlarni vaqtida ko‘rib chiqilmaganligi, soliq to‘lashdan bosh tortganlik uchun 8 turdagi maxsus jazolarning ishlab chiqilganligi va aholi vakillarining nohaq hibsda ushlab turilganligi aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1917–1924-yillarda Turkistonda soliq siyosati va uning oqibatlariga doir olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida: 
Muvaqqat hukumat va sovet hokimiyatining dastlabki yillarida Turkistonda soliq tizimini yuritishdagi distruktiv boshqaruv siyosati va uning salbiy oqibatlari, xususan, Rossiya imperiyasidan meros bo‘lib qolgan to‘lovlarni undirishni davom ettirilishi, RSFSRning sohaga oid me’yoriy hujjatlari o‘lkada majburiy kuchga ega bo‘lib, Markaz manfaatlari uchun xizmat qilganligi, mahalliy byudjetni shakllantirish va harbiy sohadagi chiqimlarni qoplash maqsadida turli soliqlarni joriy etilishi, uni undirishda sinfiy yondashuvlar, talon-taroj va zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yilgani, mahalliy aholining huquq va imtiyozlardan sun’iy tarzda mahrum qilinganligi, aholi vakillari soliq to‘lashdan bosh tortganligi uchun otuvga hukm qilinganligiga doir hujjatlar va ular asosida olingan ilmiy natijalaridan Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyining “Tarix” bo‘limi manbalarini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2024-yil 15-noyabrdagi 04-05/4358-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar muzeyga tashrif buyruvchilar va yosh avlodning O‘zbekiston tarixi bilan bog‘liq bilim, tassavurlarini yanada boyitilishiga hamda ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lishiga imkon bergan; 
Sovet hokimiyati tomonidan aholi ta’minotida g‘alla majburiyatini “oziq-ovqat razvyorstkasi”ga almashtirilishi, “oziq-ovqat solig‘i”ning joriy etilishi, “ochlik solig‘i”ni 3 funt qora non bahosida to‘lanishi, “umumfuqaro solig‘i”ni muntazam oshirilishi hamda, 27 turdagi soliqlarini to‘lashda aholi o‘z uylarini sotishga va mehnat qurollarini topshirishga majbur bo‘lganligi, oqibatda ekin ekish ishlarida qatnasha olmaganligi, soliqlarni pul hisobida undirish joriy etilganligiga oid materiallaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DMning “Tarix so‘zlaganda”, “Millat va ma’naviyat” dasturlar senariysida (2023–2024-yillarda) foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” Davlat muassasasining 2024-yil 28-noyabrdagi 04-36/1221-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlarning Turkistonda soliq siyosati va uning oqibatlariga doir bilan bogʻliq bilim, tassavurlarini yanada boyitilishiga hamda ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lishiga imkon bergan; 
Yagona “Qishloq xo‘jalik solig‘i” sug‘oriladigan erlarning 9 toifaga ajratilgan holda undirilganligi, yashirilgan er va hayvonlar hisobini yuritishda qurolli kuchlardan foydalanilganligi, irrigatsiya inshootlarini tiklash uchun oblastlardan 750.000 rubl miqdoridagi “suv solig‘i”, qishloq xo‘jalik erlarining 1 tanobidan 25 kopeek, tegirmonlardan 6 rubl oltin hisobida “suv solig‘i”ning undirilganligi, aholini majburlab ot-ulov va mehnat majburiyatlariga safarbar etilganligiga doir materiallaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DMning “Tarix so‘zlaganda”, “Millat va ma’naviyat” dasturlar senariysida (2023–2024-yillarda) foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” Davlat muassasasining 2024-yil 28-noyabrdagi 04-36/1221-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlarning O‘zbekiston tarixi, jumladan Turkistonda soliq siyosati va uning oqibatlariga bilan bogʻliq bilim, tassavurlarini yanada boyitilishiga xizmat qilgan;
Turkistonda 1917–1922-yillarda Oziq-ovqat xalq komissarligi tasarrufidagi sohaga doir idoralarning ziddiyatli faoliyati, jumladan ularning aniq tizim ostida ishlamaganligi, mansabdor shaxslar tomonidan tushgan mablag‘larning o‘zlashtirilishi, 1923-yildan ayni muassasa xodimlariga berilgan imtiyozlar, soliqni to‘lash targ‘ibotiga oid bir necha tilda qo‘llanmalar tayyorlanganligi, undirish jarayonida talon-taroj qilingan mulklarga egalik qilish, bu borada aholining noroziliklari (tahdid, kaltaklash, nohaq hibsda ushlab turish), qilingan murojaatlarni vaqtida ko‘rib chiqilmaganligi, to‘lovlardan bosh tortganlik uchun 8 turdagi maxsus jazolarning ishlab chiqilganligiga materiallardan sohaga oid dastur va loyihalarda foydalanilangan. (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2024 -yil 3-dekabrdagi 18/1-123406-son ma’lumotnonasi). Natijada, Turkistonda soliq siyosati va uning oqibatlarini tahlil qilinib, masalaga doir targ‘ibot ma’lumotlarni boyitilishiga, tizimga oid amaliyotda tajriba bo‘lishiga va uning salbiy oqibatlaridan xulosalar chiqarilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish