Mahmudova Guljamol Fazliddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Eksperimental revmatoid artritda taloqning morfologik xususiyatlari va patogenetik davolashdan keyingi morfometrik o‘zgarishlarning qiyosiy tavsifi” 14.00.02 - Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3475.
Ilmiy rahbar: Turdiev Mashrab Rustamovich, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Hamidullo Abdullaevich, tibbiyot fanlar doktori, professor; Oripov Firdavs Sur’atovich, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
eksperimental revmatoid artritda va yallig‘lanishga qarshi nosteroid vosita hamda anor danagi moyi ta’sirida oq zotsiz kalamushlar talog‘ining morfologik, morfometrik va immunogistokimyoviy ko‘rsatkichlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
me’yorda, revmatoid artrit va nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita hamda anor danagi moyi korreksiyasi ta’sirida 18-24 oylik oq kalamushlar talog‘i limfoid tuzilmalarining morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlarining qiyosiy tahlili natijalari asoslangan;
eksperimental revmatoid artritda oq zotsiz kalamushlar talog‘ining qizil va oq pul`pasi umumiy maydoni, periarterial limfatik muftalar, limfatik follikulalar germinativ markazlari, mantiya va marginal sohalari diametrining oshishi asoslangan;
ilk marotoba revmatoid artritda taloqda T, B- limfotsitlar, makrofaglar soni va faolligini oshishi, hamda yallig‘lanishga qarshi nosteroid vosita va anor danagi moyini qo‘llash oq zotsiz kalamushlar talog‘ining funksional faoliyatiga samarali ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
tajribada eksperimental revmatoid artrit va nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita hamda anor danagi moyi ta’sirida oq zotsiz kalamushlar talog‘ida yuzaga keladigan morfologik o‘zgarishlarning immunogistokimyoviy xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Olingan ilmiy natijalarga asoslanib, me’yoriy, revmatoidli artrit va revmatoidli artritda yallig‘lanishga qarshi nosteroid vosita hamda anor danagi moyini qo‘llash ta’sirida oq zotsiz kalamushlar talog‘ining morfologik, morfometrik, immunogistokimyoviy ko‘rsatkichlari asosida:
birinchi ilmiy yangilik me’yorda, revmatoid artrit va nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita hamda anor danagi moyi korreksiyasi ta’sirida 18-24 oylik oq kalamushlar talog‘i limfoid tuzilmalarining morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlarining qiyosiy tahlili natijalari asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: eksperimental revmatoid artritda yuzaga keladigan taloqdagi morfologik va morfometrik o‘zgarishlari natijasidagi patologik jarayon inobatga olinib, davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashadi, natijada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytirib, shifo jarayonini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 04.02.2025 yildagi 04/1051 hamda, Peshko‘ tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 04.02.2025 yildagi 04/1049- son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: revmatoid artrit kasalligida taloqda kuzatiladigan morfologik, morfometrik, immunogistokimyoviy ko‘rsatkichlarni o‘rganish hamda patogenetik davo va bir vaqtda anor danagi moyini qo‘llash kasallikni asoratlari va nogironlik holatlarini kamaytirish orqali tadqiqotning ijtimoiy ahamiyatini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: revmatoid artritda taloq struktur tuzilmalarini morfofunksional xususiyatlarini o‘rganish, patogenetik davo va parallel ravishda anor danagi moyini qo‘llash orqali davo samaradorligini oshirish, shifoxonada hamda ambulator davo muddatini qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Bu tajribaviy tadqiqotlar va morfologik tekshirishlarni optimallashtirish hisobiga har bir tajribaviy tadqiqot seriyasi uchun sarflangan mablag‘ni 193000 so‘mgacha tejash imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik eksperimental revmatoid artritda oq zotsiz kalamushlar talog‘ining qizil va oq pul`pasi umumiy maydoni, periarterial limfatik muftalar, limfatik follikulalar germinativ markazlari, mantiya va marginal sohalari diametrining oshishi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: eksperimental revmatoid artritda autoimmun jarayon natijasida yuzaga keladigan taloqdagi barcha morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlarning oshishi kuzatildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 04.02.2025 yildagi 04/1051 hamda, Peshko‘ tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 04.02.2025 yildagi 04/1049- son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etildi. Xulosa: eksperiment davomida taloqdagi morfofunksional o‘zgarishlarni o‘rganish, morfologik hamda morfometrik ko‘rsatkichlarning oshishi, korreksiyadan keyin esa yallig‘lanish kamayishi hisobidan natijalar me’yoriy ko‘rsatkichlarga yaqinlashganini o‘rganish revmatoid artritda organometrik o‘zgarishlarni hisobga olib shifoxonada va ambulator davo muddatini qisqarishiga olib keladi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Eksperimental revmatoid artritda taloqning morfologik ko‘rsatkichlarini aniqlash usuli” mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2025. 