Boboeva Mohim Shukurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda jamiyat transformatsiyalashuvi sharoitida ekologik barqarorlikni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusidagi 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fal1056
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Ilmiy rahbar: Ramatov Jumaniyoz Sultanovich, falsafa fanlari doktori, professor;
Rasmiy opponentlar: Tilavov O‘ktam G‘ulomovich, falsafa fanlari doktori, professor; Omonov Bahodir Nurillaevich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Jamiyat transformatsiyalashuvi sharoitida ekologik barqarorlikni ta’minlashning ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
- jamiyat transformatsiyalashuvi sharoitida ekologik barqarorlikni ta’minlash masalalarining nazariy – metodologik asoslari tizimli tahlili negizida, “ijtimoiy – ekologik transformatsiya” tushunchasiga falsafiy – nazariy jihatdan mualliflik takliflari ishlab chiqilib, ushbu jarayon jamiyat hayotining barcha sohalariga ekologik qadriyatlarni integratsiyalash mexanizmi sifatida asoslangan;
- ijtimoiy – falsafiy omillarning ekologik barqarorlikka ta’sirini ilmiy – nazariy jihatdan tadqiq etish natijasida, ekologik xavfsizlikni ta’minlash jarayonida biofizik tizimlar (qazib olinadigan yoqilg‘ilar, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy resurslar) transformatsiyalashuvidagi “Ekologik faollik” va “Ekologik mas’uliyat” modellarining jamiyat taraqqiyotidagi rolining ustuvorligida nodavlat notijorat tashkilotlar kreativ faolligi konseptual jihatdan ochib berilgan;
- global ekologik muammolar sharoitida xavfsizlikni ta’minlash strategiyasining ifodasi sifatida “Yashil taraqqiyot” konsepsiyasining ijtimoiy – falsafiy mohiyati aniqlashtirilib, uning jamiyat taraqqiyotidagi roli akseologik nuqtai nazardan tahlil etilishi natijasida, ekologik barqarorlikning umumbashariy xususiyatlari bilan milliy konsepsiya o‘rtasidagi bog‘liqlik qonuniyatlariga asoslangan “Yashil ijtimoiy konsepsiya”ning zamonaviy g‘oyaviy (integratsion, ekologik uyg‘unlik, aylanma tizim va tabiiy kapitalni saqlash) tamoyillari dalillangan;
- qadriyatlar tizimidagi barqarorlik va o‘zgaruvchanlik dialektikasi orqali milliy va diniy qadriyatlar hamda axloqiy prinsiplar shaxs ekologik dunyoqarashini shakllanishining determinatsion omili sifatida ochib berilib, demoktarlashuv va liberallashuv jarayonlarining ijtimoiy – ekologik inqirozni yumshatishdagi manfaatlar muvozanati, ekologik monitoring, lokal va global ekologik harakatlar kabi ta’sir mexanizmlari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbekistonda jamiyat transformatsiyalashuvi sharoitida ekologik barqarorlikni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari”ni tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
Ekologik barqarorlik – bu itimoiy taraqqiyot tarixida alohida o‘ringa ega bo‘lgan eng muhim kategoriyalardan biridir. Ekologik barqarorlik tranformatsiya jarayonlaridagi ijtimoiy hodisa har qanday ijtimoiy tizimning tarixiy rivojlanishining har bir bosqishida ajralmas atributi sifatida ko‘riladi. Transformatsiya, ekologik barqarorlikka oid berilgan mualliflik takliflaridan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining turli ijtimoiy loyixalari ishlab shiqishda, tadbirlar senariylarida foydalanildi. (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining 2024 yil 11 sentyabrdagi 04-13/864 - son ma’lumotnomasi). Berilgan ilmiy xulosalar,amaliy takliflarda yoshlarning ekologik savodxonligi, ekologik gigienasi,ekologik qadriyatlar, ekologik dunyoqarashini yuksaltirish usullarini oshib bergan.
Yangi O‘zbekistonda Ushinshi Renesans roydevori barro etilayotgan bir davrda o‘tmishda mavjud bo‘lgan ekologik barqarorlikni, atrof – muhitni muhofaza qilish, inson salomatligi, yurt ravnaqini rivojlantirishda davlat va nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatining o‘ziga xos tendensiyalari, “Ekologik faollik”, “Ekologik mas’uliyat” xususidagi ilmiy xulosalarga oid tavsiyalardan O‘zbekiston Resrublikasi Ekologik rartiyasi saylovoldi dasturlarida, savlovoldi targ‘ibot tashviqot ishlarida foydalanilgan. (O‘zbekiston Ekologik Rartiyasi 2024 yil 03 iyuldagi 01/317- son ma’lumotnomasi). Ilmiy xulosalar aholining tabiatga, ekologiyaga daxldorlik hissini yuksaltirish, jamiyatda ekologik faollikni rivojlantirishga xizmat qilgan.
“Yashil iqtisodiyot”, “Yashil energetika”, “Yashil istemol”, “Yashil taraqqiyot” islohotlarining Yangi O‘zbekistonning barqaror taraqqiyotga erishishdagi hamkorlik va rivojlanish strategiyasining asosiy yo‘nalishi ekanligi, ekologik muammolarni yeshishdagi akseologik omillari dalillangan. Barqaror taraqqiyot va unga O‘zbekiston pozisiyasi tizimi bo‘yicha bergan takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining ekologiyaga oid qonunchilik bazasini takomillashtirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Resrublikasi Yoshlar ishlari agentligi 2024 yil 25 iyundagi 2-13-21- 3325 son ma’lumotnomasi).Natijada ilmiy xulosalar Yangi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi imidjini oshirishda ekologik barqarorlikni aholi munosib turmush darajasi, oziq ovqat xavfsizligi, ekologik uyg‘unlik, aylanma tizim, tabiiy kapitalni saqlash kabi ekologik omillar ta’siri asosida bolalar va ayollar o‘limi, kasallanish reytinglarini rasaytirishga qaratilgan ijtimoiy jihatlar, ekologiya sohasida fuqaro mas’uliyatini ta’minlashga qaratilgan faoliyatning ayni davlat har bir a’zosining harakatiga muvofiq ekanligini belgilovshi ustuvor vazifalar “Yashil ijtimoiy konsepsiya”ni ishlab shiqishga xizmat qilgan.
Insonlarni atrof – muhit sifatini saqlash va sog‘lomlashtirish eng muhim muammolardan biri sifatida qaralib xalqlar forovonligi va davlatlar iqtisodiyotining asosi sifatida xalqlar xoxish irodasi va ijtimoiy burshi sifatida ijtimoiylashuv jarayonlarida ijtimoiy – ekologik inqirozni yumshatishdagi manfaatlar muvozanati, ekologik monitoring, lokal va global ekologik harakatlar “ijtimoiy ekologik adolat” idiomasi obyektiv qadriyat sifatida nomoyon bo‘lishi liberal, demokratik, rragmatik misollari demokratlashtirish va liberallashtirish bilan asoslanganligiga oid tavsiyalar va ilmiy xulosalardan Respublika Ma’naviyat va Marifat markazi huzuridagi ijtimoiy – ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024 yil uchun chora – tadbirlar dasturining IX yo‘nalishida belgilangan “Sog‘lom turmush tarzi, ekologik madaniyat va tabiatni asrash masalalari” yo‘nalishidagi targ‘ibot ishlarini tashkil qilishda foydalanildi.(Respublika Ma’naviyat va Marifat markazi huzuridagi Ijtimoiy – ma’naviy tadqiqotlar instituti tomonidan 3 iyul 2024 yilda berilgan 297 son ma’lumotnoma). Ilmiy xulosalar ijtimoiy hayotning ekotizimlar salomatligiga ta’siri, ijtimoiy forovonlikning fuqarolar ekologik onggi va dunyoqarashiga bo‘gliqligida, aholining munosib turmush darajasini, ekologik omillar ta’sirida bolalar va ayollar o‘limi reytinggini pasaytirishga qaratilgan ijtimoiy jihatlar,ekologiya sohasidagi fuqaro mas’uliyatini ta’minlashga qaratilgan har bir fuqaro faoliyatiga muvofiq ekanligini belgilovchi jihatlari tadbiq etilgan. Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan taklif, tavsiya va xulosalar ijtimoiy boshqaruvning ma’naviy asoslarini falsafiy tahlil qilishga xizmat qilgan.