Abduraxmonov Eshonkul Movutovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xolesistoxoledoxolitiaz sababli utkir xolesistit va xolangitda gibrid jarroxlik amaliyotlarining imkoniyatlari», 14.00.27 – Xirurgiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib.4332.
Ilmiy rahbar: Babajanov Axmadjon Sultanbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Xujaboev Safarboy Tuxtaboevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. Ligay Ruslan Efimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: V.I. Razumovskiy nomidagi Saratov davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘t tosh kasalligining murakkab shakli - xolesistoxoledoxolitiaz bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor kalkulyoz xolesistit va xoledoxolitiaz bilan og‘rigan bemorlarda Rendezvous usulidan foydalangan holda yordamchi endoskopik papillosfinkterotomiya bilan laparoskopik xolesistektomiyaning takomillashtirilgan usulidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi isbotlangan;
ilk bor xolesistoxoledoxolitiazli bemorlarni an’anaviy davolash usuli operatsiya xonasida Rendezvous usuli yordamida endoskopik papillosfinkterotomiya bilan bir etapli laparoendoskopik jarrohlik usuli bilan takomillashtirilgan;
ilk bor yangi tashkiliy yondashuv sifatida, laparoskopik va transduodenal endoskopik amaliyotlarni muvofiqlashtirilgan tarzda amalga oshirish uchun moslashtirilgan birlashgan jarrohlik jamoasi hamda jihozlarni joylashtirish uchun konsepsiya ishlab chiqilgan; 
ilk bor ishlab chiqilgan Rendezvous usulini qo‘llagan holda laparoskopik xolesistektomiya va endoskopik papillosfinkterotomiya kombinatsiyasidan foydalanish yuqori samaradorligi va asoratlar xavfi kamligi bilan  klinik jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Kalkulyoz xolesistit va xoledoxolitiaz bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash va jarrohlik davolashni yaxshilash bo‘yicha ilmiy izlanish natijalariga ko‘ra:  
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor kalkulyoz xolesistit va xoledoxolitiaz bilan og‘rigan bemorlarda Rendezvous usulidan foydalangan holda yordamchi endoskopik papillosfinkterotomiya bilan laparoskopik xolesistektomiyaning takomillashtirilgan usulidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi isbotlangan; ilmiy yangilikning ahamiyati:  kalkulyoz xolesistit va xoledoxolitiaz bilan og‘rigan bemorlarda Rendezvous usuli va xoledoxolitoekstraksiyadan foydalangan holda tavsiya etilgan takomillashtirilgan bir bosqichli LXE yordamida gibrid operatsiyalarni bajarish tavsiya etiladi.;  ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasi xirurgiya bo‘limlari (2287-7-107-TV/2024-sonli buyruq) va Samarqand viloyat kup tarmokli tibbiyot markazi xirurgiya bo‘limlari (263U-sonli buyruq) amaliyotiga tatbiq etilgan. Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini yaxshilashga, operatsiyadan keyingi vaqtini, amaliyotdan keyingi asoratlar chastotasini va davolanishning reabilitatsiya davrini kamaytirishga imkoni bergan.; Ijtimoiy samaradorligi: yaratilgan bir bosqichli laparoendoskopik davolash usuli jarrohlik jarohatlarini minimal darajaga keltirib, tiklanish davrini qisqartiradi. Bu bemorlarning kundalik hayotga tezroq qaytishini, uzoq muddatli davolash bilan bog‘liq stress darajasini pasaytirishni va umumiy holatini yaxshilashni ta’minlaydi.; Iqtisodiy samaradorligi: taqqoslanadigan ikki bosqichli davolash jarayonida standart laparoskopik xolesistektomiya va endoskopik papillosfinkterotomiya o‘rtasida o‘rtacha umumiy xarajatlar 10-12 million so‘mni tashkil etadi. Bir bosqichli "Rendezvous" texnikasi orqali ushbu jarayonni bir vaqtning o‘zida amalga oshirish natijasida sarf-xarajatlar kamayadi; xulosa: Yaratilgan metodika asosida amalga oshirilgan bir bosqichli operatsiyada har bir bemor uchun o‘rtacha sarf-xarajat 6-8 million so‘m ni tashkil qiladi, bu ikki bosqichli davolash usuliga nisbatan 30-40% tejamkorlikni ta’minlaydi. 10 bemor misolida bu 40 million so‘mgacha tejamkorlikni ta’minlaydi;  
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor xolesistoxoledoxolitiazli bemorlarni an’anaviy davolash usuli operatsiya xonasida Rendezvous usuli yordamida endoskopik papillosfinkterotomiya bilan bir etapli laparoendoskopik jarrohlik usuli bilan takomillashtirilgan;  ilmiy yangilikning ahamiyati: Taklif etilayotgan takomillashtirilgan LXE usuli bir vaqtning o‘zida yordamchi EPST (Rendezvous usuli) yordamida gibrid operatsiya xonasidan, maxsus rentgen stolidan va rentgenologni jalb qilishni talab qilmaydi.;  ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasi xirurgiya bo‘limlari (2287-7-107-TV/2024-sonli buyruq) va Samarqand viloyat kup tarmokli tibbiyot markazi xirurgiya bo‘limlari (263U-sonli buyruq) amaliyotiga tatbiq etilgan. Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini yaxshilashga, operatsiyadan keyingi vaqtini, amaliyotdan keyingi asoratlar chastotasini va davolanishning reabilitatsiya davrini kamaytirishga imkoni bergan.; Ijtimoiy samaradorligi: standart operatsiya sharoitida bir bosqichli davolash usulini joriy qilish takroriy gospitalizatsiyalar va alohida laparoskopik yoki endoskopik manipulyasiyalar ehtiyojini kamaytiradi. Bu tibbiyot tizimi resurslaridan samaraliroq foydalanish va bir bemorga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi.; Iqtisodiy samaradorligi: ikki bosqichli jarayonda bemorlarning takroriy gospitalizatsiya qilinishi ehtimoli 15-20% ni tashkil etadi, har bir qo‘shimcha yotqizish uchun xarajat 2-3 million so‘m ni tashkil etadi. Bir bosqichli usul qo‘llanilganda, qo‘shimcha yotqizish ehtimoli deyarli yo‘q qilinadi.; xulosa: Bir bosqichli usul takroriy yotqizish ehtimolini deyarli yo‘q qiladi, bu har bir qo‘shimcha gospitalizatsiya uchun 2-3 million so‘m sarfni tejashga yordam beradi. 10 bemorda ushbu choralar 30-50 million so‘m sarf-xarajatning oldini olish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor yangi tashkiliy yondashuv sifatida, laparoskopik va transduodenal endoskopik amaliyotlarni muvofiqlashtirilgan tarzda amalga oshirish uchun moslashtirilgan birlashgan jarrohlik jamoasi hamda jihozlarni joylashtirish uchun konsepsiya ishlab chiqilgan;  ilmiy yangilikning ahamiyati: Tavsiya etilgan usul, asboblar va operatsiya guruhining tartibi o‘tkir va surunkali xolesistit va xoledoxolitiazning o‘rtacha xavfi bo‘lgan bemorlarda umumiy o‘t yo‘lida toshlar mavjudligini intraoperativ xolangiografiya bilan tasdiqlaganidan keyin qo‘llanilgan.;  ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasi xirurgiya bo‘limlari (2287-7-107-TV/2024-sonli buyruk) va Samarqand viloyat kup tarmokli tibbiyot markazi xirurgiya bo‘limlari (263U-sonli buyruk) amaliyotiga tatbiq etilgan. Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini yaxshilashga, operatsiyadan keyingi vaqtini, amaliyotdan keyingi asoratlar chastotasini va davolanishning reabilitatsiya davrini kamaytirishga imkoni bergan; Ijtimoiy samaradorligi: operatsion brigada o‘zaro harakatlanishining standartlashtirilgan sxemasi va mavjud jihozlardan foydalanish usullari innovatsion davolash metodlarini ko‘plab tibbiyot muassasalarida, shu jumladan hududiy shifoxonalarda ham amalga oshirishga imkon beradi. Bu uzoq hududlarda yashovchi bemorlar uchun yuqori sifatli davolash xizmatlariga etishuvchanlikni oshiradi; Iqtisodiy samaradorligi: bir bosqichli usulda bemorlarning statsionarda yotish davri o‘rtacha 3-4 kun ni tashkil qiladi, bu ikki bosqichli usuldagi 7-10 kun bilan solishtirganda. Har bir kun uchun o‘rtacha statsionar xizmat ko‘rsatish xarajati 300-500 ming so‘m ni tashkil etsa, bir bemor uchun 1 operatsiya hisobiga tejamkorlik ta’minlanadi.; xulosa: Bir bosqichli operatsiya statsionarda yotish muddatini 3-4 kun ga qisqartirib, har bir bemor uchun 1-2 million so‘m tejamkorlik ta’minlaydi. 10 bemor uchun umumiy sarf-xarajat tejamkorligi 10-20 million so‘m ni tashkil etadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor ishlab chiqilgan Rendezvous usulini qo‘llagan holda laparoskopik xolesistektomiya va endoskopik papillosfinkterotomiya kombinatsiyasidan foydalanish yuqori samaradorligi va asoratlar xavfi kamligi bilan  klinik jihatdan isbotlangan; ilmiy yangilikning ahamiyati: Yordamchi EPST bilan LXE ning takomillashtirilgan usuli 87,3% hollarda xoledoxolitiazning o‘rtacha xavfi bilan samarali bo‘lgan, bu an’anaviy EPSTga qaraganda 18,3% yuqori, r=0,035 va EPST bilan bog‘liq asoratlarning 17,7% pastligi bilan birga kelgan, r=0,017.; ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasi xirurgiya bo‘limlari (2287-7-107-TV/2024-sonli buyruq) va Samarqand viloyat kup tarmokli tibbiyot markazi xirurgiya bo‘limlari (263U-son buyruq) amaliyotiga tatbiq etilgan. Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini yaxshilashga, operatsiyadan keyingi vaqtini, amaliyotdan keyingi asoratlar chastotasini va davolanishning reabilitatsiya davrini kamaytirishga imkoni bergan.; Ijtimoiy samaradorligi: laparoskopik xolesistektomiya va endoskopik papillosfinkterotomiyaning moslashtirilgan usullari asoratlar tez-tezligi va to‘liq davolanmagan kasallik jarayonlari bilan bog‘liq surunkali kasalliklar rivojlanish xavfini kamaytiradi. Bu bemorlarning mehnat qobiliyatini saqlash va ijtimoiy nogironlik darajasini pasaytirishga xizmat qiladi.; Iqtisodiy samaradorligi: bemorning mehnatga yaroqlilikka qaytish vaqtini 7-10 kunga qisqartirish natijasida ishga qaytayotgan har bir shaxs o‘rtacha oylik maoshning 25-30% ni oldinga surishi mumkin.; xulosa: Bemorlarning mehnat qobiliyatiga erta qaytishi mehnat resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlaydi. Har bir bemor uchun ishga erta qaytish natijasida o‘rtacha 750-900 ming so‘m iqtisodiy daromad hisoblanadi. 10 bemorda bu umumiy 7,5-9 million so‘m iqtisodiy samaradorlikni tashkil etadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish