Sharipova Madinabonu Akram qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Energetik ichimliklar ta’sirida miokardning morfofunksional o‘zgarishlari va uni anor danagi yog‘i yordamida korreksiyalash», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4441.
Ilmiy rahbar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, PhD.04/ 30.09.2020.Tib.122.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Hamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Islomov Shavkat Erjigitovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Energetik ichimliklar ta’sirida tajriba hayvonlari miokardining morfofunksional o‘zgarishlarni anor danagidan olingan yog‘ bilan korreksiya qilingandan keyingi o‘zgarishlarni o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor oq zotsiz kalamushlarda energetik ichimliklar ta’sirida oq zotsiz kalamush yuragida morfo-funksional ko‘rsatkichlarining eksperimental modeli ishlab chiqilgan;
energetik ichimliklar ta’siri ostida miokardda yuzaga kelgan morfologik va morfo-funksional o‘zgarishlarni davolashda, anor danagi moyining farmakoterapevtik ta’siri isbotlangan;
energetik ichimliklar fonida miokardga yuzaga kelgan morfologik va morfo-funksional o‘zgarishlarni davolashda anor danagi moyining terapevtik dozasini tanlash ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
ilk bora yoshlar orasida energetik ichimliklar ta’siri ostida miokardning funksional o‘zgarishlari o‘rganilib, uni anor danagining moyi orqali davolash samaradorligini 19,82% ga oshirilganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 08/30-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot institutining prorektori tomonidan 2024 yil 26 sentyabr № 04/8633 sonli xat yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor oq zotsiz kalamushlarda energetik ichimliklar ta’sirida oq zotsiz kalamush yuragida morfo-funksional ko‘rsatkichlarining eksperimental modeli ishlab chiqilgan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Energetik ichimliklar ta’siri natijasida oq zotsiz kalamushlarning yuragida yuzaga keladigan morfologik va morfometrik ma’lumotlar terapevt, kardiolog shifokorlar amaliyotida ushbu kasalliklarni to‘g‘ri va erta diagnostika qilish va samarali davolashda amaliy ahamiyat kasb etiladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat mintaqaviy filiali bo‘yicha buyruq (10.06.2024 y.; №01-9) hamda Jondor tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (25.05.2024 y.; №1903-2-35-TB/2024) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: xususiyatlariga ta’sirini energetik ichimlik qabul qiluvchi yoshlar o‘rtasida erta tashxislash va davolashga imkon berdi. Yuqoridagi davolash usullari ushbu kontingentdagi bemorlarda klinik-laborator yordamni tashkil qilish hamda kasalliklarning asoratlarini oldini olish uchun xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: Tadqiqot davomida yurakning funksional buzilishining davosi murakkabligi va 15 kunlik davolanishga asoslangan tanlangan davo usullarining iqtisodiy xarajatlari hisoblab chiqildi. Energetik ichimlik qabul qiluvchi yoshlar o‘rtasida yurakdagi o‘zgarishlarni davolashda tavsiya etilayotgan ushbu davolash prinsiplarining iqtisodiy samaradorligi yoyoshlar orasida yurakdagi o‘zgarishlarning uchrash darajasi, kardiologik va terapevtik xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish mexanizmining ishlab chiqilganligi asosida hisoblab chiqilgan. Tejalgan vaqt 5 kun. Tejalgan mablag‘ 650000 so‘m. Xulosa: Tajribada 3-12 oylik oq kalamushlar yuragi qavatlari morfologik ko‘rsatkichlarini me’yorda va energetik ichimligini 30 kun davomida qabul qilgandan keyin o‘zgarishlar vujudga kelishi aniqlanganidan dalolat berishi isbotlandi; 30 kun davomida har kuni energetik ichimligini qabul qilgan jonivorlar yurak qon tomir tizimining salomatligi holatiga turli og‘irlik darajasidagi og‘ishlarga rivojlanishiga olib kelishidan darak bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: «Energetik ichimliklar ta’sirida miokardning morfofunksional o‘zgarishlari va uni anor danagi yog‘i yordamida korreksiyalash» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori tomonidan 2024 yil 13 martdagi 04/2671-son xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: energetik ichimliklar ta’siri ostida miokardda yuzaga kelgan morfologik va morfo-funksional o‘zgarishlarni davolashda, anor danagi moyining farmakoterapevtik ta’siri isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Energetik ichimliklar ta’siri natijasida oq zotsiz kalamushlarning yuragida yuzaga keladigan paologik jarayon morfogenezi va patomorfologik jihatlari xaqidagi ma’lumotlar bu kasalliklarning kelib chiqishi, rivojlanishi va klinik-morfologik ahamiyatini baholashda fundamental asos bo‘lib xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat mintaqaviy filiali bo‘yicha buyruq (10.06.2024 y.; №01-9) hamda Jondor tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (25.05.2024 y.; №1903-2-35-TB/2024) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: xususiyatlariga ta’sirini energetik ichimlik qabul qiluvchi yoshlar o‘rtasida erta tashxislash va davolashga imkon berdi. Yuqoridagi davolash usullari ushbu kontingentdagi bemorlarda klinik-laborator yordamni tashkil qilish hamda kasalliklarning asoratlarini oldini olish uchun xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: Tadqiqot davomida yurakning funksional buzilishining davosi murakkabligi va 15 kunlik davolanishga asoslangan tanlangan davo usullarining iqtisodiy xarajatlari hisoblab chiqildi. Energetik ichimlik qabul qiluvchi yoshlar o‘rtasida yurakdagi o‘zgarishlarni davolashda tavsiya etilayotgan ushbu davolash prinsiplarining iqtisodiy samaradorligi yoyoshlar orasida yurakdagi o‘zgarishlarning uchrash darajasi, kardiologik va terapevtik xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish mexanizmining ishlab chiqilganligi asosida hisoblab chiqilgan. Tejalgan vaqt 5 kun. Tejalgan mablag‘ 650000 so‘m. Xulosa: Energetik ichimligini qabul qilgandan keyingi o‘zgarishlar yurak faoliyatining ishida buzilishlar bo‘lgan barcha hayvonlarda «Anor danagi yog‘i» biologik faol qo‘shimchasi bilan boikorreksiyalashda quyidagi o‘zgarishlar qayd etilgan: yurak qisqarishlarining chastotasi kasallikning boshlang‘ich bosqichlarida 19,4% dan yakuniy bosqichlarida 81,5% gacha ortdi, haydash fraksiyasi 6,4% dan 38,1% gacha pasaydi va fraksiya qisqarishi 2,6% dan 11,0% gacha qisqardi; yurakning atrioventrikulyar va yarimoy klapanlari orqali qon oqimining sekinlashishi yurak faoliyatining ishi buzilishlarida oq kalamushlarda 16,5% dan 57,9% gacha; miokard bo‘ylab elektr impulsining o‘tishi sekinlashishi bilan bog‘liq, yurak ritmining buzilishi 6,7% dan 42,2% gacha; Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: «Energetik ichimliklar ta’sirida miokardning morfofunksional o‘zgarishlari va uni anor danagi yog‘i yordamida korreksiyalash» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori tomonidan 2024 yil 13 martdagi 04/2671-son xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: energetik ichimliklar fonida miokardga yuzaga kelgan morfologik va morfo-funksional o‘zgarishlarni davolashda anor danagi moyining terapevtik dozasini tanlash ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Energetik ichimliklar ta’siri natijasida oq zotsiz kalamushlarning yuragida yuzaga keladigan patologik jarayon anor danagi moyi bilan davolanganda olingan morfologik va morfometrik ko‘rsatgichlar anor donagi moyining miokardga ijobiy ta’siri borligi aniqlandi, bu olingan natijalar energetik ichimliklar ta’sirida yuragida muammolari bor bemorlarda davolashda ishlatiladigan dorilar qatoriga kiritishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat mintaqaviy filiali bo‘yicha buyruq (10.06.2024 y.; №01-9) hamda Jondor tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (25.05.2024 y.; №1903-2-35-TB/2024) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: xususiyatlariga ta’sirini energetik ichimlik qabul qiluvchi yoshlar o‘rtasida erta tashxislash va davolashga imkon berdi. Yuqoridagi davolash usullari ushbu kontingentdagi bemorlarda klinik-laborator yordamni tashkil qilish hamda kasalliklarning asoratlarini oldini olish uchun xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: Tadqiqot davomida yurakning funksional buzilishining davosi murakkabligi va 15 kunlik davolanishga asoslangan tanlangan davo usullarining iqtisodiy xarajatlari hisoblab chiqildi. Energetik ichimlik qabul qiluvchi yoshlar o‘rtasida yurakdagi o‘zgarishlarni davolashda tavsiya etilayotgan ushbu davolash prinsiplarining iqtisodiy samaradorligi yoyoshlar orasida yurakdagi o‘zgarishlarning uchrash darajasi, kardiologik va terapevtik xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish mexanizmining ishlab chiqilganligi asosida hisoblab chiqilgan. Tejalgan vaqt 5 kun. Tejalgan mablag‘ 650000 so‘m. Xulosa: Energetik ichimlik qabul qiluvchi yoshlar o‘rtasida yurakdagi o‘zgarishlarni oldini olish sifatida profilaktik biokorreksiya sifatida «Anor danagi yog‘i» biologik faol qo‘shimchasi qabul qilgan yoshlar o‘rtasida yurakning funksional o‘zgarishlar intensivligi ushbu biopreparatni qabul qilmagan yoshlarga nisbatan past bo‘ldi. Profilaktik biokorreksiya yoshlar o‘rtasida yurakdagi funksional o‘zgarishlarning uchrash darajasi hamda intensivligiga ta’sir qildi va shu biopreparatni qabul qilmagan yoshlar kontingenti bilan amaliy jihatdan farq bo‘lldi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: «Energetik ichimliklar ta’sirida miokardning morfofunksional o‘zgarishlari va uni anor danagi yog‘i yordamida korreksiyalash» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori tomonidan 2024 yil 13 martdagi 04/2671-son xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bora yoshlar orasida energetik ichimliklar ta’siri ostida miokardning funksional o‘zgarishlari o‘rganilib, uni anor danagining moyi orqali davolash samaradorligini 19,82% ga oshirilganligi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Olingan ma’lumotlar asoslangan holda tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining morfologiya, farmakologiya, anatomiya, gistologiya va patologik anatomiya ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarida foydalanilishi mumkin. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat mintaqaviy filiali bo‘yicha buyruq (10.06.2024 y.; №01-9) hamda Jondor tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (25.05.2024 y.; №1903-2-35-TB/2024) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: xususiyatlariga ta’sirini energetik ichimlik qabul qiluvchi yoshlar o‘rtasida erta tashxislash va davolashga imkon berdi. Yuqoridagi davolash usullari ushbu kontingentdagi bemorlarda klinik-laborator yordamni tashkil qilish hamda kasalliklarning asoratlarini oldini olish uchun xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: Tadqiqot davomida yurakning funksional buzilishining davosi murakkabligi va 15 kunlik davolanishga asoslangan tanlangan davo usullarining iqtisodiy xarajatlari hisoblab chiqildi. Energetik ichimlik qabul qiluvchi yoshlar o‘rtasida yurakdagi o‘zgarishlarni davolashda tavsiya etilayotgan ushbu davolash prinsiplarining iqtisodiy samaradorligi yoyoshlar orasida yurakdagi o‘zgarishlarning uchrash darajasi, kardiologik va terapevtik xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish mexanizmining ishlab chiqilganligi asosida hisoblab chiqilgan. Tejalgan vaqt 5 kun. Tejalgan mablag‘ 650000 so‘m. Xulosa: Yuragida morfo-funksional o‘zgarishi mavjud oq kalamushlarni “Anor danagi yog‘i” biologik faol qo‘shimchasi bilan davolashda kasalliklar rivojlanishining erta bosqichlarida yuqori samaradorlik qayd etiladi: yurak qisqarishlarining chastotasi referent qiymatlar chegarasiga qaytadi; haydash fraksiyasi (6,3%) va fraksiyali qisqarish oshadi (2,0%); rentgenogrammada yurak soyasining o‘lchamlari kichrayish tendensiyasiga ega (torakal indeks kamida 4,3% ga, uzunlik bo‘yicha Byukenen koeffisienti kamida 0,8% ga kamaydi); arterial bosim me’yorlashdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: «Energetik ichimliklar ta’sirida miokardning morfofunksional o‘zgarishlari va uni anor danagi yog‘i yordamida korreksiyalash» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori tomonidan 2024 yil 13 martdagi 04/2671-son xat yuborilgan.