Durdiev Xamdam Bazarbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kolostazni jarroxlik davolashning taktik va texnik jihatlarini takomillashtirish», 14.00.27 – «Xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4686.
Ilmiy rahbar: Egamov Yuldashali Sulaymonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Nuritdinov Arifjon Talibovich, tibbiyot fanlari doktori; Orazaliev Gafur Bazarbaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xirurgik davolashning taktik-texnik jihatlarini optimallashtirish orqali surunkali kolostazlarning turli shakllarini davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali kolostazlarda ichaklararo uzluksizlikni tiklash usullariga bog‘liq holda asoratlar rivojlanishi xavfining klinik va taktik-texnik jihatlari aniqlangan;
surunkali kolostazlarda xayot uchun xavfli bo‘lgan anastomoz choklari etishmovchiligini oldini olish uchun «cho‘ktiriluvchi» invaginatsion kolokoloanastomoz usuli takomillashtirilgan;
surunkali kolostazlarda invaginatsion va «cho‘ktiriluvchi» invaginatsion anastomozlardan foydalanish bilan birga xirurgik taktikani optimallashtirish bilan davolash-tashxisot tartiboti takomillashtirilgan;
operativ aralashuvlarning taktik-texnik jihatlariga, tashrixgacha tayyorgarlik hamda tashrixdan keyingi davrni olib borishga kiritilgan o‘zgartishlar surunkali kolostazlarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilashga imkon berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Surunkali kolostazlarning turli shakllarini davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: surunkali kolostazlarda ichaklararo uzluksizlikni tiklash usullariga bog‘liq holda asoratlar rivojlanishi xavfining klinik va taktik-texnik jihatlari aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 27 avgustda 6i-56/u-son bilan tasdiqlangan “Kolostazni jarrohlik davolashning taktik va texnik jihatlarini takomillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 20 noyabrdagi 01/658-son va Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 8 noyabrdagi 111-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 10 dekabrdagi 10/04-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: surunkali kolostazlarda ichaklararo uzluksizlikni tiklash usullarining qo‘llanilishi jarrohlikdan keyingi asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirish va reabilitatsiya davrini qisqartirish imkonini bergan. Bu esa bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, ijtimoiy faollikka erta qaytishini ta’minlash hamda ularning umumiy salomatlik ko‘rsatkichlarini oshirishga xizmat qiladi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: surunkali kolostazlarda ichaklararo uzluksizlikni tiklash usullariga bog‘liq holda asoratlar rivojlanishi xavfining klinik va taktik-texnik jihatlarini inobatga olgan holda takomillashtirilgan jarrohlik taktikasini amaliyotga joriy etish natijasida shifoxonada qolish muddati an’anaviy davolangan bemorlarga nisbatan (o‘rtacha 12,4 kun), takomillashtirilgan usul bilan davolangan bemorlarda qariyib 50%ga, ya’ni o‘rtacha 5,6 kunni tashkil qilgan. Natijada, 1 nafar bemor uchun shifoxonada qolish to‘lovi o‘rtacha 400 ming so‘mga kamaygan, davolanish davrining qisqarishi hisobiga dori-darmon xarajatlari xo‘jalik xisobidan 580 mingga iqtisod qilingan. Xulosa: takomillashtirilgan jarrohlik taktikasini amaliyotga joriy etish orqali 1 nafar bemor uchun o‘rtacha 980 ming so‘mni, umumiy hisobda ushbu usul bilan davolangan tadqiqot ko‘lamidagi 179 nafar bemor uchun taxminiy 175420000 so‘mni iqtisod qilish imkoniyati yaratilgan. 
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali kolostazlarda xayot uchun xavfli bo‘lgan anastomoz choklari etishmovchiligini oldini olish uchun «cho‘ktiriluvchi» invaginatsion kolokoloanastomoz usuli takomillashtirilgan usuli Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 27 avgustda 6i-56/u-son bilan tasdiqlangan “Kolostazni jarrohlik davolashning taktik va texnik jihatlarini takomillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 20 noyabrdagi 01/658-son va Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 8 noyabrdagi 111-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 10 dekabrdagi 10/04-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan «cho‘ktiriluvchi» invaginatsion kolokoloanastomoz qo‘yish usuli jarrohlikdan keyingi asoratlar rivojlanishini oldini olishi natijada bemorlarning tiklanish muddatini qisqartirish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va ularning ijtimoiy faollikka ertaroq qaytishiga shart-sharoit yaratadi. Shuningdek, bu texnologik yangilik milliy klinik amaliyotga joriy etilishi orqali aholi salomatligini mustahkamlashga imkon yaratadi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot doirasida takomillashtirilgan «cho‘ktiriluvchi» invaginatsion kolokoloanastomoz qo‘yish usulini qo‘llash natijasida shifoxonada qolish muddati an’anaviy usulda o‘rtacha 12,4 kundan 6,1 kungacha qisqartirilgan. Bir kunlik yotoq-o‘rin preyskurant bo‘yicha 270 ming so‘mni tashkil etgani hisobga olinsa, bir nafar bemor uchun yotoq-o‘rin xarajatlari 3348000 so‘mdan 1647000 so‘mgacha kamaydi, ya’ni o‘rtacha 1701000 so‘m iqtisod qilingan. Umumiy dori-darmon xarajatlaridagi tejam bir nafar bemor uchun 220500 so‘mni tashkil etgan. Tadqiqot ko‘lamidagi 16 nafar bemor tahliliga ko‘ra an’anaviy usulda anastomoz choklari etishmovchiligi asorati tufayli qayta jarrohlik o‘tkazish ehtimoli o‘rtacha 8% ni tashkil qilgan bo‘lsa, takomillashtirilgan usul qo‘llanilgan guruhda bu ko‘rsatkich 1,2% gacha kamaygan. Boshqacha aytganda, 16 nafar bemor uchun an’anaviy usulda taxminan 1-2 nafar bemorda qayta jarrohlik talab qilinishi mumkin bo‘lsa, takomillashtirilgan usul qo‘llanilishi natijasida ushbu ehtiyoj yo‘qolgan. Shu orqali taxminan bitta qayta jarrohlik operatsiyasining oldi olingan va bunda o‘rtacha 3500000 so‘m miqdoridagi qo‘shimcha iqtisodiy samara ta’minlangan. Xulosa: bir nafar bemor uchun umumiy iqtisodiy samara (yotoq-o‘rin xarajatlari, dori-darmon xarajatlari va qayta jarrohlik ehtiyojining kamayishi hisobidan) o‘rtacha 2140250 so‘mni tashkil etgan. Umumiy hisobda esa 16 nafar bemorda takomillashtirilgan usul qo‘llanilishi natijasida jami 34244000 so‘m iqtisodiy samara ta’minlangan.
uchinchi ilmiy yangilik: surunkali kolostazlarda invaginatsion va «cho‘ktiriluvchi» invaginatsion anastomozlardan foydalanish bilan birga xirurgik taktikani optimallashtirish bilan davolash-tashxisot takomillashtirilgan tartiboti Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 27 avgustda 6i-56/u-son bilan tasdiqlangan “Kolostazni jarrohlik davolashning taktik va texnik jihatlarini takomillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 20 noyabrdagi 01/658-son va Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 8 noyabrdagi 111-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 10 dekabrdagi 10/04-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan ikki bosqichli davolash-tashxisot algoritmining amaliyotga joriy etilishi qabul vaqtidandanoq bemorlar holatini baholash orqali zarurat bo‘yicha operatsiya qo‘llanilishi ta’minlangan, bu esa bemorlarning hayot sifati yaxshilanishi, ularning erta funksional reabilitatsiyasiga, kundalik turmushdagi mustaqillik darajasi va ijtimoiy integratsiya ko‘rsatkichlarini yaxshilanishiga olib kelgan. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan ikki bosqichli tashxisot va davolash algoritmining amaliyotga joriy etilishi natijasida shifoxonada yotoqda qolish muddati o‘rtacha 12,4 kundan 6,1 kungacha qisqardi. Preyskurant bo‘yicha bir kunlik yotoq-o‘rin xarajati 270 ming so‘mni tashkil qilgani holda, bir nafar bemor uchun yotoq-o‘rin xarajatlari o‘rtacha 1701000 so‘mga kamaydi. Bundan tashqari, tashxisdan keyingi asoratlarni oldini olish hamda qayta jarrohlik ehtiyojining kamayishi hisobiga dori vositalari va tibbiy materiallar sarfida ham qo‘shimcha tejam ta’minlandi, bu bir bemor uchun o‘rtacha 439250 so‘mni tashkil etdi. Shu tariqa, umumiy hisobda bir nafar bemor uchun algoritm qo‘llanilishi natijasida 2140250 so‘m miqdorida iqtisodiy samara ta’minlandi. Umumiy hisobda 179 nafar bemorda algoritmni qo‘llash natijasida jami 383109750 so‘m iqtisodiy samara ta’minlandi. Ushbu natijalar algoritmning tibbiy xizmat xarajatlarini optimallashtirish va sog‘liqni saqlash tizimi resurslaridan samarali foydalanish imkonini berishi bilan bir qatorda, uning amaliyotga keng tatbiq etilishi yuqori iqtisodiy samaradorlikka ega ekanini ko‘rsatadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: operativ aralashuvlarning taktik-texnik jihatlariga, tashrixgacha tayyorgarlik hamda tashrixdan keyingi davrni olib borishga kiritilgan o‘zgartishlar surunkali kolostazlarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilashga imkon berishi isbotlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 27 avgustda 6i-56/u-son bilan tasdiqlangan “Kolostazni jarrohlik davolashning taktik va texnik jihatlarini takomillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 20 noyabrdagi 01/658-son va Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 8 noyabrdagi 111-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 10 dekabrdagi 10/04-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: operativ aralashuvlarning taktik-texnik jihatlariga, tashrixgacha tayyorgarlik hamda tashrixdan keyingi davrni olib borishga kiritilgan o‘zgartishlar tufayli qayta jarrohlik ehtiyojining kamayishi va jarrohlikdan keyingi asoratlarning oldi olinishiga erishilgan. Bu esa bemorlarni sog‘lom hayot tarziga va mehnat faolligiga ertaroq qaytish imkonini yaratadi, ularning ruhiy-emotsional holati va umumiy ijtimoiy moslashuvini yaxshilash imkonini beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot doirasida operativ aralashuvlarning taktik-texnik jihatlariga, tashxisgacha tayyorgarlik hamda tashxisdan keyingi davrni olib borishga kiritilgan o‘zgarishlar natijasida jarrohlik aralashuvi davomiyligi qisqartirilishi, operatsion materiallardan samarali foydalanish, qon quyish ehtiyojining kamayishi va perioperatsion reanimatsiyaga bo‘lgan ehtiyojning pasayishiga erishilgan. Operatsiya uchun materiallar va sarf-xarajatlarning tejalishi - har bir bemor uchun o‘rtacha 350000 so‘mni tashkil qilgan, yotoq-o‘rin xarajatlarida tejam - operatsiyadan keyingi reabilitatsiya muddati qisqarishi natijasida bir bemor uchun 1 701000 so‘m iqtisod qilingan. Dori vositalari va perioperatsion reanimatsiya materiallarida tejam - bir bemor uchun o‘rtacha 500000 so‘mni tashkil etgan. Qayta jarrohlik ehtiyojining kamayishi natijasida qo‘shimcha tejam tadqiqot doirasida 179 bemordan taxminan 10 ta qayta jarrohlikning oldi olingan, bu esa 35000000 so‘m iqtisodiy samaradorlikni ta’mainlao‘i isbotlangan. Umumiy hisobda bir nafar bemor uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy samara 350000 + 1701000 + 500000 = 2551000 so‘m bo‘lsa, 179 nafar bemor uchun umumiy iqtisodiy samara 2551000 × 179 = 456629000 so‘m, qayta jarrohlikdan tejalgan 35000000 so‘mni, umumiy samaradorlik 491629000 so‘mni tashkil qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish