Cho‘llieva Gulchexra Toshpo‘lot qizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumot 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ohang nutqiy muloqotning tarkibiy qismi (badiiy asarlar asosida)” 10.00.01 – O‘zbek tili
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil1098
Ilmiy rahbar: Yuldasheva Dilorom Nigmatovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09
Rasmiy opponentlar: Yusupova Ra’no Norboevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor;  Haydarov Anvar Askarovich, filologiya fanlari nomzodi, professor 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ohang nutqiy muloqotning tarkibiy qismi ekanligini badiiy asarlardan olingan misollar asosida lingvomadaniy va lingvoma’naviy aspektda asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nutqiy muloqot jarayonidagi ohang tushunchasi zamon va makon, shart-sharoit, maqsad/sabab va oqibat bilan uzviy bog‘langan o‘ta qisqa bir zamonda sodir bo‘ladigan pragmatik vosita ekanligi badiiy matnlardan olingan parchalar asosida ochib berilgan;
nutqiy muloqotning tarkibiy qismi bo‘lgan ohang nafaqat jonli muloqotning, balki shaxsning ruhiy, individual, ijtimoiy, axloqiy, ma’naviy, madaniy va gender xususiyatlarini o‘zida aks ettira oladigan  nutq komponenti ekanligi asoslangan;
badiiy asarlarda ifodalangan nutqiy muloqot jarayonida xotin-qizlar ohangida: hurmat-e’tibor; andisha, hayo-ibo; o‘pkalanish; o‘zbek onalariga xos mehr-muhabbat; erki bo‘g‘ilgan ayol; havasni yuzaga chiqarish vositasi; itoatkorlik, sir saqlash va erkak kishi bilan suhbati jarayoni ohang qo‘rquv, itoat, suhbatdoshning rizoligi, biror ishga xayrixohligi, behalovatlik, pushaymonlik, ilojsizlik, savolga javob topolmaslik kabi ma’nolarni yuzaga chiqaruvchi semantik guruhlar aniqlangan;
o‘zbek milliy madaniyatida ohangning oksomoron tabiati badiiy asarlar asosida isbotlangan; adresat va adresantning ohangi nutqiy muloqot jarayonida xalq tarixi, madaniyati, tafakkuri, ruhiyati hamda ijtimoiy munosabatlarini yorituvchi lingvomadaniyatshunoslikka oid asosiy muloqot vositasi ularning dunuoqarashi, e’tiqodi hamda tafakkuri bilan bog‘liqligi, nutqiy muloqot jarayoni shakllanishida shaxs omilining muhim o‘ringa egaligi, olam manzarasining asosiy tasvir vositalaridan ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Olingan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan: 

nutqiy muloqot jarayonidagi ohang tushunchasi zamon va makon, shart-sharoit, maqsad/sabab va oqibat bilan uzviy bog‘langan o‘ta qisqa bir zamonda sodir bo‘ladigan pragmatik vosita ekanligi badiiy matnlardan olingan parchalar asosida ochib berilgan natijalardan F3-2019081663 raqamli “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimediya mahsulotlari to‘plamini (elektron lug‘atlar) yaratish” mavzusidagi fundamental loyihada (2020-2021-yy.) foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2024-yil 29-avgustdagi 1/04-115-son ma’lumotnomasi). Natijada elektron lug‘atlar yaratishda dissertatsiya xulosalariga tayanilgan;
nutqiy muloqotning tarkibiy qismi bo‘lgan ohang nafaqat jonli muloqotning, balki shaxsning ruhiy, individual, ijtimoiy, axloqiy, ma’naviy, madaniy va gender xususiyatlarini o‘zida aks ettira oladigan  nutq komponenti ekanligi asoslangan xulosalardan PZ-202005236-raqamli Oila psixologiyasi fanidan multimediya mahsulotini yaratish” (2021-2022-yillarga mo‘ljallangan) mavzusidagi innovatsion-tadqiqot loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2020-yil 7-sentabrdagi 01-04/5021-son ma’lumotnomasi). Natijada jamiyatda madaniy nutqning rivojlanishida psixologik tamoyillar, ularga amal qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqish imkoniyatini yaratgan;
badiiy asarlarda ifodalangan nutqiy muloqot jarayonida xotin-qizlar ohangida: hurmat-e’tibor; andisha, hayo-ibo; o‘pkalanish; o‘zbek onalariga xos mehr-muhabbat; erki bo‘g‘ilgan ayol; havasni yuzaga chiqarish vositasi; itoatkorlik, sir saqlash va erkak kishi bilan suhbati jarayoni ohang qo‘rquv, itoat, suhbatdoshning rizoligi, biror ishga xayrixohligi, behalovatlik, pushaymonlik, ilojsizlik, savolga javob topolmaslik kabi ma’nolarni yuzaga chiqaruvchi semantik guruhlar aniqlangan natijalardan 5220100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan “Tilshunoslikka kirish” darsligining “Nutq ko‘rinishlari: og‘zaki va yozma nutq” deb nomlangan qismini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 14-avgustdagi 418-101-raqamli guvohnomasi). Natijada darslik ma’lumotlari ohang nutqiy muloqot jarayonining muhim nolisoniy vositalaridan biri degan talqin bilan boyitilgan;
o‘zbek milliy madaniyatida ohangning oksomoron tabiati badiiy asarlar asosida isbotlangan; adresat va adresantning ohangi nutqiy muloqot jarayonida xalq tarixi, madaniyati, tafakkuri, ruhiyati hamda ijtimoiy munosabatlarini yorituvchi lingvomadaniyatshunoslikka oid asosiy muloqot vositasi ularning dunuoqarashi, e’tiqodi hamda tafakkuri bilan bog‘liqligi, nutqiy muloqot jarayoni shakllanishida shaxs omilining muhim o‘ringa egaligi, olam manzarasining asosiy tasvir vositalaridan ekanligi aniqlangan xulosalardan 2023-2024-yillarda O‘ZMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarining ssenariysini yozishda foydalanilgan va muallif bilan suhbatlar uyushtirilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali davlat muassasasi”ning 2024-yil 27-avgustdagi 26-36-902-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish