Seytniyazova Guljahan Mirzag‘alievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Zamonaviy qoraqalpoq shoirlari asarlari o‘zbekcha va inglizcha badiiy tarjimalarida mutarjim mahorati”, 10.00.06. ‒ Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4. PhD/Fil 2984.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Gaylieva Ogulbay Kurbanmuradovna, filologiya fanlari doktori, (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kazaxbaev Sarsen Seilbekovich filologiya fanlari doktori, (DSc) dotsent, Abidova Roxatoy Xudayberganovna filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Zamonaviy qoraqalpoq shoirlari poetik asarlari o‘zbekcha va qoraqalpoqcha badiiy tarjimalari manzarasini tipologik talqin etish hamda tarjimon individual mahorati qirralarini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
jahon va turkiy xalqlar adabiyotshunosligida badiiy tarjima muammosining o‘rganilish tarixi tipologik yondashuv asosida ko‘rib chiqilib, mavjud qarashlarga pozitiv ilmiy munosabat baho berilgan hamda zamonaviy qoraqalpoq shoirlari asarlarining o‘zbekcha va inglizcha badiiy tarjimalarida tarjimon mahorati amaliy misollar asosida aniqlangan;
tadqiqotda zamonaviy qoraqalpoq shoirlari asarlarini tarjima qilish jarayonida milliy leksik birliklarni etkazish, o‘ziga xos mental-madaniy xususiyatlarni saqlab qolish, ayniqsa ingliz tiliga tarjimada yuzaga keladigan qiyinchiliklarni engib o‘tishda tarjimonning individual mahorati asosida amalga oshirilgan muqobil tarjima echimlari tahlil qilindi. Bu jarayonda qoraqalpoq va o‘zbek tillari mushtarakligi tarjimonga badiiy ekvivalentlarni izlashda nisbatan qulaylik yaratishi asoslab berilgan;
tarjimonning poetik-estetik idroki va matn asliyatiga sodiqlik masalasi ilk bor zamonaviy qoraqalpoq she’riyati asosida har ikki til kontekstida (o‘zbek va ingliz) qiyosiy o‘rganilib, tarjimada kontekstual moslik va funksional ekvivalentlik mezonlari aniqlashtirildi. Bunda ayniqsa metafora va troplarning tarjimadagi ifoda uslublari va tarjima strategiyalari tizimli asosda ilmiy baholangan;
hozirgi qoraqalpoq shoirlari asarlarining o‘zbekcha va inglizcha tarjimalari qiyosiy-tekstologik jihatdan o‘rganilib, ayniqsa inglizcha tarjimalarda uchraydigan qisqartmalar, leksik va sintaktik transformatsiyalar holati nazariy umumlashtirilib, tarjimonning individual tarjima tamoyillarining shakllanishiga ta’sir qiluvchi lingvokulturologik omillar aniqlanib, ular amaliy tahlil bilan mustahkamlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zamonaviy qoraqalpoq shoirlari asarlari o‘zbekcha va inglizcha badiiy tarjimasida tarjimon ifoda uslubi hamda poetik mahorati bo‘yicha olib borilgan tadqiqot, olingan ilmiy natijalar asosida:
jahon va turkiy xalqlar adabiyotshunosligida badiiy tarjima muammosining o‘rganilish tarixi tipologik yondashuv asosida ko‘rib chiqilib, mavjud qarashlarga pozitiv ilmiy munosabat baho berilgan hamda zamonaviy qoraqalpoq shoirlari asarlarining o‘zbekcha va inglizcha badiiy tarjimalarida tarjimon mahorati amaliy misollar asosida aniqlangan ilmiy-nazariy qarashlardan FA-F1-005 – “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” (2017– 2020-yillar) mavzularida innovatsion tadqiqot loyihasini amalga oshirishda, shuningdek, zamonaviy qoraqalpoq shoirlari asarlari o‘zbekcha va inglizcha badiiy tarjimasida tarjimon qo‘llagan ijodiy va so‘zma-so‘z usullarda yutuq va kamchiliklarni aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 9-oktyabrdagi 460/1-sonli ma’lumotnomasi). Natija o‘laroq tarjimonning poetik-estetik idroki va matn asliyatiga sodiqlik masalasi ilk bor zamonaviy qoraqalpoq she’riyati asosida har ikki til kontekstida (o‘zbek va ingliz) qiyosiy o‘rganilib, tarjimada kontekstual moslik va funksional ekvivalentlik mezonlari aniqlashtirilgan va bunda ayniqsa metafora va troplarning tarjimadagi ifoda uslublari va tarjima strategiyalari tizimli asosda ilmiy baholangan metodologik xususiyatlarni oydinlashtirishga erishilgan;
tadqiqotda zamonaviy qoraqalpoq shoirlari asarlarini tarjima qilish jarayonida milliy leksik birliklarni etkazish, o‘ziga xos mental-madaniy xususiyatlarni saqlab qolish, ayniqsa ingliz tiliga tarjimada yuzaga keladigan qiyinchiliklarni engib o‘tishda tarjimonning individual mahorati asosida amalga oshirilgan muqobil tarjima echimlari tahlil qilindi. Bu jarayonda qoraqalpoq va o‘zbek tillari mushtarakligi tarjimonga badiiy ekvivalentlarni izlashda nisbatan qulaylik yaratishi asoslab berilgan ilmiy-nazariy qarashlarga asoslanib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyida qoraqalpoq shoirlari asarlari o‘zbekcha va inglizcha badiiy tarjimasida milliy koloritni qayta tiklash muammolari talqini bo‘yicha ko‘rgazma va ekskursiya jarayonlarida, muzeyga tashrif buyurgan mehmonlar bilan inglizcha muloqot o‘rnatishda, mutarjim mahoratini tipologik talqin etish, qoraqalpoq shoirlari asarlari o‘zbekcha va inglizcha badiiy tarjimasida milliy koloritni ta’minlash bilan bog‘liq qarashlar ilmiy-nazariy anjumanlarda ma’ruzalar shaklida e’lon qilindi (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyining 2024-yil 30-sentyabrdagi 01-02/03-180-(sonli ma’lumotnomasi). Bu natijalar o‘zbek va ingliz tillarida uchraydigan maishiy leksika, istorizmlar, arxaizmlarni tarjima qilishga asos vazifasini o‘taydi;
hozirgi qoraqalpoq shoirlari asarlarining o‘zbekcha va inglizcha tarjimalari qiyosiy-tekstologik jihatdan o‘rganilib, ayniqsa inglizcha tarjimalarda uchraydigan qisqartmalar, leksik va sintaktik transformatsiyalar holati nazariy umumlashtirilib, tarjimonning individual tarjima tamoyillarining shakllanishiga ta’sir qiluvchi lingvokulturologik omillar aniqlanib, ular amaliy tahlil bilan mustahkamlangan faktik materiallardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, radioeshittirish hamda teleko‘rsatuvlarda, xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining “Til baylıǵı ‒ el baylıǵı”, “Tilge itibar ‒ elge itibar” dasturlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasi 2024-yil 25-sentyabrdagi № 05-22/424-sonli ma’lumotnomasi). Natijada joriy kunda qoraqalpoq shoirlari asarlarining xorijiy va turkiy tillarga tarjimasi amalga oshirilib, madaniy hamkorlik hamda adabiy aloqalar rivoji, yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishga qiziqishini oshirish bo‘yicha tavsiya va mushohadalar ommaviy targ‘ibotiga hissa qo‘shilgan.