Samadbek Feada Mohammadning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Afg‘onistondagi hozirgi o‘zbek adabiy tili fonetikasi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3720
Ilmiy rahbar: Abdushukurov Baxtiyor Bo‘ronovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Xolmanova Zulxumor Turdievna, filologiya fanlari doktori, professor; Yusuf Berdak, filologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Afg‘onistondagi hozirgi o‘zbek adabiy tili fonetikasi, xususan, unli va undoshlar tizimi, tovushlardagi fonetik hodisalarni tahlil qilish orqali adabiy tilning tutgan o‘rnini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbek tili fonetikasining nazariy asoslarini o‘rganish orqali Afg‘onistondagi hozirgi o‘zbek adabiy tili nutq tovushlariniing o‘zbek tilshunosligidagi o‘rni va ahamiyati dalillangan, shuningdek, mazkur davlatdagi til vaziyati oshyovhiy ma’lumotlar yordamida yoritilgan;
O‘zbek tili nutq tovushlarining qadimgi turkiy til, eski turkiy til va eski o‘zbek tilidagi tarixiy taraqqiyotini o‘rganish natijasida Afg‘onistondagi o‘zbek tili fonetikasi uchun xarakterli bo‘lgan jihatlar ochib berilgan hamda unli va undosh tovushlarning rivojlanish bosqichlari asoslangan;
Afg‘onistondagi hozirgi o‘zbek adabiy tili unli va undoshlar tizimini tasniflash natijasida ularning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan va tizimlashtirilgan, shuningdek, unlilardagi torayish, kengayish, old hamda orqa qator, lablangan yoki lablanmagan holatga o‘tish, tovush uyg‘unligi singari hodisalarga e’tibor qaratilgani asoslangan;
Tovushlardagi fonetik jarayonlar, xususan, konvergensiya, divergensiya, reduksiya, assimilyasiya, dissimilyasiya, akkomodatsiya, nazalizatsiya, nutq tovushlarining tushishi, shu bilan birga, proteza, epenteza, austeza, metateza kabi fonetik hodisalar vositasida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Afg‘onistondagi hozirgi o‘zbek adabiy tili fonetikasi tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Afg‘onistondagi hozirgi o‘zbek adabiy tili nutq tovushlari haqidagi yangi ma’lumotlarning aniqlanishi, nutq tovushi taraqqiyotidagi miqdoriy va akustik o‘zgarishlar, tovushlarning o‘zaro mosligiga ko‘ra o‘zgarishi, nutq tovushlarining tushishi va orttirilishi singari fonetik hodisalar bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yillar bajarilgan AM-F3-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yilning 11-fevraldagi 04/1-516-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy va umumta’lim muassasalari tizimida Afg‘onistondagi hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi unli va undoshlarni tasniflash, ularning o‘ziga xos xususiyatlarining aniqlanishi, tizimlashtirilishi, shuningdek, unlilardagi torayish, kengayish, old hamda orqa qatorga, lablangan yoki lablanmagan holatga o‘tish, tovush uyg‘unligi kabi masalalarga oydinlik kiritib, lingvistik tahlillar mazmunini boyishiga erishilgan;
Nutq tovushlarining tushishi haqidagi ma’lumotlarning aniqlashi, assimilyasiya va dissimilyasiya singari fonetik hodisalar bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yillar bajarilgan AM-F3-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yilning 11-fevraldagi 04/1-516-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy va umumta’lim muassasalari tizimida Afg‘onistondagi hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi unli va undoshlarni tasniflash, ularning o‘ziga xos xususiyatlarining aniqlanishi, tizimlashtirilishi, shuningdek, unlilardagi torayish, kengayish, old hamda orqa qatorga, lablangan yoki lablanmagan holatga o‘tish, tovush uyg‘unligi kabi masalalarga oydinlik kiritib, lingvistik tahlillar mazmunini boyishiga erishilgan;
Afg‘onistondagi hozirgi o‘zbek adabiy tili unlilardagi singarmonizm qonuniyatlarining amal qilinishi tahlillar orqali mazkur davlatdagi hozirgi o‘zbek adabiy tilining mavqei va holati bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillar bajarilgan PZ-2020042022 raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yilning 11-fevraldagi 04/1-515-son ma’lumotnomasi). Natijada lingvodidaktik elektron platforma amalda bo‘lgan yaratishda Afg‘onistondagi til va imlo masalalari, Afg‘onistonda o‘zbek tilining asosiy qonunlaridagi o‘rni, ushbu tilning me’yoriy-huquqiy asoslari, o‘zbek tilining davlat tashkilotlari va madaniy muassasalarda qo‘llanishi, unlilarda singarmonizm qonuniyatlarining amal qilinishi singari masalalar tahlili bilan boyitilgan;
Afg‘onistondagi mavjud til vaziyatini, o‘zbek tili fonetikasi borasida amalga oshirilgan tadqiqotlarni tahlil qilish yordamida mazkur davlatdagi hozirgi o‘zbek adabiy tilining mavqei va holati bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillar bajarilgan PZ-2020042022 raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yilning 11-fevraldagi 04/1-515-son ma’lumotnomasi). Natijada lingvodidaktik elektron platforma amalda bo‘lgan yaratishda Afg‘onistondagi til va imlo masalalari, Afg‘onistonda o‘zbek tilining asosiy qonunlaridagi o‘rni, ushbu tilning me’yoriy-huquqiy asoslari, o‘zbek tilining davlat tashkilotlari va madaniy muassasalarda qo‘llanishi, nutq tovushlarining tarixiy taraqqiyoti singari masalalar muhim manba vazifasini o‘tagan.