Beshimov Islom Akmaljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar asosida ueretan guruxli termo, fotobarqarot qoplamalarning olinish texnologiyasi», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5535.
Ilmiy rahbar: Axmedov Vohid Nizomovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirov To‘lqin Jumaevich, texnika fanlari doktori, professor; O‘rinov Ulug‘bek Komiljonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: uretan guruhli termo- va fotobarqaror polimer kompozisiyalar olish texnologiyasini ishlab chiqish va materiallarni olovbardoshligini yaxshilashda qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mochevina, malein kislota, kroton aldegid turli nisbatlarda sopolimerlanib, yuqori qovushqoqlikka ega termo fotobarqaror oligo(poli)merlar hosil bo‘lishi asoslangan;
reagenti bilan ishlov berilgan yog‘och namunalarining termobarqarorligi 300-537,4°C harorat oralig‘ida termal jarayonlarsiz ekzotermik massani yo‘qotish, 537,4 °C dan 748,7 °C gacha haroratda kuchli massa kamayishi - polimerning pirolitik parchalanishi, S – S oddiy bog‘larining uzunligi bilan destruksiya boshlanishi aniqlanib, kul hosil bo‘lishi 950 °C gacha davom etishi isbotlangan;
olingan foto- va termobarqaror birikmalarning turli konsentratsiyali eritmalari bilan ishlov berilgan namunalar kislorod indeksi bo‘yicha klassifikatsiyalanib, materiallarning o‘t olish xavfi pasaytirildi isbotlangan;
materiallarning kritik haroratga (600 °C) etish uchun zarur bo‘ladigan vaqt 48 minutgacha uzayishi bilan, himoya qoplamalari yog‘och kompozisiyalarni qiyin yonadigan materiallar turiga mos ekanligi isbotlangan;
mochevina, malein kislota, kroton aldegid asosida termo- va fotobarqaror materiallar olinish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Termo- va fotobarqaror polimer kompozisiyalar olish texnologiyasini ishlab chiqish va materiallarni olovbardoshligini yaxshilash bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy mineral xomashyolar asosida o‘tga chidamli qoplamalar va issiqlik o‘tkazmaydigan fotobarqaror-to‘ldiruvchilarni qo‘llab olovbardosh materiallar ishlab chiqarishning takomillashgan texnologiyasi Sho‘rtan GShQCh boshqarmasining “2025-2026 yillarda amaliyoga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi»ning 2025 yil 30 apreldagi OP24\ED-1659-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, BIA reagenti bilan ishlov berilgan yog‘och namunalarining termobarqarorligi 300 °C dan boshlanadi va 537,4 °C da da 35,4 % massa kamayib, termobarqarorlik xossasini yaxshilash imkonini beradi;
elementorgani antipirenlar asosida o‘tga chidamli qoplamalar va issiqlik o‘tkazmaydigan fotobarqaror-to‘ldiruvchilarni qo‘llab olovbardosh materiallar ishlab chiqarishning takomillashgan texnologiyasi Sho‘rtan GShQCh boshqarmasining “2025-2026 yillarda amaliyoga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi»ning 2025 yil 30 apreldagi OP24\ED-1659-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, olovbardosh teploizoliyasion polimer materiallar olish imkonini beradi.