Bayniyazov Azatbay Tursınbaevichning
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Zamonaviy o‘zbek va turkman tarixiy romanlarida ulug‘vor shaxslar obrazining qiyosiy-tipologik tahlili”, 10.00.06. – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fil2753.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Gaylieva Ogulbay Kurbanmuradovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Turdibaev Qonaqbay Kewlimjaevich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Bo‘ranova Barno Menglibaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy o‘zbek va turkman tarixiy romanlarini qiyosiy-tipologik tahlil qilish orqali ulug‘vor shaxslar obrazini aniqlash va unda taniqli yozuvchilarning badiiy mahoratini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
zamonaviy o‘zbek va turkman tarixiy romanlarining janr sifatida shakllanishi va taraqqiyoti, ularning adabiy-ilmiy kontekstdagi o‘rni ilk bor qiyosiy-tipologik va tarixiy-madaniy aspektda tadqiq etildi. Natijada ikki xalq adabiyotida roman janrining o‘ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy-siyosiy va madaniy omillar ta’sirida shakllangan rivojlanish tendensiyalari asoslanib, ulug‘vor shaxslar obrazini yaratishda yozuvchi mahorati va adabiy estetik qarashlarining ifodasi, shuningdek, tarixiy voqealar tasvirida hayot haqiqatini badiiy sintez qilish qobiliyati zamonaviy tarixiy romanlarning shakllanishida hal qiluvchi omil sifatida nazariy jihatdan asoslab berilgan;
tarixiy romanlarda ulug‘vor shaxslar – shohlar, sarkardalar, mutafakkirlar obrazining yaratilish usullari o‘zbek va turkman adabiyotlari misolida qiyosiy-tipologik tahlil qilinib, yozuvchilarning obraz yaratishdagi badiiy-estetik mezonlari, tarixiy haqiqatga munosabati, uslubiy yondashuvlaridagi farqlar va o‘xshashliklar aniqlangan;
buyuk shoir Maxtumquli obrazi zamonaviy o‘zbek va turkman romanlarida alohida adabiy tahlil obekti sifatida o‘rganilib, tarixiy shaxs obrazini yaratishda yozuvchilarning poetik tasvir vositalaridan foydalanish uslublari, bitta mavzu asosida yaratilgan romanlar o‘rtasidagi adabiy-estetik tafovut va yaqinliklar, umumiylik va milliylik omillari qiyosiy-tipologik metod asosida aniqlashtirilgan;
tarixiy romanlar poetikasining tipologiyasi, ya’ni syujet-kompozisiya qurilishi, badiiy portret va xarakter yaratish, til va tasviriy vositalardan foydalanish jihatlari o‘zbek va turkman romanlari misolida taqqoslab o‘rganilib, yozuvchilarning obraz yaratishdagi uslubiy mahorati, xalq og‘zaki ijodiyoti unsurlaridan foydalanishi, stilistik jihatlar tizimli tarzda ilmiy tahlil qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy o‘zbek va turkman tarixiy romanlarida ulug‘vor shaxslar obrazining qiyosiy-tipologik tahlilini o‘rganish asosida olingan ilmiy natijalar quyidagi yo‘nalishda amaliyotga tatbiq qilindi:
zamonaviy o‘zbek va turkman tarixiy romanlarining janr sifatida shakllanishi va taraqqiyoti, ularning adabiy-ilmiy kontekstdagi o‘rni qiyosiy-tipologik va tarixiy-madaniy aspektda tadqiq etilib, ikki xalq adabiyotida roman janrining o‘ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy-siyosiy va madaniy omillar ta’sirida shakllangan rivojlanish tendensiyalari haqida bildirilgan fikrlarga munosabat bildirilib, ulug‘vor shaxslar obrazini yaratishda yozuvchi mahorati va adabiy estetik qarashlarining ifodasi, shuningdek, tarixiy voqealar tasvirida hayot haqiqatini badiiy sintez qilish qobiliyati zamonaviy tarixiy romanlarning shakllanishida hal qiluvchi omil sifatida nazariy jihatdan asoslangan qarashlardan amaldagi IL-7623031203 – “Janubiy Orolbo‘yi adabiy aloqalari antologiyasi va uning elektron platformasini yaratish (O‘zbek, turkman va qoraqalpoq adabiy aloqalari asosida), (2024–2026-jj.)” mavzusidagi Xalqaro innovatsion loyihasini amalga oshirishda, shu jumladan, zamonaviy o‘zbek va turkman tarixiy romanlar tipologiyasi, ularda tarixiy shaxslar obrazining badiiy ifodasi masalalarini aniqlashda foydalanilgan (Qoraqalpoq davlat universitetining 2024-yil 5-noyabrda 01-21-04/2496-son ma’lumotnomasi). Natijada tarixiy romanlar poetikasining tipologiyasi, ya’ni syujet-kompozisiya qurilishi, badiiy portret va xarakter yaratish, til va tasviriy vositalardan foydalanish jihatlari o‘zbek va turkman romanlari misolida taqqoslab o‘rganilib, yozuvchilarning obraz yaratishdagi uslubiy mahorati, xalq og‘zaki ijodiyoti unsurlaridan foydalanishi, stilistik jihatlar tizimli tarzda ilmiy tahlil qilishga erishilgan;
tarixiy romanlarda ulug‘vor shaxslar – shohlar, sarkardalar, mutafakkirlar obrazining yaratilish usullari o‘zbek va turkman adabiyotlari misolida qiyosiy-tipologik tahlil qilinib, yozuvchilarning obraz yaratishdagi badiiy-estetik mezonlari, tarixiy haqiqatga munosabati, uslubiy yondashuvlaridagi farqlar va o‘xshashliklar haqidagi ilmiy-nazariy qarashlarga asoslanib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyida zamonaviy o‘zbek va turkman romanlarida buyuk shoir Maxtumquli obrazi hamda shoir yashagan davr tarixiy voqealarni badiiy tasvirlashda va tarixiy shaxs obrazini yaratishda yozuvchilarning o‘ziga xos uslubini qiyosiy-tipologik shaklda aniqlash masalalarini tahlil qilish bo‘yicha ko‘rgazma va ekskursiya jarayonlarida, muzeyga kelgan ekskursiya mehmonlariga tushuntirildi va bu borada ilmiy qarashlar amaliy-nazariy konferensiyalarda ma’ruzalar shaklida e’lon qilindi (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyining 2024-yil 1-noyabr 01-02/03-202-son ma’lumotnomasi). Natijada buyuk shoir Maxtumquli obrazi zamonaviy o‘zbek va turkman romanlarida alohida adabiy tahlil obekti sifatida o‘rganilganligi, tarixiy shaxs obrazini yaratishda yozuvchilarning poetik tasvir vositalaridan foydalanish uslublari, bitta mavzu asosida yaratilgan romanlar o‘rtasidagi adabiy-estetik tafovut va yaqinliklar, umumiylik va milliylik omillarini qiyosiy-tipologik metod asosida aniqlashtirishda asos bo‘lgan;
tarixiy romanlar poetikasining tipologiyasi, ya’ni syujet-kompozisiya qurilishi, badiiy portret va xarakter yaratish, til va tasviriy vositalardan foydalanish jihatlari o‘zbek va turkman romanlari misolida taqqoslab o‘rganilib, yozuvchilarning obraz yaratishdagi uslubiy mahorati, xalq og‘zaki ijodiyoti unsurlaridan foydalanishi, stilistik jihatlar tizimli tarzda ilmiy tahlil qilingan daliliy materiallardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi joriy matbuot sahifalarida, radio eshittirish va teleko‘rsatuvlarda, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining “Ma’naviyat bo‘stoni” kabi dasturlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2024-yil 15-noyabrdagi №05-22/497-son ma’lumotnomasi). Natijada nasriy asarlarda keltirilgan mavzularning g‘oyaviy-mavzuviy dasturiga va ularning jamiyatimiz yoshlarining tarbiyasidagi o‘rniga alohida e’tibor berilgan va bu bo‘yicha keltirilgan ilmiy xulosalar keng jamoatchilik e’tiboriga havola etilgan.