Kasimova Odina Alimjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining improvizatsion qobiliyatini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped6926.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Abrorxonova Kamolaxon Abrorxon qizi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti huzuridagi PhD.03/30.09.2023.Ped.173.01
Rasmiy opponentlar: Pozilova Shaxnoza Xaydaralievna pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Otajonov Jamshidbek Mashrabjonovich (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo’lajak boshlang‘ich sinf o’qituvchilarida improvizatsion qobiliyatini rivojlantirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatida pedagogik improvizatsiyaning imkoniyatlari ijodiy faoliyatning nazariy va metodik asoslarini tahlil qilish, kompetensiyaviy yondashuv asosida yangicha talqinda ishlab chiqish, ta’lim jarayoniga innovatsion va kreativ yondashuvlarni joriy etish orqali aniqlandi va asoslab berildi;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining improvizatsion qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan funksional modeli tizimli yondashuv prinsiplari, pedagogik faoliyatning integrativ tamoyillari, kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishga oid ilmiy-metodik yondashuvlar hamda maqsadli, mazmuniy, tashkiliy texnologik va natijaviy komponentlar asosida takomillashtirildi;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi tarkibiy qismlari ularning improvizatsion qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalar, ilg‘or ilmiy-metodik asoslar, nazariy-metodologik bazasi, mantiqiy uzviylik, amaliy moslashuvchanlik, refleksiv o‘zgaruvchanlik hamda strukturaviy-funksional yondashuvlarini o‘z ichiga olgan holda tizimlashtirildi;
improvizatsion qobiliyatni rivojlantirishga xizmat qiluvchi metod va vositalarni pedagogik amaliyotga integratsiya qilish imkoniyatlari kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish, nazariy bilimlarni amaliy faoliyatga yo‘naltirish, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish hamda murakkab pedagogik vaziyatlarni hal etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi didaktik-uslubiy ta’minotni yaratish asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo’lajak boshlang‘ich sinf o’qituvchilarining improvizatsion qobilyatlarini rivojlantirishga oid olingan ilmiy natijalari asosida:
bo’lajak boshlang‘ich sinf o’qituvchilarida ijodiy kasbiy faoliyatining maxsus turi sifatida pedagogik improvizatsiyaning nazariy va metodik asoslari aniqlanib, uning ta’lim jarayonida innovatsion va kreativ yondashuvlarni joriy etishdagi imkoniyatlari tizimli ravishda tahlil etilib, bo’lajak boshlang‘ich sinf o’qituvchilarining improvizatsion qobiliyatlarini rivojlantirish bo’yicha funksional model ishlab chiqilib, uning tarkibiy qismlari – maqsadli, mazmuniy, texnologik va natijaviy bloklar asosida tizimlashtirilgan bo‘lib uning mazmuni “Pedagogik kompetentlik” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi 491-son buyrugʻi asosida berilgan 491031 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativ fikrlash va mavjud muammolarni tezkor hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga erishildi;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligining muhim jihati sifatida improvizatsion qobiliyatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar takomillashtirilib, ularning nazariy-metodik asoslari yanada boyitildi. Ushbu yondashuv “Pedagoglik kasbiga kirish” uslubiy qo‘llanmasi (Muqimiy nomidagi Qoʻqon davlat pedagogika instituti 2025-yil 9-apreldagi 525/04- sonli ma’lumotnomasi) mazmuniga integratsiya qilinishi natijasida bo‘lajak o‘qituvchilarning improvizatsion qobiliyatlarini rivojlantirish bilan birgalikda ularning kasbiy mahorati va pedagogik kompetensiyalarini ham yuksaltirishga erishildi. Bu esa o‘z navbatida ularning shaxsiy rivojlanish samaradorligini oshirishga va ta’lim jarayonida ijodiy yondashuvni kuchaytirishga xizmat qilgan;
bo’lajak boshlang‘ich sinf o’qituvchilarining improvizatsion qobiliyatini rivojlantirish bo’yicha ishlab chiqilgan model va texnologiyalarning samaradorligi eksperimental tarzda tekshirilib, oliy ta’lim muassasalarida talabalar kompetentligini oshirish modelining didaktik ta’minoti ilmiy asoslangan xulosalardan ta’lim jarayonida foydalanilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2024-yil 17-dekabrdagi 11-05-7293/04 sonli ma’lumotnomasi) Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining improvizatsion qobiliyatini rivojlantirish imkoniyatlarini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining improvizatsion qobiliyatini rivojlantirishning imkoniyatlari pedagogik mahorat, o‘qituvchining mustaqilligi va tashabbuskorligi, ilmiy pedagogik, metodik darajalarining tarkibiy qismlar dinamikasi hamda pedagoglarning improvizatsion qobiliyatlarini tavsiflashga doir
tushunchalar va tavsiyalar “Pedagogik kompetentlik” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi 491-son buyrugʻi asosida berilgan 491031 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining improvizatsion qobiliyatini rivojlantirish o‘quv loyihalaridan foydalanishga, shu bilan birga, darslik mazmuniga kiritilgan metodik tavsiyalar pedagoglarning mustaqil va tashabbuskor faoliyat yuritishiga ko‘maklashib, ularning kasbiy o‘sishiga ham ijobiy ta’sir etishga erishilgan.