Jo‘raev Isroil Ibrohimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Banklararo raqobat sharoitida tijorat banklari depozit operatsiyalarini takomillashtirish”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Iqt638
Ilmiy rahbar: Omonov Akrom Abdinazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ismailov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Toshpo‘latov Davron Akromovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Alfraganus University
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklari depozit operatsiyalarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarida “Raqamli depozit ekotizimi”ni yaratish orqali onlayn depozit mahsulotlarini sotishni kengaytirish asosida bank mijozlar sonini oshirish va depozit bazasini mustahkamlash asoslangan;
banklararo raqobat sharoitida depozitlarni jalb qilishni rag‘batlantirishning bonus tizimlarini, hamda mijozlarning ijtimoiy holati, moliyaviy maqsadlari, daromad darajasi, to‘lov qobiliyati kabi talablariga mos “ma’qbullashgan depozit” xizmatini joriy etish asosida bank depozitlari hajmini oshirish taklifi asoslangan;
tijorat banklari depozitlarining bank majburiyatlari va mamlakat yalpi ichki mahsulotiga mutanosib o‘sishiga erishishni ta’minlash orqali bank tizimining likvidlik darajasini mustahkamlash, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash hamda iqtisodiyotning investisiya salohiyatini oshirish taklif etilgan;
banklararo raqobat sharoitida kredit portfelining resurs bilan ta’minlanganlik darajasini kamida 70 foizgacha depozitlar hisobidan qoplash imkonini beruvchi, mijozlar bazasini kengaytirishga yo‘naltirilgan mexanizm taklif etilgan;
tijorat banklarining depozit bazasi barqarorligiga ta’sir etuvchi omillar tahlili asosida tijorat banklari depozitlarining 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Banklararo raqobat sharoitida tijorat banklari depozit operatsiyalarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
tijorat banklarida “Raqamli depozit ekotizimi”ni yaratish orqali onlayn depozit mahsulotlarini sotishni kengaytirish asosida bank mijozlar sonini oshirish va depozit bazasini mustahkamlashga doir taklifi ATB Agrobank va AT Aloqabank faoliyatiga joriy etilgan (ATB Agrobankning 2025-yil 4-fevraldagi 04/02-10/042-sonli ma’lumotnoma va AT Aloqabankning 2025-yil 14-apreldagi 25-04/1651-sonli ma’lumotnoma). Natijada, ATB Agrobankning onlayn omonatchilari soni 2024-yilning to‘rtinchi choragida 1,5 barobarga, AT Aloqabankda depozit mablag‘lar hajmi 2024-yilda o‘tgan 2023-yilning mos davriga 1 913 mlrd.so‘mga yoki 2,2 barobarga ortgan;
banklararo raqobat sharoitida depozitlarni jalb qilishni rag‘batlantirishning bonus tizimlarini, hamda mijozlarning ijtimoiy holati, moliyaviy maqsadlari, daromad darajasi, to‘lov qobiliyati kabi talablariga mos “ma’qbullashgan depozit” xizmatini joriy etish asosida bank depozitlari hajmini oshirishga oid taklifi AT Aloqabank Kuzatuv kengashining 2024-yil 01-avgustdagi 55/2-sonli bayoni bilan tasdiqlangan “Yangi mijoz va qulay foizli depozitlar jalb qilishni moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi nizomni ishlab chiqishda foydalanilgan (AT Aloqabankning 2025-yil 14-apreldagi 25-04/1651-sonli ma’lumotnoma). Natijada, bankning mijozlar soni va depozitlar qoldig‘ining o‘sishida ijobiy natija bergan holda 2024-yil 1-avgust holatiga bankning yuridik mijozlaridan jalb qilingan depozitlar qoldig‘i 7 255,8 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yil yakunida jami depozitlar qoldig‘i 8 585,3 mlrd. so‘m yoki tahlil davrida 18 foizga oshishiga erishilgan;
tijorat banklari depozitlarining bank majburiyatlari va mamlakat yalpi ichki mahsulotiga mutanosib o‘sishiga erishishni ta’minlash orqali bank tizimining likvidlik darajasini mustahkamlash, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, hamda iqtisodiyotning investisiya salohiyatini oshirishga oid taklifi ATB Agrobank tomonidan amaliyotga joriy etilgan (ATB Agrobankning 2025-yil 4-fevraldagi 04/02-10/042-sonli ma’lumotnoma). Natijada ATB Agrobankning depozit bazasining mustahkamligi ta’minlanib, depozitlarning bank majburiyatlari tarkibidagi ulushi 2025-yil 1-yanvar holatiga o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,3 foizga oshishiga erishilgan;
banklararo raqobat sharoitida kredit portfelining resurs bilan ta’minlanganlik darajasini kamida 70 foizgacha depozitlar hisobidan qoplash imkonini beruvchi, mijozlar bazasini kengaytirishga yo‘naltirilgan mexanizmi taklifi AT Aloqabank Kuzatuv kengashining 2024-yil 25-noyabrdagi 90-sonli yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan 90-sonli “AT Aloqabankning 2025-yil uchun mo‘ljallangan biznes-rejasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (AT Aloqabankning 2025-yil 14-apreldagi 25-04/1651-sonli ma’lumotnoma). Natijada, AT Aloqabankning kredit portfelini depozitlar asosida moliyalash koeffisienti 2023-yil 31-dekabr holatiga 90 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yilning mos davrida 109 foizni tashkil etgan yoki tahlil davrida 19 foizga oshgan;
tijorat banklarining depozit bazasi barqarorligiga ta’sir etuvchi omillar tahlili asosida tijorat banklari depozitlarining 2025–2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz ssenariylari ishlab chiqishga doir taklifi ATB Agrobankning 2025-yil uchun “Depozit siyosati to‘g‘risida”gi tartibida inobatga olingan (ATB Agrobank 2025-yil 4-fevraldagi 04/02-10/042-sonli ma’lumotnoma). Natijada, tijorat banklari depozit mablag‘lariga eng kuchli ta’sir qiluvchi omil real YaIM (lnYIM) o‘rtacha bir foizga ortishi, depozitlar qoldig‘ini (lnDQ) o‘rtacha 1,12 foizga, inflyasiya darajasining (lnID) o‘rtacha bir foizga ortishi, depozitlar qoldig‘ini (lnDQ) o‘rtacha -0,01 foizga kamayishiga, milliy valyutada majburiy zahira normasi (lnMZN) o‘rtacha bir foizga ortishi, depozitlar qoldig‘ini (lnDQ) o‘rtacha -0,01 foizga kamayishiga, bank foydasi (lnBF) o‘rtacha bir foizga ortishi, depozitlar qoldig‘ini (lnDQ) o‘rtacha 0,04 foizga ortishiga olib kelishi empirik tahlillar asosida aniqlangan.