07.05 yil 17/37-son xat yuborilgan. Mazkur uslubiy tavsiyanoma revmatoidli artrit kasalligida taloqdagi morfologik, morfometrik, immunogistokimyoviy o‘zgarishlarni aniqlash, patogenetik davo usullarini takomillashtirish va anor danagi moyini qo‘llash haqida tavsiyalar berish imkonini bergan. Ijtimoiy samaradorligi: revmatoid artrit kasalligida taloqda kuzatiladigan morfologik, morfometrik, immunogistokimyoviy ko‘rsatkichlarni o‘rganish hamda patogenetik davo va bir vaqtda anor danagi moyini qo‘llash kasallikni asoratlari va nogironlik holatlarini kamaytirish orqali tadqiqotning ijtimoiy ahamiyatini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: revmatoid artritda taloq struktur tuzilmalarini morfofunksional xususiyatlarini o‘rganish, patogenetik davo va parallel ravishda anor danagi moyini qo‘llash orqali davo samaradorligini oshirish, shifoxonada hamda ambulator davo muddatini qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Bu tajribaviy tadqiqotlar va morfologik tekshirishlarni optimallashtirish hisobiga har bir tajribaviy tadqiqot seriyasi uchun sarflangan mablag‘ni 193000 so‘mgacha tejash imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik ilk marotoba revmatoid artritda taloqda T, B- limfotsitlar, makrofaglar soni va faolligini oshishi, hamda yallig‘lanishga qarshi nosteroid vosita va anor danagi moyini qo‘llash oq zotsiz kalamushlar talog‘ining funksional faoliyatiga samarali ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: eksperimental revmatoid artritda davo uchun uchun nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita hamda parallel ravishda anor danagi moyini birgalikda qo‘llash tuzalish jarayonini tezlashtirdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 04.02.2025 yildagi 04/1051 hamda, Peshko‘ tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 04.02.2025 yildagi 04/1049- son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: revmatoid artrit kasalligida taloqda kuzatiladigan morfologik, morfometrik, immunogistokimyoviy ko‘rsatkichlarni o‘rganish hamda patogenetik davo va bir vaqtda anor danagi moyini qo‘llash kasallikni asoratlari va nogironlik holatlarini kamaytirish orqali tadqiqotning ijtimoiy ahamiyatini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: revmatoid artritda taloq struktur tuzilmalarini morfofunksional xususiyatlarini o‘rganish, patogenetik davo va parallel ravishda anor danagi moyini qo‘llash orqali davo samaradorligini oshirish, shifoxonada hamda ambulator davo muddatini qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Bu tajribaviy tadqiqotlar va morfologik tekshirishlarni optimallashtirish hisobiga har bir tajribaviy tadqiqot seriyasi uchun sarflangan mablag‘ni 193000 so‘mgacha tejash imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik tajribada eksperimental revmatoid artrit va nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita hamda anor danagi moyi ta’sirida oq zotsiz kalamushlar talog‘ida yuzaga keladigan morfologik o‘zgarishlarning immunogistokimyoviy xususiyatlari aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: eksperimental revmatoid artritda autoimmun jarayon natijasida CD3 va CD20 markerlarining ekspressiyalanish darajasi oshganligi hamda davodan keyin normal ko‘rsatkichlarga yaqinlashgani o‘rganildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 04.02.2025 yildagi 04/1051 hamda, Peshko‘ tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 04.02.2025 yildagi 04/1049- son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: revmatoid artrit kasalligida taloqda kuzatiladigan morfologik, morfometrik, immunogistokimyoviy ko‘rsatkichlarni o‘rganish hamda patogenetik davo va bir vaqtda anor danagi moyini qo‘llash kasallikni asoratlari va nogironlik holatlarini kamaytirish orqali tadqiqotning ijtimoiy ahamiyatini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: revmatoid artritda taloq struktur tuzilmalarini morfofunksional xususiyatlarini o‘rganish, patogenetik davo va parallel ravishda anor danagi moyini qo‘llash orqali davo samaradorligini oshirish, shifoxonada hamda ambulator davo muddatini qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Bu tajribaviy tadqiqotlar va morfologik tekshirishlarni optimallashtirish hisobiga har bir tajribaviy tadqiqot seriyasi uchun sarflangan mablag‘ni 193000 so‘mgacha tejash imkonini bergan.