Karimova Venera Arkinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda ta’lim sifati nazariyasi va amaliyotini takomillashtirish”, 13.00.07 – Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Ped555.
Ilmiy maslahatchi: Zakirova Feruza Maxmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, PhD.03/30.09.2023.Ped.173.01. raqamli ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Askarov Abror Davlatmirzaevich – pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent, Aripov Mersaid – fizika-matematika fanlari doktori, professor, Turakulov Olim Xolbutaevich – pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarining malakasini oshirish jarayoni sifatini boshqarish nazariyasi va amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarining malakasini oshirish sifatining rezilient boshqarilishi” tushunchasining mazmuni ta’lim muhiti va bozor shart-sharoitlaridagi dinamik o‘zgarishlarda uzlyuksiz qayta aloqa va iterativ yangilanish orqali ta’lim dasturlarining barqarorligi va moslashuvchanligini takomillashtirishga yordam beradigan o‘quv dasturlari va malaka oshirish jarayonlarini prognostik modellashtirish va rejalashtirishga qaratilgan tizimli yondashuv sifatida aniqlangan;
rahbar kadrlarining malakasini oshirish sifatini aniqlash kriteriyalari texnologik va ijtimoiy xususiyatdagi xatarlarni hisobga olish va kutilmagan hodisalardan kelib chiqqan potensial yo‘qotishlarni kamaytirishga imkon beradigan kontragentlar uchun boshqariladigan va boshqarilmaydigan omillar matrisasini modellashtirish asosida takomillashtirilgan;
malaka oshirish sifatini boshqarish modeli boshqaruv va ta’lim jarayonlari shaffofligi, moslashuvchanligi va samaradorligini oshirishga yordam beradigan generativ sun’iy intellekt, kurs va malakalarni sertifikatsiyalash uchun taqsimlangan reestrlar texnologiyalari, gibrid bulutli echimlar va AI tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan chat-botlarni kiritgan holda raqamli innovatsiyalar bilan kompleks funksional yondashuv orqali takomillashtirilgan;
elektron portfoliodan ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan tanlab olinishidan foydalangan holda, oliy ta’lim muassasalarining barcha institusional darajalari uchun ma’lumotlar to‘plashda vaqt tejalishini kamaytirish, natijalarning shaffofligini ta’milovchi KPI-ni yagona axborot tizimiga birlashtirish orqali rahbar kadrlarining malakasini oshirish sifatini baholashning asosiy jihatlari klaster tahlil asosida aniqlangan;
morfologik tahlil va modifikatsiyalangan aylanma qayta aloqa usulini qo‘llagan holda, boshqaruv jarayonlarini optimallashtirish uchun rahbar kadrlarning «smart-kompetensiyalarini» shakllantirishga yordam beradigan malaka sifatini boshqarish usullari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dissertatsiya ishida oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarining malakasini oshirish sifatini boshqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarining malakasini oshirish sifatining rezilient boshqarilishi” tushunchasining mazmuni ta’lim muhiti va bozor shart-sharoitlaridagi dinamik o‘zgarishlarda uzlyuksiz qayta aloqa va iterativ yangilanish orqali ta’lim dasturlarining barqarorligi va moslashuvchanligini takomillashtirishga yordam beradigan o‘quv dasturlari va malaka oshirish jarayonlarini prognostik modellashtirish va rejalashtirishga qaratilgan tizimli yondashuv sifatida Bosh ilmiy-metodik markaz va Belarus Respublikasi Oliy ta’lim instituti bilan hamkorlikda amalga oshirilgan MRB-OT-2019-23 “Pedagogik kadrlarni tayyorlashda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish” (2020 – 2021 yy.) innovatsion loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024-yil 10-dekabrdagi № 02/01-01-137-sonli ma’lumotnomasi). Natijada masofaviy texnologiyalarni ta’lim jarayonlarini boshqarishda qo‘llash bo‘yicha tushunchalar takomillashtirildi;
texnologik va ijtimoiy xususiyatdagi xatarlarni hisobga olish va kutilmagan hodisalardan potensial yo‘qotishlarni kamaytirishga imkon beradigan kontragentlar uchun boshqariladigan va boshqarilmaydigan omillar matrisasini modellashtirish asosida takomillashtirilgan oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarining malakasini oshirish sifatini aniqlash kriteriyalaridan “Tizimiy tahlil va qaror qabul qilish asoslari” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 4-maydagi 285-267 son buyrug‘i asosida berilgan 285-raqamli ruxsatnoma). Natijada yangilangan metodikalar oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlariga boshqaruv qarorlarini qabul qilish bilan bog‘liq xatarlarni oldindan aniqlash, ta’lim jarayonining moslashuvchanligi va samaradorligini oshirishga imkon berdi;
boshqaruv va ta’lim jarayonlari shaffofligi, moslashuvchanligi va samaradorligini oshirishga yordam beradigan generativ sun’iy intellekt, kurs va malakalarni sertifikatsiyalash uchun taqsimlangan reestrlarning texnologiyalari, gibrid bulutli echimlar va AI-qo‘llab-quvvatlanadigan chat-botlarni kiritgan holda raqamli innovatsiyalar bilan kompleks funksional yondashuv integratsiyasi orqali oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarining malakasini oshirish sifatini boshqarish modellarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Bosh ilmiy-metodik markaz va Belarus Respublikasi Oliy ta’lim instituti bilan hamkorlikda amalga oshirilgan MRB-OT-2019-23 “Pedagogik kadrlarni tayyorlashda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish” (2020-2021 yy.) innovatsion loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining 2024-yil 20-noyabrdagi № 01-515-sonli ma’lumotnomasi). Natijada rahbar kadrlarning malakasini oshirish tizimida boshqaruv va ta’lim jarayonlarining shaffofligi, ixchamligi va samaradorligi oshirildi;
oliy ta’lim muassasalari barcha institusional darajalarida ma’lumotlarni to‘plashda vaqt tejash va natijalarning shaffofligini ta’minlovchi klaster tahlil asosida elektron portfoliodan ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan tarzda tanlab olinishidan foydalangan holda, KPI-larni yagona axborot tizimiga inkorporatsiya orqali oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarining malakasini oshirish sifatini baholashning asosiy o‘lchovlarini aniqlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar MRB-OT-2019-23 “Pedagogik kadrlarni tayyorlashda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish” innovatsion loyihasi doirasida, Bosh ilmiy-metodik markaz va Belarus Respublikasi Oliy ta’lim instituti bilan hamkorlikda amalga oshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining 2024-yil 20-noyabrdagi № 01-515-sonli ma’lumotnomasi asosida). Natijada uzlyuksiz ta’lim tizimida boshqaruv va ta’lim jarayonlarining shaffofligi, moslashuvchanligi va samaradorligi ancha ortdi.
rahbar kadrlarning smart-kompetensiyalarini shakllantirishga yordam beradigan boshqaruv jarayonlarini jadallashtirish uchun morfologik tahlil va aylanma qayta aloqaning modifikatsiyalangan usulini qo‘llashga asoslangan oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarining malakasini oshirish sifatini boshqarish usullarini takomillashtirish bo‘yicha takliflardan Bosh ilmiy-metodik markaz va Belarus Respublikasi Oliy ta’lim instituti bilan hamkorlikda MRB-OT-2019-23 “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, pedagogik kadrlarni tayyorlashning ilmiy-metodik ta’minoti” (2020 – 2021 yy.) innovatsion loyihasining bir qismini amalga oshirishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining 2024-yil 20-noyabrdagi № 01-515-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Ta’lim sifati menejmenti” va “Ta’lim tizimi menejmenti” yo‘nalishlari bo‘yicha malaka oshirish kurslarining sifati oshirildi.