Sabirova Lobar Baxromovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Tijorat banklarida kredit portfeli sifatini oshirish yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3780
Ilmiy rahbar: Absalamov Akram Tolliboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Renessans ta’lim universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Izbosarov Boburjon Baxriddinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Majidov Jamoliddin Komoliddinovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent fililali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mamlakatimiz tijorat banklari kredit portfeli sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy-nazariy, amaliy va uslubiy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklari kredit portfelini diversifikatsiyalash, barqaror to‘lov intizomi va ichki talabni rag‘batlantirish asosida portfel sifati va risklarni boshqarish maqsadida brutto kreditlar tarkibida jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar ulushini oshirish ilmiy asoslangan;
pul bozori instrumentlari ta'sirchanligini ta'minlash vositasida tijorat banklari kreditlari va foiz siyosatini samarali olib borish orqali bank kredit portfelini optimallashtirish ilmiy asoslangan;
transformatsiya jarayoni natijasida tijorat banklari kredit portfelini bozor mexanizmlari asosida shakllantirishda tijorat bankining kredit portfelida davlat tashkilotlariga ajratilayotgan kreditlarni kamaytirgan holda xususiy sektor ulushini oshirish taklif etilgan;
banklarda kredit portfelini oshirishning, hamda muammoli kreditlar holatining inflyasiya darajasi o‘zgarishi bilan bog‘liq jihatlarini ifodalovchi ekonometrik baholash modeli asosida 2028 yil mart oyiga qadar prognoz ssenariylari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklari kredit portfeli sifatini oshirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklari kredit portfelini diversifikatsiyalash, barqaror to‘lov intizomi va ichki talabni rag‘batlantirish asosida portfel sifati va risklarni boshqarish maqsadida brutto kreditlar tarkibida jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar ulushini oshirishga doir taklifi ATB O‘zsanoatqurilishbank faoliystiga joriy etilgan (ATB O‘zsanoatqurilishbankning 2025-yil 26 maydagi 04/8-08-24-son ma’lumotnomasi). Natijada, ATB O‘zsanoatqurilishbank amaliyotida kredit portfelini diversifikatsiyalash maqsadida jismoniy shaxlarga ajratilgan kreditlari brutto kreditlari tarkibida 2023 yilda 13,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2024 yilda 15,1 foizga oshirilgan.
pul bozori instrumentlari ta'sirchanligini ta'minlash vositasida tijorat banklari kreditlari va foiz siyosatini samarali olib borish orqali bank kredit portfelini optimallashtirishga doir taklifi ATB O‘zsanoatqurilishbank faoliystiga joriy etilgan (ATB O‘zsanoatqurilishbankning 2025-yil 26 maydagi 04/8-08-24-son ma’lumot-nomasi). Natijada, moliya boziri indikatorlaridan pul bozoridagi foizining bir foizga oshishi bir oylik lag bilan O‘zsanoatqurilishbank ATBning kreditlari foizini 0,65 foizga oshirishi, hamda muomaladagi oylik pul massasining bir foizga oshishi esa uch oylik kechikish bilan bank kreditlari foizini -0,36 foizga pasaytirishi empirik tahlillar asosida aniqlangan.
transformatsiya jarayoni natijasida tijorat banklari kredit portfelini bozor mexanizmlari asosida shakllantirishda tijorat bankining kredit portfelida davlat tashkilotlariga ajratilayotgan kreditlarni kamaytirgan holda xususiy sektor ulushini oshirishga doir taklifi AT O‘zsanoatqurilishbank faoliystiga joriy etilgan (ATB O‘zsanoatqurilishbankning 2025-yil 26 maydagi 04/8-08-24-son ma’lumotnomasi). Natijada, bank kredit portfelida davlat tashkilotlariga ajratilgan kreditlari 2021 yilda 30 foizdan 2024 yilda 22 fozigacha pasaytilishiga, hamda xususiy sektorga ajratilgan kreditlari shu davrda 60 foizdan 64 foizga oshirilishiga erishilgan.
banklarda kredit portfelini oshirishning, hamda muammoli kreditlar holatining inflyasiya darajasi o‘zgarishi bilan bog‘liq jihatlarini ifodalovchi ekonometrik baholash modeli asosida 2028 yil mart oyiga qadar prognoz ssenariylariga doir taklifi ATB O‘zsanoatqurilishbank faoliystiga joriy etilgan (ATB O‘zsanoatqurilishbankning 2025-yil 26 maydagi 04/8-08-24-son ma’lumotnomasi). Natijada, Seasonal ARIMA modeli asosida mavsumiy tebranishlarni inobatga olgan amalga oshirilgan optimal prognoz natijalariga ko‘ra, 95 foiz ehtimollik bilan 2028-yil mart oyiga borib 2024-yil dekabrdagi ko‘rsatkichga nisbatan kredit portfeli hajmi 36,7 foizga o‘sishi, hamda bankning muammoli kreditlari hajmi esa 78,9 foizga oshishi kutilmoqda.