Azamkulova Nozima Odiljonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 kasalligini o‘tkazgan ayollarda perimenopauza davrining kechishi xususiyatlari va klimakterik sindromning da`volash choralarini optimallashtirish» 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2343.
Ilmiy raxbar: Irgasheva Sevara Utkurovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.11.2023.Tib.114.01.
Rasmiy opponentlar: Kayumova Dilrabo Tolmasovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Agababyan Larisa Rubenovna, tibbiyot fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: koronavirus infeksiyasidan keyin ayollarda hayot sifatini baholash va perimenopauzal kasalliklarni davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk marotaba o‘rta og‘ir va og‘ir darajada COVID-19 o‘tkazgan ayollarning salomatlik holati hamda perimenopauza davrining xususiyatlari aniqlangan;
o‘rta og‘ir va og‘ir darajada COVID-19 bilan kasallangan bemorlardagi klinik belgilarni aniqlovchi C-reaktiv oqsil miqdori hamda umumiy modifikatsiyalangan menopuza indeksi qiymati o‘rtasida korrelyasion bog‘liqlikligi statistik jihatdan yuqoriligi isbotlangan; 
o‘rta og‘ir va og‘ir darajali COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda hamroh kasalliklar sababli, gemostazda giperkoagulyasiya xolati yuzaga kelishi xavfi tufayli menopauzal gormonal terapiyani qo‘llashga qarshi cheklovlar borligi isbotlangan;
ilk marotaba mahalliy fitoekdissteroid o‘rta og‘ir va og‘ir darajada COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda klimakterik sindromda alternativ davo sifatida foydalanish imkoniyati asoslangan va bu menopauza sindromining o‘rtacha darajada kamaytirishi, C-reaktiv oqsil qiymatlarini normallashtirishi va gemostaz tizimining parametrlariga ta’sir qilmasligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Koronavirus infeksiyasidan keyin ayollarda hayot sifatini baholash va perimenopauzal kasalliklarni davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk marotaba o‘rta og‘ir va og‘ir darajada COVID-19 o‘tkazgan ayollarning salomatlik holati xamda perimenopauza davrining xususiyatlari kompleks baholanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi  ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Ekspert komissiyasi tomonidan 2023 yil 18 dekabrda 16u-t/9–son bilan tasdiqlangan «Algoritm vedeniya jenshhin s perimenopauzal`nimi narusheniyami posle perenesennogo COVID-19» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Surxondaryo filiali bo‘yicha 02.03.2024 yildagi 307-son hamda Qashqadaryo viloyati Muborak tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 01.03.2024 yildagi 284-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 fevraldagi 12/47-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: koronavirus infeksiyasidan keyingi perimenopauzal ayollarda klimakterik sindromning (KS) og‘irlik darajasini o‘z vaqtida aniqlash diagnostika xatoliklarini minimallashtirishga va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga olib kelgan, individual yondashuv va har bir bemor uchun to‘g‘ri terapevtik taktikani tanlash mumkin bo‘lgan asoratlarning oldini olish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash va laboratoriya tekshiruvlariga sarflanadigan jami 880000 so‘m byudjet mablag‘lari (preyskurant bo‘yicha bir nafar bemorni davolash narxi 1500000 so‘m va laboratoriya tekshiruvlari narxi 950000 so‘mni tashkil etadi) COVID-19 dan keyin perimenopauzada KS ning og‘irlik darajasini o‘z vaqtida aniqlashning algoritmini joriy etish yuqori sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish va davolash kunlarini kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: COVID-19 bilan kasallangan bemorlardagi klinik belgilarni aniqlovchi C-reaktiv oqsil miqdori xamda umumiy modifikatsiyalangan menopuza indeksi (MMI) qiymati o‘rtasida korrelyasion bog‘liqlikning yuqoriligi statistik jihatdan aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi  ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Ekspert komissiyasi tomonidan 2024 yil 18 dekabrda 16u-t/9–son bilan tasdiqlangan «Algoritm vedeniya jenshhin s perimenopauzal`nimi narusheniyami posle perenesennogo COVID-19» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Surxondaryo filiali bo‘yicha 02.03.2024 yildagi 307-son hamda Qashqadaryo viloyati Muborak tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 01.03.2024 yildagi 284-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 fevraldagi 12/47-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: perimenopauzal kasalliklarni erta aniqlash takroriy anomal qon ketishining oldini olib, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash va laboratoriya tekshiruvlariga sarflanadigan jami 880000 so‘m byudjet mablag‘lari (preyskurant bo‘yicha bir nafar bemorni davolash narxi 1500000 so‘m va laboratoriya tekshiruvlari narxi 950000 so‘mni tashkil etadi) COVID-19 dan keyin perimenopauzada KS ning og‘irlik darajasini o‘z vaqtida aniqlashning algoritmini joriy etish yuqori sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish va davolash kunlarini kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: o‘rta og‘ir va og‘ir darajali COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda noqulay komorbid foni orqali yuzaga keluvchi gemostaz xavfi sababli menopauzal gormonal terapiyani (MGT) qo‘llashga qarshi cheklovlar borligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi  ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Ekspert komissiyasi tomonidan 2024 yil 18 dekabrda 16u-t/9–son bilan tasdiqlangan «Algoritm vedeniya jenshhin s perimenopauzal`nimi narusheniyami posle perenesennogo COVID-19» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Surxondaryo filiali bo‘yicha 02.03.2024 yildagi 307-son hamda Qashqadaryo viloyati Muborak tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 01.03.2024 yildagi 284-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 fevraldagi 12/47-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tatbiq qilingan fitoekdissteroidlardan foydalanish afzalligi, koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarning tekshiruvlarida gemostaz va lipidlar profiliga ta’sir ko‘rsatilmasligi bo‘lib, C-reaktiv oqsilning sezilarli darajada pasayishiga olib keldi va davolash xarajatlarini kamaytirishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash va laboratoriya tekshiruvlariga sarflanadigan jami 880000 so‘m byudjet mablag‘lari (preyskurant bo‘yicha bir nafar bemorni davolash narxi 1500000 so‘m va laboratoriya tekshiruvlari narxi 950000 so‘mni tashkil etadi) COVID-19 dan keyin perimenopauzada KS ning og‘irlik darajasini o‘z vaqtida aniqlashning algoritmini joriy etish yuqori sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish va davolash kunlarini kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk marotaba mahalliy fitoekdissteroid «Eksumid» preparatini COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda klimakterik sindrom (KS) uchun al`ternativ da`vo sifatida foydalanish imkoniyati ilmiy jixatdan asoslanganligi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi  ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Ekspert komissiyasi tomonidan 2024 yil 18 dekabrda 16u-t/9–son bilan tasdiqlangan «Algoritm vedeniya jenshhin s perimenopauzal`nimi narusheniyami posle perenesennogo COVID-19» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Surxondaryo filiali bo‘yicha 02.03.2024 yildagi 307-son hamda Qashqadaryo viloyati Muborak tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 01.03.2024 yildagi 284-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 fevraldagi 12/47-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: transdermal MGT COVID-19 dan keyin perimenopauzal ayollarda xavfsiz va samarali ekanligi, ayniqsa xayot sifati, neyrovegetativ va psixo-emotsional simptomlar, xamrox kasalliklari, yurak-qon tomir kasalliklari xavfi bilan bog‘liq gemostaz ko‘rsatkichlarni baxolashda aniqlangan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash va laboratoriya tekshiruvlariga sarflanadigan jami 880000 so‘m byudjet mablag‘lari (preyskurant bo‘yicha bir nafar bemorni davolash narxi 1500000 so‘m va laboratoriya tekshiruvlari narxi 950000 so‘mni tashkil etadi) COVID-19 dan keyin perimenopauzada KS ning og‘irlik darajasini o‘z vaqtida aniqlashning algoritmini joriy etish yuqori sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish va davolash kunlarini kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish