Karamanov Asqar Narziqul o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Portlatish ishlari samaradorligini oshirish uchun havo bo‘shlig‘idan foydalangan holda portlovchi modda skvajinali zaryadlari konstruksiyasini optimallashtirish», 04.00.17 – Konchilikda fizik jarayonlar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T3062. 
Ilmiy rahbar: Ochilov Shuhratulla Atoevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, PhD.03/31.03.2023.T.03.06.
Rasmiy opponentlar: Nutfulloev Gafur Subxonovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Melikulov Abdusattar Djabbarovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: karerlarda portlatish ishlari samaradorligini oshirish uchun havo bo‘shlig‘idan foydalanish orqali PM skvajinali zaryadi konstruksiyasini optimallashtirish bo‘yicha texnologik echimlarni ishlab chiqish va asoslash hamda  tog‘ jinslarini parchalanish ko‘rsatkichlarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tog‘ jinslarini parchalash sifatini oshirish, katta o‘lchamli bo‘laklar chiqishini va PMlar sarfini kamaytirish maqsadida o‘q bo‘ylab havo bo‘shlig‘iga ega bo‘lgan skvajina zaryadlari parametrlarini hisoblashning yangi uslubiy yondashuvlari ishlab chiqilgan;
tog‘ jinslarini parchalash samaradorligini oshiradigan va PMlar sarfini kamaytiradigan, zaryadlar konstruksiyasini optimallashtirish imkonini beradigan skvajinadagi zaryadlarning o‘q bo‘ylab havo bo‘shlig‘ida zarbali havo to‘lqini frontining tarqalish tezligi sanoat PMlarining detonatsiya tezligiga, zaryad massasiga va bo‘shliqning turli masofalardagi kesim maydoniga bog‘liqligi aniqlangan;
skvajinali zaryadning o‘q bo‘ylab havo bo‘shlig‘ida zarbali havo to‘lqini frontining ta’sir vaqtiga, bo‘shliqning kesim yuzasiga va turli masofalardagi PM zaryadi massasiga bog‘liqligi aniqlangan; 
yuqori tezlikdagi videoregistratsiya yordamida haqiqiy modellarda o‘zaro to‘lqinli ta’sirni tahlil qilish va tog‘ jinslari namunalarida kuchlanish to‘lqinlarining parametrlarini aniqlash imkonini beruvchi havo bo‘shlig‘idagi zaryadlarning portlashini eksperimental tadqiq qilish metodikasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Portlatish ishlari samaradorligini oshirish uchun havo bo‘shlig‘idan foydalangan holda PM skvajinali zaryadlari konstruksiyasini ilmiy asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
havo bo‘shlig‘idan foydalangan holda PM skvajinali zaryadlari konstruksiyasini optimallashtirish orqali tog‘ jinslari massivini parchalash sifatini o‘rganish uslubi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning «Yoshlik-I» karerida joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2025 yil 17 yanvardagi SL-58-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, katta o‘lchamdagi bo‘laklarning paydo bo‘lishi qisqarishi va parchalanayotgan tog‘ jinslari massivining granulometrik tarkibini talab darajasida ta’minlash imkonini bergan;
skvajinaning pastki qismida havo bo‘shlig‘i va har xil detonatsiya tezligiga ega bo‘lgan ikki turdagi PMlar bilan qo‘llanadigan PM skvajinali zaryadlari konstruksiyasi “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning “Yoshlik-I” karerida joriy etilgan (“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning 2025 yil 17 yanvardagi SL-58-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, portlash energiyasini uzatish mexanizmi o‘zgartirilib, parchalash jarayoni vaqti uzaytirilgan, PM solishtirma sarfini 10% ga kamaytirish va parchalash sifatini 40% ga oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish